A. Q. Samyayev, Q. S. Yarashev, B. B. Eshquvvatov



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/51
tarix13.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#129566
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Samyayev

Fenologiya (yunoncha «fenomena»— xodisa, «logos»— fan) — yil fasllarining 
almashishini va ob-havoning o`zgarishi munosabati bilan organik va anorganik 
tabiatning mavsumiy o`zgarib borishini o`rganadigan fan; Mas., suvlarning 
muzlash va muzdan tushish, o`simliklarning kurtak chiqarish, gullash muddatlari, 
qushlarning uchib kelish va uchib ketish muddatlarini fenologiya o`rganadi. 
Fyon — tog`li o`lkalarda tog`lardan vodiylarga yuqoridan pastga qarab 
esuvchi iliq va quruq kuchli shamol. Shamol tor tizmasini oshib, pastga 
tushayotganda isib quriydi, ba`zan qor ko`chkilarining tushishiga sabab bo`ladi. 
O`zbekistonda CHirchiq vodiysida ko`p kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etmaydi. 
Firn (nemischa- firni – o`tgan yilgi, eski)- qorni qayta krisatallashi oqibatida 
hosil bo`lgan donador muz F. Qor bilan muz oralig`idagi bosqich bo`lib, yana 
zichlashib muzga aylanadi. Odatda F. baland tog`larda qor chegarasidan yuqorida 
va qutbiy o`lkalarda vujudga keladi. 
Flora (latincha Flora — Rim afsonasida gullar va bahor ma`-budasi)—biror-
bir joy, mamlakatga yoki geologik davrga xos bo`lgan barcha o`simliklar majmui. 
Mas., O`zbekiston F. si, uchlamchi davr F. si va b. 
Flyuger — (gollandcha flyugel — qanot)— shamolning yo`nalishi va 
tezligitsi aniqlaydigan asbob. SHamol ta`sirida vertikal o`qda aylanadigan 
ko`rsatkich (flyugarka) shamolning yo`nalishini Ko`rsatadi. SHamolning tezligi 
metall taxtachaning vertikal holatdan qancha daraja burilganiga qarab aniqlanadi, 


67 
yoyga o`rnatilgan ko`rsatkichlar (bo`linma-lar) shamolning sekundiga necha metr 
esganligini bildiradi. 
Xionosfera (yunoncha xion — qor va sfera-kura, shar) — troposferaning qor 
va muz to`planishi mumkin bo`lgan qatlami. SHartli tushuncha, chunki troposfe-
raning bu qatlamida qor to`planishiga sharoit (iliq o`lkalarda baland tog`lar) 
mavjud bo`lsagina to`planadi. X. qutblar atrofida er yuzasida pastda joylashgan. 
Siklon (yunoncha siklon — aylanuvchi)—atmosferaning past bosimli 
qismlari. Ko`pincha ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) hosil bo`ladi. 
S. markazida havo bosimi kam, atrofda yuqori bo`ladi. SHamol atrofdan S markazi 
tomonga esadi. Lekin Erning o`z o`qi atrofida aylanishi ta`sirida shamollar 
shimoliy yarimsharda o`ngga, janubiy yarimsharda chasha buriladi. Natijada S.da 
shamollar quyundagiga o`xshab esadi. Aslida S. katta quyundan iborat, S. larning 
diametri 1000 – 3000 km ga. Soatiga 30 - 40 km, ba`zan 80 km gacha tezlik bilan 
siljiydi., S. da ob-havoo bulutli yog`inli bo`ladi. O`zbekiston Atlantika okeanidan 
keladigan S. lar qishda iliq, yomg`irli, qorli havo keltiradi. 
Sunami (yaponcha)—dengiz ostida yer qimirlaganda dengiz tagining 
ko`tarilishi va pasayishi natijasida hosil bo`ladigan juda uzun to`lqinlar. Soatiga 50 
km dan 1000 km gacha tezlik bilan tarqaladi. To`lqin balandligi hosil bo`lgan 
joyda, ochiq dengizda 0,1 m dan 5 m gacha etadi, lekin dengiz qirg`og`iga kelganda 
10 m dan 50 m gacha etadi va undan ham ortib ketib, katta halokatlar keltiradi. 
Asosan Tinch okean qirg`oqlarida kuzatiladi. 
SHamol — havoning yuqori bosimli joylardan past bosimli joylarga tomon 
oqishi, harakati. Muayyan masofadagi havo bosimi orasidagi farq qancha katta 
bo`lsa, shamol shuncha kuchli esadi. SHamolning yo`nalishi va tezligi maxsus 
asboblar (Qarang. Flyuger va Anemometr) yordamida aniqlanadi va Bofortning 
xalharo shkalasi bo`yicha 0 dan 12 gacha ballar bilan baholanadi. SH. esayotgan 
tomon ufq tomonlari nomi bilan ataladi. Mas., shimoliy, g`arbiy, janubi-sharqiy 
SH. lar va h. k. 
SHarq—1) ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush paytida Quyoshga 
qarab turgan kuzatuvchining chap tomonida bo`ladi; 2) matematik ufq tekisligi 
bilan osmon ekvatori kesishgan nuqta; 3) Quyosh chiqadigan tomon. 
SHimol — ufqning to`rtta asosiy tomonlaridan biri. Tush chizig`i bilan 
haqiqiy ufq doira chizig`i kesishgan nuqta. CHiqayotgan quyoshga qarab 
turganingizda chap tomoningizda bo`ladi. 
Ekvator (latincha ekuator — tenglashtiruvchi) — Yer yuzasida qutblardan 
barobar uzoqlikdan o`tkazilgan aylana chiziq. Ekvator Er kurasini ikki yarim 
sharga — shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo`ladi. Geografik kengliklar 
ekvatordan boshlab qutbga tomon hisoblanadi. Ekvator uzunligi (Krasovskiy 
ma`lumotiga ko`ra) 40075696 m, 1°yoyining uzunligi, 111321,4 m. Ekvatorda 
kecha bilan kunduz doimo teng bo`ladi. Quyosh ekvator ustida har yili ikki marta 
21 mart va 23 sentyabrda qoq tepadan o`tadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin