A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Bosh skeletsizlar kenja tipi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/60
tarix12.12.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#74210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Um-lilar.MAJ-19-20 (1)

Bosh skeletsizlar kenja tipi
REJA:
1.Boshskeletsizlar kenja tipining umumiy tavsifi.
2.Bosh skeletsizlar kenja tipining vakili sifatida
lansentnikning tashqi va ichki tuzilishi.
3.Lansetnikning embrional rivojlanishi.
Tayansh iboralar: xayot kechirishi, xordasi, lansentnikning ushlami, toq suzgich qanotlari, metallevral burma, teri tuzilishi. Muskul sistemasi, ovqat xazm qilish, qon aylanish tizimlari, embrional rivojlanishi, zigota, blastula, gastrula, lichinka.
Bosh qutisizlar xordalilar tipining hamma belgilarini umrbod o`zida ifoda etgan, dengizlarda yashaydigan hayvonlar bo`lib, turlari uncha ko`p emas. Bosh qutisizlar tuzilishini ularning tipik vakili xisoblangan lansetnik misolida ko`rib chiqamiz.
TASHQI KO’RINIShI. Lasentnik tipik xordali hayvon bo`lib, gavdasi ilonsimon shaklda yon tomondan qisilgan, uzunligi 5-8 sm bo`ladi. Orqа tomonida toq orqа suzgich qanoti, dumida keng dum suzgich qanoti bor. Gavdasining oldingi uchida pastga qarab turgan va paypaslovchilar bilan o’ralgan og`iz oldi teshigi joylashgan. Gavdasining pastki qismida ikki yon tomonga o`rnashgan metaplevard burma bor. Bu burmalar atrial teshik atrofida o`zaro quchiladi.
TERI QOPLAGIChLAR. Hamma umurtqalilar singari, lansetnikning terisi ham ikki qismdan - tashqi epidermisdan va ichki shin teridan iborat. Lekin lasentnikning epidermisi Umurtqalilar epidermisidan hamma umurtqasiz hayvonlarniki singari bir qavatligi bilan fark qiladi. Shin terisi yopishqoq to’qimadan tuzilgan.
MUSKUL SISTEMASI. Butun gavda bo`ylab qator - qator o’rnashgan muskul segmentlaridan- minometrlardan xosil bo`lgan. Miomerlar bir - biridan biriktiruvchi to’qima pardalari- mioseptalar bilan ajralgan.
SKELETI asosan xordadan tashkil topgan. Xorda butun gavdaning bo’yi bo`ylab joylashadi. Xordani va uning ustida joylashgan nerv nayini biriktiruvchi to’qimali parda o`rab turadi.Markaziy Nerv Sistemasi sodda tuzilgan bo`lib, nay shakliga ega va xorda ustida joylashadi. Nerv nayining oldingi qismi kengayib, bu qism Umurtqalilarning bosh miya qorinchasiga o’xshatiladi. Nerv nayining yuzasi bo`ylab Gesse ko`zchalari joylashadi. Bular yorug’likni sezuvshi xujayralar xisoblanadi. Nerv nayidan juft - juft bo`lib xarakat va sezuvshi orqа hamda qorinli nervlari chiqadi. Lensentnikning orqа va qorinli nervlari umurtqalilardagidek o`zaro bog’lanmagan. Sezuv organlari juda sodda. Yorug’lik ta’sirotlarini Gesse ko`zchalari qabul qiladi. Gavdaning oldingi uchida xidlov chukurchasi bo`ladi. Og`iz oldi paypaslovchilari xis – tuyg’u funksiyasini bajaradi.
Ovqat xazm qilish va nafas olish organlari ancha sodda. Ichak nayi paypaslovchilar bilan o’ralgan og`iz oldi teshigidan boshlanadi. Uning tagida og`iz joylashgan bo`lib, u xalqumga ochiladi. Xalqumning ustki va tagi bo`ylab kiprikli epitiliyli arikchalar joylashadi. Pastki arikcha yoki endostilning kiprikchalarini xarakati bilan xalqumga tushgan ovqat zarrachalari, avvaliga oldinga qarab, keyin xalqumning ustki ariqchasi bilan ichakka boradi. Endostil umurtqali hayvonlarda ichki sekresiya bezlarining qalqonsimon beziga aylanadi. Ichak kanali xalqumdan to anal teshigigacha davom etadi. Oshkozon shakllanmagan. Ichak kanalining oldingi qismiidan umurtqali hayvonlarning jigariga gomolog bo`lgan jigar o`simtasi chiqadi. Xalqumi katta va uning devorida qiya o`rnashgan bir nechta jabra yoriqlari joylashadi. Bu yoriqlar bevosita tashqariga ochilmasdan jabra oldi (atrial) bo’shliqqa ochiladi. Atrial bo’shliq embrionda qorinlining o’rta qismida ikkita yon, teri burmalarining qushilishidan xosil bo`ladi. Suv xalqumdan jabra yoriqlari orqаli atrial bo’shliqqa tushadi va u yerdan atriopor orqаli gavdaning qorinli tomonidan tashqariga chiqariladi. Qonaylanish sistemasi umurtqali hayvonlardagidek toutash bo`ladi, lekin yuragi yo`qligi bilan ulardan farq qiladi.
Arterila sistemasi xalqum ostida joylashgan qorinl aortasidan boshlanadi. Qorinli aortasidan oldinga qarab bir talay juft jabra arteriyalari chiqadi, bularda venoz qon bo`ladi. Jabralarda venoz qon suvda erigan kislorodga to’yinadi. Kislorodga to’yingan arterial qon jabralardan olib ketuvchi arteriyalar orqаli juft orqа aorta ildizlariga tuplanadi. Orqа aorta ildizlarining oldingi qismidan boshni toza qon bilan ta’minlaydigan bittadan uyqu arteriyalari chiqadi. Xalqumni keyingi qismida orqа aorta xorda ostiga joylashgan bo`lib, hayvon gavdasining oxirgi uchiga qadar davom etadi va yo’l – yo’lakay har xil organlariga shoxсhalar chiqaradi.
Venoz sistemasi. Gavdaning keyingi qismidan venoz qonkeyingi juft kardinal venalarga, bosh tomonidan oldingi juft kardinal venalarga tuplanadi. Bu venalar keyindan oldinga, oldindan keyingi tomonlarga qarab oqadi va xalqumning orqаsiga o`zaro qo`shilib, kyuv’e yo’llarini xosil qiladi. Kyuv’e yo’llari vena sinusiga quyiladi. Ichki organlarga venoz qonichak osti venasiga quyiladi. Bu vena jigar o`simtasiga borib, kapilyarga bo`linadi, ya’ni jigar kopcha sistemasini xosil qiladi, jigardan qonjigar venasi bilan chiqib vena sinusiga qo’yiladi. Vena sinusidan qonqorinli aortasiga o`tadi. Ayirish sistemasi xalqumning ustiga o`rnashgan ko`p sonli nefridiylardan iborat. Ular bir qancha teshikchalar orqаli jabra oldi bo’shlig’iga ochiladi. Umuman, lansetnikning nefridiylari xalqali chuvalchanglarning nefridiylariga juda o’xshash bo`ladi.
Ko`payish organlari segmentlar tipida joylashgan bir nechta jinsiy bezlardan iborat. Urg’ochilarining tuxumdoni va erkaklarining urug’doni gavda bo’shlig’ining jabra yoriqlarida joylashadi. Jinsiy xujayralar atrial bo’shliqqa tushadi, u yerdan atriopar orqаli tashqariga chiqariladi. Lansentnikning embrional rivojlanishini birinchi marta rus olimi A.O.Kovalevskiy o’rgangan ba masala avvalo shu bilan qiziqarli, lansentnikning rivojlanishi bu boshqa xordali hayvonlarning embrional rivojlanishining soddalashgan sxemasidir.
Lansentnikning urug’lanishi tashqi bo`lib, bu prosess suv tagiga odatda kechqurun yuz beradi. Urug’langan tuxum xujayra ancha kichiq sariq moddasi kam bo`lganligi sababli to’liq va teng yo’l bilan bo`linadi. Natijada, sharsimon tipik blastula xosil bo`ladi. Keyinchalik blastulaning pastki ko`tbidagi katta xujayralar ichkariga blastoselga borib kiradi va shu tariqa tipik invaginasion yo’l bilan gastrula yo`zaga keladi. So`ngra gastrula buyicha sho`ziladi va gastropor degan teshik orqаli tashqi muxit bilan tutashadi. Gastrulaning ichida esa gastrosel degan bo’shliq xosil bo`ladi. Gastrula shu paytda ikki qavatdan – tashqi ektoderma va ichki entoderma qavatlaridan tashkil topgan bo`ladi. Endi ektoderma gastroporga qadar, orqа tomonining bor bo’yiga botib kirib, nerv plastinkasini xosil qiladi. Nerv plastinkasining chetlari yuqoriga ko`tarilib chiqadi va bir - biri bilan qo`shilib, nerv nayiga aylanadi. Nerv nayi ancha vaqt oldingi tomonda tashqi muxit bilan nevropol orqаli, keyingi qismi nerv - ichak kanali orqаli gastrula bo’shlig’i, ya’ni birlamshi ichak bilan tutashib turadi. Keyinchalik nerv - Ichak kanali umuman yo`qolib ketadi, nevroporing o’rnida xidlov chuqurchasi xosil bo`ladi.
Markaziy nerv sistemasining rivojlanishi bilan bir vaqtda entoderma ham differensiallashib boradi. Birlamchi Ichakning ustki tomoni bo’rtib chiqadi va xordaga aylanadi. So`ngra xordaning ikki yonida yotgan Ichak burmalari Ichakdan ajralib, bir qator selomik xaltachalarga aylanadi. Bu xaltachalar devori mezodermadan, ichidagi bo’shlig’i esa selomdan iborat. Har bir selomik xaltacha ustki - somit va pastki yonbosh plastinkalari degan ikkita bo’limlarga ajraladi. Somitlardan miomer deb ataladigan muskul segmentlari miotomlar va shin teri xosil bo`ladi. Yonbosh plastinkalardan esa qorinli pardasining varaqlari, yonbosh plastinkalarining oralaridagi bo’shliqlardan selom xosil bo`ladi. Nixoyat, gavda oldingi uchining devori o’pirilib og`iz teshigi xosil bo`ladi. Natijada, ertalabga lichinka xosil bo`ladi. Lichinkalik davri uch oy davom etadi. Lichinka dastlab suvda suzib yuradi. Keyinchalik u suvning tagiga tushadi. Lichinkaning og’zi, jabra yoriqlari ilk davrida simmetrik bo`ladi, jabra yoriqlari kam bo`di, atrial bo’shlig’i bo`ladi. Keyinchalik og`zi va jabralari o`z o`rnini egallaydi, jabra yoriqlari soni oshadi, atrial bo’shliq va mataplevral bo`rmalar xosil qilib, lichinka lansetnikka aylanadi.
Shunday qilib, lansetnikda umurtqasiz hayvonlardagi singari ayirish va ko`payish organlari orasida xesh qanday bog’lanish yo`q. Lansetnik asosan Atlantik, Tinch va Xind okeanlarining mu’tadil va issiq dengizlarida tarqalgan. MDXda ular Qora va Yapon dengizlarida yashaydi. Suvning temperaturasi 17-300S, sho’rligi 20-30% bo`lganda lansetniklar o`zlarini yaxshi xis qiladi.
Asosan diatoma o’simliklari va ba’zi xollarda zooplankton bilan oziqlanadi. Janubiy - Sharkiy Osiyo qirg’oqlarining ba’zi yerlarida lansetniklar ozuqa sifatida ovlanadi. Lansentniklar o`zlarining anatomik tuzilishi bilan umurtqali hayvonlarga juda o’xshash.

3-MA’RUZA



Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin