Suvayirg`ich, jo`n — yog`in suvlarini daryolar yoki ikki dengiz, okean
havzasiga ajratib (bo`lib) turgan chegara. S. tog`li o`lkalarda tizmalarning
qirralaridan o`tadi. Tekisliklarda esa S. yassi erlardan, botqoqliklardan iborat
bo`lishi mumkin. Bunday joylarda S. ni chiziq tarzida ko`rsatish mumkin emas.
Tabiiy geografik o`rin — barcha geografik ob`ektlarning(shahar, qishloq,
o`lka, mamlakat, qit`a, tog`, daryo, ko`l, dengiz va h. k.) atrofdagi tabiiy geografik
ob`ektlarga nisbatan ylashgan o`rni. Mas., Toshkent 42° shim. kenglik va 68°
sharqiy uzunlikda CHirchiq daryosi bo`yida, CHotqol tog`larshshng g`arbiy tog`
oldi tekisligida joylashgan.
Tabiiy geografiya— 1) geografik qobiq tabiatini o`rganuvchi fan. Er
haqidagi fanlardan biri. Geografik qobiqning moddiy tarkibi, tuzilishi, rivojlanishi,
o`zgarishi, hududiy bo`linishini o`rganadi; 2) tabiiy jo`g`rofiy fanlar sistemasn. Bu
sistemaga umumiy er bilimi, hududiy tabiiy geografiya, landshaftshunoslik,
geomorfologiya, iq-limshunoslik, okeanografiya, muzshunoslik, muzloqshunoslik,
tuproqlar geografiyasi, bio geografiya, fenologiya va boshqa fanlar kiradi.
Tabiat kompleksi (geografik kompleks) — tabiatning o`zaro ta`sir etib va bir-
birini taqozo qilib, yagona sistema hosil qilib turuvchi komponentlari, ya`ni relef,
iqlim, er osti va yer usti suvlari, tuproq, o`simlik, hayvonot dunyosining qonuniy
uyg`unligi. T. k. ning eng kichigi joy, Mas., kichik botqoqlik, bir soy yoki jar
bo`lsa, eng kattasi landshaft qobig`i. Tabiat zonasi ham, geografik mintaqa , ham T.
k. hisoblanadi.
Tektonika (yunoncha tektonikos — binokorlikka oid)—geologiya (Er
haqidagi fan) ning bir tarmog`i, Er po`stining tuzilishi va uning ichki kuchlar
ta`sirida, Erning taraqqiyoti jarayonida ro`y berayotgan o`zgarishlarni o`rganadi.
Tog`-vodiy shamoli — tog`li ulkalarda tunda tog yonbag`ri va vodiy bo`ylab
pastga tomon, kunduzi esa vodiy va yonbag`ir bo`ylab yuqori tomon esuvchi
shamol. T. v. sh. havoning tog`lar bilam atrofdagi tekisliklarda va vodiy tagi: bilan
yoybag`irda turli darajada: isishi hamda tunda tog`larda va yonbag`rida tez sovib
ketishi natijasida bir xil balandlikda havo bosimida tafovut vujudga kelishi
oqibatida hosil bo`ladi.
Tog` daryosi — tog`lardagi muz, qor va buloq suvlaridan boshlanib,
shovullab tez oqadigan daryolar. Tog` daryolarida ostona va sharsharalar ko`p
bo`ladi. Ko`pincha tor vodiylar, daralarda oqadi. M., Piskom, CHotqol, Ugom va b.
Tog` muzliklari — tog`larning qor chegarasidan yuqorida qor to`p-lanib,
zichlashib hosil bo`lgan muzliklar. Ko`pincha vodiylarda, cho`qqilar atrofida,
yonbag`irlarda bo`ladi. Qor chegarasidan pastga ham siljib tushadi. Eng katta T. m.
Alyaskadagi Bering, Pomirdagi Fedchenko muzliklari (77 km ga cho`zilgan).