Anakonda-anakondalar-bo`g’ma ilonlar avlodi. Hozirgi yashab turgan ilonlarning eng yirigi bo`lib uzunligi 10 m gacha (ayrim adabiyotlarda 11,43 metrgacha deb qayd qilingan) boradi.
Anal teshik-to`g’ri ichakning oxirgi qismi, orqa chiqaruv teshigi.
Anamniyalar-embrional taraqqiyotining dastlabki davrida embrion pardalari, jumladan, amnioni bo`lmaydigan tuban umurtqali hayvonlar (to`garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar) guruhi. Anamniyalar birlamchi suv umurtqalilari bo`lib, embrional rivojlanishi, asosan suv muhiti bilan bog’liq.
Aorta-shox tomir, katta tomir. Odam va hayvonlar organizmidagi eng katta va uzun yagona qon tomiri. Yurakning chap qorinchasidan chiqib organizmning barcha a`zolari va to`qimalariga tarmoqlanadi.
Apteriya-uchuvchi qushlarning pat bilan qoplanmagan teri qismi.
Areal (maydon, makon)-o`simlik va hayvonlarning biror turi, oilasi yoki turkumi tarqalgan geografik hudud.
Arterial qon-toza qon, kislorodga boyigan qon .
Arteriyalar-yurak va aortadan chiqib, o`pka alveolalarida kislorodga boyigan qonni barcha tana a`zolari va to`qimalariga olib boruvchi qon tomirlar .
Arxeopteriks, dastlabki qush-qushlarning eng qadimgi, qirilib ketgan urug’i. Kaltakesakdumlilar kenja sinfiga kiradi.
Bentos (chuqurlik)-dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchiqda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Dengiz bentosi ko`pchilik baliqlar va boshqa hayvonlar uchun ozuqa, ba`zilari (suv o`tlari, krab va baliqlar)dan inson ham foydalanadi.
Biogeografiya-tirik orgnizmlar (mikroorganizmlar, zamburug’lar, o`simliklar va hayvonlar) jamoasi va ular komponentlari (tur, avlod, oila va bosh.)ning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini o`rganuvchi fan. Bu fan ma`lumotlaridan biologiya, qishloq xo`jaligi va tibbiyotda keng foydalaniladi.
Boshskeletsizlar(boshqutisizlar)-xordalilar tipining kenja tipi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi bo`lmaydi, vakili lantsetnik.
Vibristsalar-shakli o`zgargan uzun, kattiq junlar. Ular ayrim tur sutemizuvchilarning bosh qismida, ba`zan panja va ko`krak qismida ham bo`lib, tuyg’u vazifasini bajaradi.