60
tog` jinslari (yotqiziqlari) deyiladi. Erning hozirgi zamon tabiati K.e. da tarkib
topgan.
Kamposlar (portugalcha
kampo dala, tekislik)—Braziliyada yassi tog`lardagi
savannalar nomi. Qizil tuproqlarda qattiq bargli chimli g`allagulli o`tlar, kichik
daraxt va butalar o`sadi.
Kamsuvlik
— daryolarda suv oqimining eng kamaygan davri.
O`zbekistondagi katta daryolarda K. kuz oylariga to`g`ri keladi, past tog`lardan
boshlanuvchi daryolar bahorda qor erib, yomg`ir ko`proq yog`adigan davrdan
boshqa hamma vaqt K. bo`ladi.
Karst, karst hodisasi (YUgoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan)—
suvda yaxshi eriydigan tog` jinslari (ohaktosh, bo`r, dolomit, gips, tuzlar) ni yer osti
suvlari eritib olib ketishi natijasida ro`y beradigan jarayonlar. Natijada tog` jinslari
orasida bo`shliqlar — g`orlar, yo`laklar hosil bo`ladi. O`pirilmalar ro`y berib, yer
yuzasida voronkasimon chuqurliklar, yoriqlar vujudga keladi. Yer yuzidagi oqar
suvlar yer ostiga tushib ketib, yer osti daryolari, ko`llari hosil bo`ladi. Qrimda,
Kavkaz, Uralda ko`p uchraydi. O`zbekistonda Hisor, CHotqol, Nurota tog`larida,
Ustyurtda ro`y beradi.
Dostları ilə paylaş: