A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Samyayev

Ekvator iklimi — yil bo`yi havo issiq (24°, 28°), yog`in ko`p (o`rtacha 1500—
3000 mm), fasllar bir-birlaridan farq qilmaydigan iqlim. yil bo`yi issiq, sernam 


68 
ekvator havosi hukmron, yog`in (yomg`ir) bir tekis yog`adi, har kuni tushki 
yomg`irlar yog`ib turadi. 
Ekvator mintaqasi —8° shimoliy kenglik bilan 11° janubiy kenglik 
oralig`ida joylashgan geografik mintaqa. Yil bo`yi issiq (24—28°), yog`in ko`p 
(1500— 3000 mm, 10000 mm gacha), oylar bo`yicha deyarli bir tekisda 
taqsimlangan. Biokimyoviy va tabiiy geografik jarayonlar jadal ro`y beradi. Tabiiy 
holda hamma yoq qalin sernam tropik o`rmonlar bilan qoplangan bo`lgan. O`simlik 
va hayvonot dunyosi benihoya xilmama-xil. 
Ekvator o`rmonlari — ekvator mintaqasi tabiat zonasi, Ekvatorning har 
ikkala yonida joylashgan. Fasliy tafovutlar deyarli yo`q. Sernam iqlim sharoitida 
qizil yuvilgan tuproqlarda doimiy yashil o`rmonlar o`sadi. Janubiy Amerika, 
Afrika, Janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan. 
Ekvator havosi — ekvator mintaqasi ustida tarkib topadigan va nihoyatda 
sernam havo. Ko`tarilma harakat kuchli bo`lib, qattiq jalalarga sabab bo`ladi. 
Ekzogen jarayonlar (latincha ekso — tashqi, genez — tug`ilgan)— Yer 
yuzasida va Er po`stining yuza qismida quyosh nurining energiyasi, Erning tortish 
(gravitatsion) kuchi va organizmlar hayot faoliyati natijasida ro`y beruvchi 
jarayonlar. Bu jarayonlar endogen jarayonlarga qarama-qarshi bo`lib, yer yuzasidagi 
notekisliklarni tekislaydi, Bularga nurash, suv va shamol eroziyasi, muzliklar, er osti 
suvlari ishi, dengiz to`lqinlri va h. k. larni kiritish mumkin. 
Ekzogen kuchlar (latincha ekso—tashqi, genez — tug`ilgan) — Yer yuzasiga 
taщqaridan ta`sir ko`rsatuvchi kuchlar. Bularga quyosh nuri, shamollar, muzliklar, 
oqar suvlar, to`lqinlar, qalqish jarayoni, o`simlik va hayvonlar kiradi. Bularning 
(qalqish hodisasidan boshqasi) harakat manbai Quyosh radiatsiyasidir. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin