A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixalogiya fakulteti



Yüklə 100,21 Kb.
səhifə3/10
tarix13.12.2023
ölçüsü100,21 Kb.
#175890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika

Asosiy qisim
Kurs ishi mavzusining maqsadi. Murakkab xulq-atvorga o‘rgatish holatida (masalan, xat yozish ko'nikmasi, shaxslararo muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinlashish yoki shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam-baqadam bosqichma-bosqich qo’llab-quvvatlash xulq-atvorni kutilgan yo‘nalishga o‘zgartirishga bir necha marotaba qo‘shiladi. O‘rgatishning boshqa tamoyili — qo’llab-quvvatlashning beto‘xtovligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga o‘rgatishga muntazam qo'llab-quvvatlanadi: boshida bola o‘rgatilganlarni tezda yodidan chiqarib qo'ysa-da, uni ruhlantirish har bir harakatlaridan faxrlanish, masalan, bola qo‘liga qoshiqni olib og'ziga olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan natijaga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-kechak va stol ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F. Skinnerning ta’kidlashicha, hatto verbal xulq-atvor yoki og‘zaki nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil yaqinlashish orqali egallanadi. Lekin ko‘pgina psixologlar operant asoslash tamoyilidan kelib chiqib tushuntirib bo‘lmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning bu qadar tez rivojlanishiga alohida urg‘u berib, bunday tarzda tilni o‘zlashtirish mumkinligiga mutlaqo qarshilar. Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning «Erkinlik va qadr-qimmatning boshqa tarafi» (1971), «Jamiyat va bixeviorizm haqida fikr-mulohazalar» (1978) kitoblarida tahlil qilingan. B.F.Skinner ta’limotida bolaning rivojlanishi bu qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bilan muvofiqlikda uni me’yoriy xulq-atvorga o‘rgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiylashuv omillari va qo‘llab-quvvatlash manbalari bo‘lib, ota-ona hisoblanadi, keyinchalik, qo‘llab-quvvatlash manbalarining soni ortadi: bular qo‘ni-qo‘shnilar, maktab, tengdoshlar fikridir. B.F.Skinner «Inson xulq-atvori uning hayoti davomida o‘zgaradi va vaqti-vaqti bilan inqirozlar yuzaga keladi, degan fikrni qo‘llab-quvvatlagan. Inqiroz holati muhitining shunday bir o‘zgalar ta’sirida yuzaga keladiki, unda individ xulq-atvor reaksiyalarining adekvat to‘plamiga ega bolmaydi. Muhit bolaning xulq-atvorini doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda shakllantiradi, deb hisoblagani uchun bixeviorizmda rivojlanishni yosh davrlarga ajratish (bolish) muammosi ko‘rib chiqilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bogliq. Ushbu yosh davrida barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuniyati mavjud emas: muhit qanday bolsa ushbu bolaning rivojlanish qonuniyati ham shunday boladi. Gap faqat ma’lum bir ko‘nikmani shakllantirish o‘rgatish bosqichlarini belgilash imkonini beradigan (o‘yinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki tennis o‘ynashga o‘rgatish) funksional davrlashtirishni yaratish haqida ketishi mumkin. 0‘rgatishning doimiy tajribasi boshqa psixologik maktablarda «Shaxs» deb nomlanuvchini yaratdi. Shaxs—bu insonning butun umri (hayoti) davomida egallagan tajribasidir. Insonning (noyobligi) o‘ziga xosligi irsiyat tavsif va o‘rgatishning individual repertuarini o‘ziga xos uyg‘unligi biIan belgilanadi. Bunday tarzda psixik rivojlanish o‘rgatish bilan tenglashtiriladi, ya’ni har qanday bilim, ko‘nikma, malakani egallash bilan maxsus o‘qitish sharoitlarida va tasodifiy yuzaga kelgan holatlarda bilishga o‘rgangan. B.F.Skinner g‘oyalari juda keng amaliy ahamiyatini topdi. Muvaffaqiyatli izchil yaqinlashish strategiyasi va ijobiy qo‘llab-quvvatlash texnikasi bixevioral treningining individ xulq-atvorini modifikatsiya qilish metodlari asosini tashkil qilgan. Ular taklifining aniq sohalari o‘rtasida turli xil ko‘rinishdagi qo‘rquv xavotirlanish va «yopishqoq» (miyaga o‘rnashib qoladigan) holatlarni yengib o‘tish destruktiv xulq-atvorni o‘zgartirish muloqot ko‘nikmalariga o‘rgatish, o‘ziga ishonchni mashq qilish, gipertenziya, muskul zo‘riqishlari, migren, xavotirni davolashda qayta aloqa bilan treninglar o‘tkazish. Operant metodikalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga, ruhiy kasalxona bemorlariga, qamoqxona mahbuslariga ham qo‘llaniladi. «Jetonli taqdirlash», «Senzibilitatsiya va desensibilyatsiya», «to‘xtatilgan vaqt» yoki «taym-aut» metodikalari keng mashhurlikka erishdi. Kompyuterdan foydalanilgan holda dasturlashtirilgan o‘qitish B.F.Skinner tomonidan o‘ylab chiqilgan tamoyillarga asoslanadi. Ko‘pgina mutaxassislar «Xulq-atvor ko‘rinishi texnologiyasi»ning samaradorligini tan oladilar, biroq bunda metodning mexanikligini rahbarning avtoritarizmiga moyilligini va rivojlanishning ichki omillarini (inson fikri, hissiyoti, qiziqishi) rad etilishini ta’kidlaydilar va bu metodni haddan ziyod keng qo‘llash mumkin emasligi haqida ogohlantiriladi.

Yüklə 100,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin