A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 314,5 Kb.
səhifə3/7
tarix25.04.2023
ölçüsü314,5 Kb.
#102596
1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ta\'lim 2

Xotirani yaxshilovchi va o‘z navbatida uni susaytiruvchi omillar bor. Keling, xotira bilan bog‘liq muammolar haqida gaplashamiz. Nega susayadi? Buning bir qancha sabablari bor:
♦ noto‘g‘ri ovqatlanish, stresslar, kuchli hissiy zarbalar, ish va dam olish tartibining buzilishi, qattiq charchash
♦ bosh miyaning qon bilan yetarlicha ta’minlanmasligi
♦ nafas yo‘llari va o‘pka tizimi, qalqonsimon bez, jigar va buyrak faoliyatidagi yetishmovchiliklar, yurak va tomir, foliy kislotasi va B12 vitamini yetishmasligi.
♦ miya chayqalib, lat yeyishi
♦ stresslar.
1. Xotirani rivojlantirish asoslari
Xotiraning asoslari haqida keyinchalik batafsil to‘xtalaman. Axir , blogimning asosiy mavzusi ham shu da.Lekin umumiy rasmni berishim uchun aytishim mumkinki- bular fokusni oshirish, mnemonika, so‘ngi ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish, strukturiviy o‘qish va AQL XARITASI(mindmapping) va yangi innovativ interaktiv usullardir.
2 . Doimo Yangilikni o‘rganib borish
Aniq xotirani rivojlantirishi mumkin bo‘lgan usullardan biri bu doimo yangi narsani o‘rganishdir. Yoki qisqasi o‘zbek maqolidek "Beshikdan to qabrgacha ilm izla".Buni ko‘plab tadqiqotlar natija sifatida ko‘rsatyapti. 2004 yilda "Nature" maqolasi shuni ma'lum qildiki , unga ko‘ra kimda kim ko‘proq ma'lumotga duchor bo‘lsa , miyaning kulrang moddasi miqdori oshibdi. Bu miyamiz bo‘linmasi esa o‘z navbatida ko‘p holatlarda visualniy xotira bilan bog‘lanadi.
Oddiygina, agar siz ingliz tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz , buni to‘xtatmasdan doimiy tarzda davom etish zarur. Bu inglizchasiga aytganda "Use it or Lose it" ya'ni "Ishlat yoki yo‘qot" degan tamoyil bilan xulosalash mumkin. Bu xodisa xattoki ilmiy nomga ham egadir. Pruning - Xomtoklash deb ataluvchi ushbu fenomenga ko‘ra miyadagi nerv yo‘llari takrorlash davomida mustahkamlanib qalinlashib boradi, va buni teskarisi, hosil qilingan bilimga eltuvchi nerv tolalari torayib o‘zi yo‘qolib ketadi.Buning yaqqol isbotini "Zakovat" intellektual o‘yinlari bilan shug‘ullanib yuruvchi ko‘plab o‘quvchilarda kuzatganman.Ular doimo yangi informatsiya va faktlar yodlab yurganligi tufayli, xotirasi doimo o‘tkir turadi. Negaki miyamiz qaysidir ma'noda pichoq singari ishlatganingiz sayin o‘tkirlashib boraveradi, ishlatilinmasa o‘tmaslashish boshlanadi.
3. Turli xil usullarda o‘rganing
Judi Villsning fikriga ko‘ra " Ma'lumotni saqlashda qanchalik miyaning ko‘p regioni ishlatilsa, shunchalik ko‘p o‘zaro aloqalar deganidir. Bu esa shunchaki eslab qolishdan ko‘ra , ma'lumotni o‘rganishni nazarda tutadi "
Odatda Visual, Auditorli va kinestetik o‘rganuvchi insonlar bo‘ladi. Bu yerdavisual ko‘rib yaxshi o‘rganuvchilar, va auditorda esa eshitganda yaxshi tushunuvchilarni hamdakinestetik o‘rganuvchilarga harakatlar bilan o‘rganuvchilarni nazarda tutilgan.Maslahat shuki, birdan oshiq usullarni qo‘llab yodlashga harakat qilish darkor. Til o‘rganayotganda eshitib, hamda video ko‘rib , o‘qib va yozib, yoki do‘stingizga tushuntirib berib o‘rganishingiz mumkin. Har xil usullarni qidirib ko‘ring, negaki bir xillik miyamizga yoqmaydi va miya darrovda zerikib qoladi.
4 . Nimani o‘rgangan bo‘lsangiz boshqa bir insonga o‘rgating
Teaching as a learning" (O‘qitish orqali o‘qimoq) bu juda ommabop bo‘lib qolgan metodika hisoblanadi. Haligacha esimda bor maktabda o‘qiyotgan paytimda matematika o‘qituvchimiz menga mavzuga tayyorlanib kelib o‘quvchilarga tushuntirib berishni aytar edi. Bu albatta mavzuni yaxshilab tushunishga olib boradi, negaki tushunish mumkin, lekin tushuntirish ozgina qiyin bo‘ladi.Ayniqsa, so‘zlar bilan. Agarda siz uni eplay olsangiz bu siz mavzuni yaxshi tushunganingizdan dalolatdir. Aristotelning gapi bilan aytganda "Men tushunaman, shuning uchun men o‘qitaman"
+Bu metodikaning ishlashining boshqa bir sababi shundaki, siz xabarni o‘rganar ekansiz, tushuntirish uchun o‘z tajribangiz va o‘z so‘zlaringizga tayanasiz. Institutimda bir narsani sezganmanki, imtixonlar yaqinlashgan sari qaysidir do‘stimga mavzularni tushuntirib bersam, fan yuzasidan o‘z mavzuim yanada mustahkamlashgan .

Yüklə 314,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin