A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Plankton-suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui. Platsenta (bola o`rni)-



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə58/60
tarix12.12.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#74210
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Um-lilar.MAJ-19-20 (1)

Plankton-suv qatlamida yashab, suv oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui.
Platsenta (bola o`rni)-homiladorlik davrida hosil bo`ladigan va homila bilan ona organizmini bir-biriga bog’lab, ular o`rtasida moddalar almashinuvini ta`minlaydigan organ. Homila platsenta orqali ona qornidan kislorod hamda oziq moddalar olib, unga parchalanish mahsulotlari va karbonat angidrid ajratadi. Homila platsentaga kindik orqali birikadi.
Poykiloterm hayvonlar-sovuqqonli, tana harorati tashqi muhit harorati ta`sirida o`zgarib turadigan hayvonlar. Poykiloterm hayvonlarga barcha umurtqasizlar, to`garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchi va sudralib yuruvchilar kiradi.
Poliandriya-hayvonlarda jinslar o`rtasida urchish davrida bir urg’ochisining bir mavsum davomida bir necha erkaklari bilan qo`shilishi (qushlardan – yashirin dumlilar, ayrim tur tuyaqushlar va ba`zi bir ko`rshapalaklar).
Poligamiya-hayvonlarda jinslar o`rtasida urchish davrida bir erkakning bir necha urg’ochilari bilan qo`shilishi (tovuqsimonlar, juft tuyoqlilar va bosh.).
Primatlar-yuksak tuzilgan sutemizuvchilar sinfi turkumi.
Proteylar-yer osti suvlarida yashaydigan, suvda hamda quruklikda yashovchilar sinfining dumlilar turkumiga mansub oila.
Protopteruslar-ikki xil nafas oluvchi baliklar kenja sinfining, qo`sh o`pkalilar turkumiga mansub oila. Afrikaning daryolarida va kam suvli botqoqliklarida yashaydi.
Regeneratsiya-qayta tiklanish, organizmning shikastlangan yoki yo`qolgan organ va to`qimalarining qayta tiklanishi. Bunda organizmlarning biror bir qismidan butun bir organizmni hosil qilishi ham kiradi (kaltakesakni dumi tiklanadi yoki gidraning bir qismidan butun tanasi tiklanadi).
Salamandralar-suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining dumlilar turkumi oilasi.
Sovuqqonli hayvonlar-tanasining harorati turg’un bo`lmay tashqi muhit haroratiga moslanib o`zgarishiga bog’liq bo`lgan hayvonlar. Bularga barcha umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlardan-to`garak og’izlilar, baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin