A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Migratsiya(ko`chish, joyini o`zgartirish)



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə57/60
tarix12.12.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#74210
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Um-lilar.MAJ-19-20 (1)

Migratsiya(ko`chish, joyini o`zgartirish)-tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelib odat bo`lib qolgan ma`lum bir yo`nalish bo`yicha va ma`lum vaqtga kelib hayvonlarning tabiiy ravishda o`z joyini o`zgartirishi.
Miksinlar-umurtqalilar kenja tipining to`garak og’izlilar sinfiga mansub turkum.
Minogalar-umurtqalilar kenja tipining to`garak og’izlilar sinfiga mansub turkum.
Monogamiya-har xil jinsli hayvonlar o`rtasidagi munosabat shakli. Ayrim tur qushlarni va sutemizuvchilarni urchish davrida erkak va urg’ochisini birga-bir nisbatda juft hosil qilib yashashi. Masalan, oqqushlar, burgutlar, turnalar, ayrim chumchuqsimonlar, bo`rilar va boshqalar.
Neopallium-sutemizuvchilar oldingi miyasi kulrang moddasining yaxlit qavati (po`stlog’i).
Neoteniya-rivojlanish jarayonining ilk bosqichlarida (lichinkalik davrida) ko`payish qobiliyatiga ega bo`lgan organizmlar. Bunday xususiyatlar ayrim tur amfibiyalarda, o`rgimchaksimonlarda, hasharotlarda va chuvalchanglarda uchraydi.
Nevrotsel-xordali hayvonlar nerv nayining ichki bo`shlig’i.
Ontogenez-organizmning individual rivojlanishi. Bunga organizmning paydo bo`lishidan, hayotining oxirigacha ketma-ket yuz beradigan morfologik, fiziologik va biokimyoviy o`zgarishlar majmui kiradi.
Ornitologiya-umurtqalilar zoologiyasining qushlar sinfini o`rganadigan bo`limi.
Paleozoologiya-qadimgi geologik davrda yashab, hozirda qirilib ketgan va qazilma holda saqlanib qolgan hayvonlarni o`rganuvchi fan.
Panda-yenotsimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchilar turi.
Panjaqanotlilar-Paleozoy erasining devon va toshko`mir davrlarida keng tarqalgan, hozirda deyarli qirilib ketgan suyakli baliqlar sinfining kenja sinfi.
Pitonlar-soxta oyoqlilar oilasiga mansub ilonlar kenja oilasi. Tropik va subtropik o`rmonlarda yashaydi. Sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar sinflari vakillari bilan oziqlanadi. Uzunligi 1,5 m dan (qirol pitoni) 10 m gacha (to`rsimon piton) boradi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin