1.3 Informatika fanini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga bog’liq. Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter - o’zaro”, “akt - ish ko’rmoq, ishlamoq” degan ma'nolarni anglatadi.
Interfaol o’qitish - muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta'sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.
Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko’rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi:
Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o’rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liqlikni o’rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi.
Muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema.
kabi turlari mavjud.
“VENN DIAGRAMMASI” METODI
Venn diagrammasi ikki va uch jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Talabalarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-Talabalar ikki guruhga bo’linadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qo’yiladi;
-har bir to’g’ri fikrga qo’yiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qo’yilgan topshiriq bo’yicha guruhlarning har qanday to’g’ri yoki noto’g’ri fikrlari bir talaba tomonidan ikki xil rangdagi flomasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
-kichik guruh ichidan biror talaba sheriklarining ismi-shariflari to’g’risiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach, o’qituvchi va talabalar hamkorligida to’g’ri va noto’g’ri javoblar aniqlanadi;
-to’g’ri javobga uch ball qo’yiladigan bo’lsa, har bir noto’g’ri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib hisoblanib ular rag’batlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto’g’rilari o’chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo’yiladi. Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog’liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo’llash mumkin: Rag’batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi. undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo`ladi.
“Venn diagrammasi”ni amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich. O`quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to`ldiradilar. Har bir
doiraga ikki tushuncha e`tiborli tomonlari sanab o`tiladi.
2-bosqich. O`quvchilarni kichik guruhlarga(4-5 kishidan iborat)
birlashtirib diagrammalarni taqqoslaymiz va to`ldiramiz.
3-bosqich.Kichik guruh o`quvchilariga bu tushunchalarning umumiy
xossalarini aniqlashni taklif etamiz.
4-bosqich.Biror bir guruh vakili har bir tushunchaning o`ziga xos
tomonlarini o`qiydi. Boshqalar zarurat bo`lganda uni javobini to`ldiradi.
5-bosqich. Boshqa guruh vakili ikki tushunchani birlashtiruvchi(umumiy)
xususiyatlarini o`qiydi.