Gatteriya-xartumboshlilar turkumiga mansub eng qadimgi sudralib yuruvchi turi. Faqat Yangi Zelandiyada tarqalgan.
Germafrodit-bir organizmda ham erkaklik va ham urg’ochilik jinsiy organlarining bo`lishi.
Gerpetologiya-sudralib yuruvchi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinflariga kiruvchi umurtqali hayvonlarni o`rganadigan fan. Zoologiyaning bir tarmog’i.
Gesperornis-qirilib ketgan qadimgi tishli qushlar katta turkumining vakili.
Goatsin-tovuqsimonlar turkumiga mansub goatsinlar oilasining turi.
Gomoyoterm hayvonlar-issiqqonli (tana harorati nisbatan doimiy bo`lgan) hayvonlar. Gomoyoterm hayvonlarga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.
Gonadalar-odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlar hosil qiladigan organ.
Damanlar-sutemizuvchilar sinfiga kiruvchi turkum. Osiyo va Afrikada keng tarqalgan. Ko`rinishi kemiruvchilarga o`xshaydi, yerda va daraxtlarda yashaydi.
Detrit-suv havzasi tubiga cho`kadigan, suv yoki tuproqdagi mayda organik zarrachalar. Detritlar tarkibiga o`simlik, zamburug’ va hayvonlarning chirigan qoldiqlari bilan birga bakteriyalar ham kiradi. Detrit suv hayvonlari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.
Diafragma-odam va hayvonlarning ko`krak qafasini qorin bo`shlig’idan ajratib turuvchi muskul - paydan iborat to`siq parda.
Dimorfizm-bir turga mansub bo`lgan organizmlarda morfo-fiziologik belgilari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan shaklarning mavjud bo`lishi. Jinsiy dimorfizm hayvonlar orasida keng tarqalgan.
Yevstaxiy nayi-quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarda halqumini (yutqinni) o`rta quloq bo`shlig’iga tutashtiradigan kanal. O`rta quloqdagi havo bosimini tevarak muhitdagiga baravarlash uchun xizmat qiladi.
Yon chiziqlar-to`garak og’izlilar, baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning itbaliqlaridagi sezgi organlari sistemasi. Tananing har ikki yoni va bosh qismida joylashgan.