Proterozoy (yunoncha proteros — ilk, eng qadimgi, zoe hayot) — Er
tarixining kembriy davridan oldin o`tgan vaqtniig katta qismini o`z ichiga oladigan
geologik era va shu erada vujudga kelgan tog` jiislari.
2 mlrd. yildan ko`proq vaqtni o`z ichiga oladi. Ikki davrga — yuqori va quyi.
P. ga bo`linadi. P. tog` jinslari orasida temir, mis, marganets ma`danlari, fosforit,
grafit, nodir metallar uchraydi.
Psixrometr (yunoncha psixros— sovuq, metreo—o`lchayman) — havo
namligi o`lchanadigan asbob. Ikkita termometrdan iborat: biri quruq, ikkinchisining
simobli uchiga mato o`rab suvli idishga tiqib qo`yiladi. Xo`l termometr haroratni
pastroq ko`rsatadi. Ana shu termometrlar ko`rsatkichidagi farq asosida havo
namligi maxsus jadvaldan aniqlanadi.
Relef — (franduzcha «relef» — ko`taraman) — yer yuzasi shakllari: tog`lar,
tekisliklar, pasttekieliklar, adirlar, yassi tog`liklar, tepaliklar, qirlar, vodiylar,
botiqlar, soyliklar, jarlar va boshqalar majmui. Relef ikki xil kuch — ichki
(endogen) va tashqi (ekzogen) kuchlarning birgalikda hamda muntazam o`zaro
ta`siri natijasida vujudga keladi.
Savanna (ispancha sabana)— har er-har erda yakka holda yoki to`p-to`p
daraxtlar o`sadigan quruq tropik o`t o`simliklari. O`tlar orasida bo`yi 1—3 m ga
etadigan g`allagulli qurg`oqchil o`simliklar ko`p. Daraxtlar va butalar
soyabonsimon ko`rinishga ega. Jan. Osiyo, Jan. Amerika, Afrika va Avstraliyada
keng tarqalgan.
Seysmik mintaqa — Er qimirlash markazlari joylashgan va zilzilalar bo`lib
turadigan mintaqa. Hozirgi zamon tektonik harakatlari, tog`lar hosil bo`lishi ro`y
berayotgan, chuqur okean botiqlari paydo bo`layotgan joylarni o`z ichiga oladigan
uzun cho`zilib ketgan hududlar kiradi. Ikkita katta S. m. mavjud. Evropa Osiyo
(Alp-Himolay) va Tinch okean halqasi.
Seysmologiya (yunoncha — seysmos — er qimirlash, logos — fan)— er
qimirlash va u bilan bog`liq hodisalarni o`rganuvchi fan: Zilzilalar sabablarini,
ularning tektonik jarayonlar bilan aloqalarini, oldindan aytib berish imkonlarini,
Yer yuzasida tarqalish geografiyasini, er qimirlash oqibatlariga qarshi kurash
yo`llarini o`rganadi.
Sinekliza (yunoncha sin – birgalikda va engilisis – egilish) – er po`stining
platformalarida salginabotiq qismi. Eni bir necha yuz km ga etadi. SHakli
ko`pincha noto`g`ri yumaloq bo`ladi. S. Botig`i cho`kindi jinslar to`ldirib, yer
yuzasi yassi yoki salgina botiq tekislikka aylangan bo`lishi mumkin. Mas., Liviya
S. si Moskva S. si va h. k.
Sinklinal (yunoncha— sinklit — egilaman)— tog` jinslari qatlamlarining
qabariq tomoni pastga qaragan burmasi. S. antiklinal bilan yonma-yon joylashgan
bo`ladi.
Stratosfera (latppchm stratum — qatlam, sfera-— kurra, shar) —
atmosferaning troposfera bilan mezosfera oralig`ida Er yuzidan 8—16 km dan 45 –
65
55 km balandlikkacha bo`lgan qatlami. Strosferada balandlik oshgan sari harorat ham
o`zgaradi, 25 km dan yuqorida ko`tarila boradi. Havoning gaz tarkibi troposferadagi
kabi. Lekin suv bug`i kamayadi, ozon miqdori oshadi. Bulut deyarli yo`q. SHamol
tezligi katta, sekundiga 800—1000 m ga etadi.