3.2 Biologik ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniyma’rifiy, diplomatik aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi barcha jabhalar kabi ta’lim tizimini isloh qilishni talab etdi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
Qonunida ta’lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yo‘nalish deb e’lon qilingan.
Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari etib, jumladan, quyidagilar qayd etilgan:
— ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
— ta’lim uzluksizligi va izchilligi;
— ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
— davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
— ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
— bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish;
— ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;
Ma’lumki, mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatish prinsiplariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ularni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, uzluksiz ta’lim tizimining turlari, ta’lim muassasalari oldidagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir qatorda uzluksiz ta’lim tizimining quyidagi faoliyat ko‘rsatish prinsiplari qayd etilgan.
1. Ta’limning ustuvorligi — ta’lim-tarbiya jarayonining samarali
tashkil etilishi va rivojlantirilishi jamiyatimizdagi ustuvor yo‘nalish sanaladi. Ta’limning ustuvorligi yuksak ma’naviyatli, bilimli va salohiyatli barkamol shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi.
2. Ta’limning demokratlashuvi — ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz va tahsil oluvchining hamkorligiga asoslanadi.
3. Ta’limning insonparvarlashuvi — inson qobiliyatlarini to‘liq ochilishi va bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirishga asoslanadi.
4. Ta’limning ijtimoiylashuvi — ta’lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qiymat tuyg‘usi, yuksak ma’naviyat, ijtimoiy normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi.
5. Ta’limning milliy yo‘naltirilganligi — ta’limning milliy tariximiz, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlashni ta’minlaydi.
6. Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishni nazarda tutadi.
7. Iqtidorli yoshlarni aniqlash — ta’lim jarayonini differensiallashtirish va individuallashtirish, iqtidorli yoshlarga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi.
Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladigan o‘qitish prinsiplari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatish prinsiplariga qanchalik mos kelishi va ularni amaliyotga joriy etishga safarbar etilganligiga bog‘liq.
Xulosa Biologik ta’lim ko‘p jihatdan yosh avlodni estetik tarbiyalashga yordam beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar ulkan darajada tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadiki, pedagogning ta’siri u bilan tenglasha olmaydi. Biologiyani o‘rganishda estetik tarbiyaga barcha o‘quv tarbiya jarayonining uzviy qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok qilish estetik qabul qilish va hissiyotlarni o‘z ichiga oladi. Biologiyani o‘rganish mehnatga muhabbat va insonga hurmatni, mehnatni insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning manbayi sifatida e’tirof etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi.
Maktabda biologiya kursini o‘rganish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda u maktabni tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yo‘li bilan bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini tug‘diradi va rivojlantiradi. Hozirgi zamon kishisi hayotini tirik tabiat to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki uning hayoti o‘simliklar va hayvonot olami bilan butkul bog‘langan. O‘simliklar - Yerda organik xomashyo va energiya olish manbayidir. Hayvonot dunyosi o‘z navbatida turli xil oziq-ovqat va sanoat xomashyosining manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona foydalanish va ularni ko‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuksaklarga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. O’rta maktabda olinadigan biologik ta’lim sanitariyada katta rol o’ynamog’i lozim. O’z organizmining tuzilishi va ishini bilish, asosiy gigiyena ko’nikmalariga ega bo’lish har bir kishi uchun muhimdir. Shaxsiy va ijtimoiy gigiyenaning muvaffaqiyati ko’p jihatdan maktabning yosh avlodga beradigan tayyor-garligiga bog’liq. Masalan, agar aholi orasida epidemiya qanday tarqalishini hamda uning oldini olish va tugatish uchun nimalar qilinishi zarurligini bilsa, odam va hayvonlarning zararli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan biologik ta’lim, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashga imkon beradi. O‘quvchilar biologik ta’limni o’zlashtirib olsagina tabiat faktlari va hodisalarini o‘zaro bog‘lanishda, harakat, o‘zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o‘rganadilar.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1. I.A. Karimov. Barkamol avlod — 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. —
Т.: Sharq , 1997.
2. I.A. Karimov. Yuksak malakali mutaxassislar — taraqqiyot omili. — Т.:
0 ‘zbekiston, 1995.
3. I.A. Karimov. 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. — Т.: O'zbekiston, 1999.
4. I.A. Karimov. Barkamol avlod — O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. —
Т.: Sharq, 1998.
5. N.N. Azizxojayeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv
qo'llanma. — Т.: 2003, TDPU.
6. N.N. Azizxojayeva. Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishda pedagogik
texnologiyalar. Oliy o'quv yurti o‘qituvchilari va malaka oshirish kurslari
tinglovchilari uchun metodik qo'llanma. Т.: 2007.
7. J.G'. Yo‘ldoshev, S.A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. — Т.:
O'qituvchi, 2004.
8. М. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.
9. N. Sayidaxmedov. Yangi pedagogik texnologiyalar. — Toshkent: 2003.
10. J.O. Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya ta’limi texnologiyalari. — Т.:
O'qituvchi, 2002.
11. J.O. Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya o'qitish metodikasi. Pedagogika
oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik. — T.:, Moliya-iqtisod, 2007.
12. J.O. Tolipova, A.T. G'ofurov. Biologiya o'qitish metodikasi. O'quv-metodik
qo'llanma. — Т.: «Bilim» 2004.
13. Azimov va boshqalar. Biologiya. Metodik qo'llanma. — T.:, Abu Ali ibn
Sino nomidagi Tibbiyot nashriyoti. 2002.