II. Hamkorlik shartnomasi bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari:
2.1O‘quvuslubiyishlarbo‘yicha:
2.1.1. A.Qodiriy nomidagi JDPI “Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta’lim » kafedrasi professor-o‘qituvchilari majburiyatlari:
Institutning 3-4-kurs talabalarning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini, 5-kurs talabalarining pedagogik amaliyotini uzluksiz samarali o‘tkazish bo‘yicha MCHJ rahbariyati bilan hamkorlikda har o‘quv yili uchun alohida reja ishlab chiqib, bajarilishini ta’minlash.
Ta’lim turlari orasida uzluksizlik va o‘quv fanlari o‘rtasidagi uzviylikni hisobga olgan holda davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini kasb-hunar ta’limi muassasasi bilan hamkorlikda takomillashtirish maqsadida o‘quv fani bo‘yicha tahlil qilish, xulosa va takliflar tayyorlab, universitet rahbariyatiga taqdim etish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va xodimlari bilan o‘quv fani yo‘nalishida faoliyatni muvofiqlashtirish;
Ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda hamkorlik qilish; 2.1.1.6.Maktab mehnat jamoasi orasida boy madaniy merosimizni, tariximizni, milliy
qadriyatlarimizni hamda milliy istiqlol g‘oyasini keng targ‘ib qilish maqsadida imkoniyat darajasida kafedra faoliyatini tashkil etish;
Maktab talabalari uchun ta’lim muassasasi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlar (qo‘llanmalar, darsliklar) yaratish;
O‘quv, metodik ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazishni tashkil etish;
Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning malakalarini oshirishda hamkorlik qilish.
Maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ilg‘or tajribasini ommalashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish;
Maktab o‘qituvchilari bilan ilmiy, metodik maqolalar tayyorlab matbuotda yoritishda hamkorlik qilish;
Maktabning ilg‘or tajribali o‘qituvchilarini aniqlash va institutning professor o‘qituvchilariga mustaqil tadqiqotchi qilib berkitishda hamkorlik qilish;