Hazm qilish sistemasi – og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, oshqozon va ichakdan tashkil topgan. Suv shillig’i suv o’simliklari bilan oziqlanadi.
Og’iz bo’shlig’ining ostki qismidagi muskulli o’simta (“til”) ning ustki sathi turli shakldagi qirg’ichsimon o’simtalar – radula bilan qoplangan. Bu organ ovqatni olishda katta ahamiyatga ega. Og’iz bo’shlig’iga so’lak bezlari, ba’zi yirtqich turlarda zaharli modda yoki sulfat kislota ishlab chiqaruvchi bezlarning yo’li ochilgan. Bularning suyuqligi ham oziqlanishga katta yordam beradi. Halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan muskulli tilchasi bo’ladi. U tilini chiqarib, tishchalari yordamida oziqni o`zib oladi yoki o’simliklar va suvdagi narsalarga yopishgan bakteriyalar hamda mayda suv o’tlarini qirib oladi. Bir juft so’lak bezlari ham halqumiga ochiladi. So’lak suyuqligi oziqni hazm qilishga yordam beradi. Suv shillig’ining jigari oshqozon bo’shlig’iga hazm qilish shirasi ishlab chiharadi. Ancha uzun ichakning oxiri anal teshigi orqali mantiya bo’shlig’ining yon yoki bosh tomoniga ochilgan.
Nafas olishi - atmosferadagi kislorod orqali. Tanasining o’ng tomonida chig’anoqning bir chetida nafas teshigi bor. Bu teshik xaltasimon o’pkaga ochiladi. O’pka devori juda ko’p mayda qon tomirlar bilan qoplangan. O’pkadagi havodan kapillyar tomirlardagi qonga kislorod kiradi, qondan CO2 gazi chiqadi. Mollyuska nafas olish uchun suv yo`zasiga ko'tariladi va nafas teshigini ochib, o'pkani havo bilan to'ldirib oladi. Suv ostida uning nafas teshigi berkiladi.
Mollyuskada qonni harakatga keltiruvchi maxsus a’zo – yurak borligi bilan halqali chuvalchanglardan farq qiladi. Yuragi tanasining orqa tomonida joylashgan 2 ta kameradan – yurak oldi bo’lmasi va yurak qorinchasidan iborat. Yurak kameralari galma-galdan qisqarib, qonni tomirlarga haydaydi. Tomirlarning uchi ochiq bo’lib (ochiq qon aylanish sistemasi), qon ulardan ichki a’zolar oralig’iga quyiladi Bu yerda kislorodni to’qimalarga berib, CO2 bilan boyiydi. Qon a’zolar oralig’idan tomirlar orqali o’pkaga keladi. O’pkada kislorod bilan to’yingan qon yurakoldi bo’lmasiga quyiladi. Oziq moddalar ham qon orqali to’qimalarga o’tadi.
Ayirishi. Suv shillig’ining tasmaga o’xshash (shakli o’zgargan nefridiya naychalari) yagona buyragi bor. Buyrakning voronkasimon kengaygan uchi yurakoldi bo’lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya chetiga ochiladi.
Suv shillig’ining tanasida 3 juft: bosh, ichki organlar va oyoq nerv tugunlaridan tashkil topgan. Sezgi organlari - 1 juft kalta va 1 juft uzun paypaslagichlar, 1 juft ko’zi, oyoqning ichki qismida joylashgan muvozanat organi, mantiya va oyoq sirtida ham teri sezuvchi hujayralari bo’ladi.
Suv shillig’i germafrodit hayvon. U uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko’p tuxum qo’yadi. Tizimchasi suv o’tlariga ilashib qoladi. Tuxumlardan nozik chig’anoqli kichik mollyuskalar rivojlanadi.
Savollar: 1. Molyuskaalar tipi vakillarining qanday o`ziga xos bеlgilari mavjud?
2. Molyuskalar qanday klassifikatsiyaga ega?
3. Yonboshnеrvlilar kеnja tipiga xos bеlgilarni ayting.
4. Chig`anoqlilar kеnja tipining qanday vakillarini bilasiz va ularning axamiyati nimadardan iborat?
4. Qorinoyoqlilar sinfi vakillarining tashqi va ichki tuzlishini tushintirib bеring.
Foydalanilgan adabiyotlar: