3.1Biologik ta’lim yutuqlari.
Butun dunyoda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash va ulardan unumli foydalanish barcha insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Har bir kishi, davlat va butun insoniyat uchun biologik bilimlarning keng yoyilishi va ahamiyati misli ko‘rilmagan darajada oshdi. Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga biologiya asriga kirib borganligi haqida dalolat bermoqda. Biologiya fanining yutuqlariga ko‘p jihatdan tabiiy fanlardan fizika, kimyo, matematika, astronomiya sohasida erishilgan yutuqlardan foydalanish natijasida erishilmoqda. Bu fanlarning yutuqlari va usullari asosida elektron mikroskopiya, spektroskopiya, rentgenostruktura tahlili, hujayraning molekular va submolekular darajada o‘rganish imkonini beradi. Biokimyo va biofizika usullari asosida tajribalar o‘tkazish natijasida moddalar almashinuvi, ayniqsa, oqsil biosintezining mexanizmi ochib berildi, fotosintez sirlari ochildi. Irsiyatning moddiy asosi DNK va RNK strukturasi, funksiyasi ayon bo‘ldi, aminokislotalarning genetik kodi ochib berildi. Olimlarning diqqat - e’tibori hayot hodisalarining mohiyatini aniqlashga, moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruv-chanlikni boshqarishning turli usullarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Hujayra va uning organoidlarida boradigan ko‘p jarayonlarning fizik-kimyoviy va biologik mohiyatini ochib bergan fan yutuqlari hayotiy jarayonlari kechishiga faol arala-shish imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari tibbiyot oldiga saraton, virus, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini qo‘ymoqda, bu xastaliklar asta-sekinlik bilan o‘z davosini topmoqda. Biologik ta’limning politexnik roli. Hozirgi vaqtda tirik organizmlarning tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarga asoslangan texnika fani - kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yo‘nalish – bionika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog‘laydigan fandir. Bionika organizmlarning morfologik va funksional moslanishlarini ularni muhandislik masalalarini yechish doirasida aniqlaydi va tahlil qiladi. Masalan, sezuv-organlari juda kichik bo‘lgan hasharotlar, tez va ko‘p harakatlanib energiyani kam sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va o‘z-o‘zini boshqara olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va ularni texnikaga qo‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p qurilmalar hayvonot va o‘simlik olamining tuzilishiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hayotiy jarayonlarni boshqarish vositalari qatorida fiziologik faol moddalarning roli nihoyatda ortib bormoqda. Shuning uchun biologlar biologik faol moddalar vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan mikroorganizm shtammlarini yaratib, gen va hujayra muhandisligi usullarini qo‘llab insoniyat uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez qilib olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali insulinni sintez qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya yutuqlariga tayanib, xossalari oldindan ma’lum bo‘lgan mikroorganizmlarning shtammlarini yarata oladigan bo‘ldi. Mikroorganizmlardan hayvonlar uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, antibiotiklar va boshqa gormonlar ishlab chiqarilmoqda. Bu
biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilib, hayvonlar ozuqasiga
qo‘shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar mahsuldorligini oshirish, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishini tezlashtirish, hosilni hamda o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshirish usullari yo‘lga qo‘yilgan. Gen
injeneriyasi usullari qo‘llanib ko‘sak qurtiga chidamli g‘o‘za va kolarado qo‘n-g‘iziga chidamli kartoshka navi yetishtirilgan. Biologiya fanining yangi sohasi kosmik biologiya hozirgi vaqtda vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari qanday, o‘zga sayyoralarda hayot nisho-nalari bor yoki yo‘qligi haqidagi olamshumul savollarga javob kutilmoqda. Biolo-giya fani erishgan yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy qilingani sari odamlar uchun biologik ta’lim professional tayyorgarlik elementi bo‘lib qoladi. Umumiy texnika taraqqiyoti bilan birga ularning tor ixtisosliklariga bo‘lgan talablar ham oshmoqda. Ular agronomiya va zootexnika bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamoqdalar. Shundan ko‘rinib turibdiki, o‘rta maktabda biologiya ta’limi politexnik xarakterga ega bo‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim.