Kreativlik -ijodkorlik,deb ta'rif beradi Britannica Ensiklopediyasi, bu qachonki sizning oldingi bilimingizni yangi bilim bilan birlashtirib olsangiz sodir bo‘ladi. Shunga ko‘ra effektiv o‘rganuvchi bu aloqalarni bog‘lab oluvchi hisoblanadi.Ya'ni assotsatsiya- agar sizga men hozir Italiyani xaritasi chizib bering desam chizib bera olasiz, va Daniyanichi desam chiza olmasligingiz mumkin, negaki siz Italiyani o‘zizdan oldingi bilim bo‘yicha assotsatsiya qilgansiz, ya'ni etik shaklida(buni hamma biladi). Etikni nimaligini bilishingiz, Italiyani xaritasini eslab qolishda yordam berayapti.Darvoqe, Assotsatiya bu xotiraning eng asosiy qonuniyatlaridan biridir, shuning uchun aytiladi agarda sizda assotsatsiya bo‘lsa, siz o‘sha ma'lumotni eslab qolasiz, agarda assotsatsiya bo‘lmasa siz hech narsani eslab qolmaysiz.
Konfutsiy aytgan edi "Men eshitaman-men bilaman, men ko‘raman-men eslab qolaman, men bajaraman- men tushunaman". Bu shuni anglatadiki, biz kitob o‘qiymiz, leksiyalarga qatnashamiz, kutubxonada vaqt o‘tkazamiz yoki internetda suzamiz va informatsiyani ko‘rsakda va uni yozib olish qaysidir miqdorda foyda bersada, bilimni haqiqiy hayotga tatbiq etish eslab qolish va uni tushunishning bu eng zo‘r usullardan biridir. Agar siz sport bilan shug‘ullansangiz, yoki yangi mashqlarni o‘rgansangiz, u ustida amaliy mashqlar bilan shug‘ullanish mashqni yaxshi o‘rganishdagi katta yuksalishdir.Yoki bo‘lmasam siz mashina haydashni teoriyasini zo‘r bilishingiz mumkin lekin amaliyotsiz u bilim chuqur bo‘lmaydi va ko‘p amaliyotga chiqish orqali keyinchalik qiynalmasdan mashinani haydashda "shumaxer" bo‘lib ketishingiz mumkin.
7. Javobga yetib borishning logikasi uni eslab qolishdan ko‘ra samaraliroq
Matematika o‘qituvchilarimning sayi harakatlari tufayli matematikaga boshqacha mehr qo‘yganman , va o‘qituvchilarimiz doimo takrorlar edi : javobni eslab qolmanglar, uni qanday chiqarishni bilib olinglar. Ha , bu usul orqali hozir ham men uchburchakning yuzi , geron formulasini va boshqa ko‘plab formulalarni qayerdan kelib chiqqanligini bilaman, va haligacha ularni eslayman. Formulami yoki qandaydir xabar kerek bo‘lsa uni qayerdan ildiz otib chiqqan bo‘lsa , o‘sha yer orqali eslab qolish, uzoq muddat davomida xotirangizda o‘rnashib qolishini kafolatlaydi. Ba'zi paytlarda javobini eslay olmaysiz, lekin ana shunday holatlarda ham siz javobga, uni mantig‘ini o‘ylab chiqib yetib borish mumkin bo‘ladi.