19-MA’RUZA
Sut emizuvchilar sinfining sistematikasi va kelib chiqishi Reja Sodda darrandalar kenja sinfi.
Tuban darrandalar kenja sinfi.
Yuqori darrandalar kenja sinfi.
Sut emizuvchilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi.
Tayanch iboralar: bir yo’llilar, qopchiqlilar, yuldoshlarning turkumlari, darranda tishli sudralib yuruvchilar, ko`pburtma tishlilar, ush burtma tishlilar.
Hozirgi zamonda yashovshi sut emizuvchilar 4000 yaqin turlarni o`z ichiga oladi va uchta kenja sinfga bo`linadi, sodda darrandalar, tuban darrandalar, yuqori darrandalar yoki yo’ldoshlilar.
1.Sodda darrandalar kenja sinfi Bu kenja sinfga bitta bir teshikchalilar turkumi kiradi. Sut emizuvchilar ichida eng primitivi xisoblanadi va quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi.
sariq moddaga boy bo`lgan tuxum qo’yish yo’li bilan ko`payadi
ichak va siydik tanosil teshiklari kloakaga ochiladi
yelka kamari sudralib yuruvchilarning yelka kamariga o’xshash, ya’ni tush usti suyagi bor
gavda temperaturasi past, 20-340S o’rtasida o`zgarib turadi
yumshoq lablari va tishlari bo`lmaydi
Bir yo’llilar faqat Avstraliya, Yangi Gviniya va Tasmaniyada tarqalgan. O’rdakburunning gavdasi qalin va yumshoq jun bilan qoplangan. Tumshug’i serbar yassi o’rdak tumshug’iga o’xshaydi. Voyaga yetgan o’rdakburunlarning jag`larida tishlari bo`lmaydi. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Daryo qirg’oqlaridagi kovaklarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi, suv hayvonlari bilan ovqatlanadi. Exidna tashqi ko’rinishidan tipratikonlarga o’xshab ketadi. Tanasining orqа tomoni serbar ignalar bilan qoplangan. Avstraliyada tarqalgan, Proexidna Yangi Gvineyada yashaydi. Exidna va proexidna yerni kovlab, xasharotlarning lichinkasi bilan ovqatlanishga layoqatlangan.