A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə26/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
53e1d82115c1c

Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni
Nikohga yetuklik tushunchasi ham o’z navbatida o’ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma'anviy ahloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho’qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga “to’la yetukligi” haqida gapiradigan bo’linsa, demak bu uning ma'lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun har odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda “etukligi”, ayniqsa nikohga, oilaviy hayotga “etukligi” haqida gapirilganda bu tushunchadan ma'lum bir umum-qabulqilingan standart, o’rtacha me'yor, ma'lum bir shartli “o’lchov birligi”, ko’rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi. Shu nuqtai-nazardan olinganda “etuklik”-rivojlanishning ma'lum bir bosqich, fazasi, chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristikasini ma'lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga yetukligi masalasi esa o’ta murakkab biron-bir qat'iy me'yor bilan o’lchab bo’linmaydigan individual xarakterga ega bo’lgan ko’rsatkichdir.
Hozirgi zamon oilasining ijtiomiy psixologik muammolarini yoritishga bag’ishlangan psixologik adabiyotlarda nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko’rinishlari farqlanadi. Qo’yida sizning e'tiboringizga ularning ayrimlari haqidagi ma'lumotlarni xavola etamiz.
Nikoh oldi olimlari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy hayotga yetukligi: ularning oila qurish motivlari; ularning oila qurishlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari; ularni o’zlarining bo’lg’usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta bu omillarning har biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bo’lishi mumkin, shu bilan birga ularning har biri o’z navbatida chna bir necha turlarga farqlanadi.
Masalan; nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma'naviy-axloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik ko’rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga esa bo’lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko’plab ma'lumotlar berilgan jihatlar bo’lsa, iqtisodiy, ma'naviy-ahloqiy, psixologik jihatlar bir oz murakkabroq, qat'iy bir ko’rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Masalan, odamlarning jinsiy yetukligi o’ziga xos omillarga ega. Klinik kuzatishlar ma'lumotlarga ko’ra, hozirgi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog’atga yetish) 12-14 yoshgacha, o’g’il bolalarda esa 14-16 yoshga to’g’ri keladi. Albatta, bu yetuklik ba'zi bir bolalarda ertaroq, boshqa birlarida kechroq ro’y berishi mumkin.
Jinsiy maylning, jinsiy ehtiyojning yuzaga kelishi odamni biologik rivojlana boshlashining o’ziga xos bosqichidir. Ular bola rihiyatining rivojlanishiga, uni shaxsining shakillanishiga, hayot faoliyatining boshqa jihatlariga katta ta'sir ko’rsatadi.
Yoshlarni nikohga jinsiy yetuklik masalasidan tashqari yuqorida keltirib o’tilganidek yana bir nechta ijtimoiy yetuklik turlarini farqlash mumkin. Bular jinsiy, fuqarolik, kas-xunar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy, ahloqiy va psixologik yetukliklardir.
Fuqarolik huquqiy yetuklik bu odamning huquqiy jihatdan balog’atga yetish yoshi bilan, u huquqiy jihatdan oila qurish, farzand ko’rish huquqiga ega bo’lgan shaxs bo’lib hisoblanishi bilan belgilanadi. Bizning mamlakatimizda bu 18 yosh deb ko’rsatilgan. Bu vaqtida u Konstituttsiyada belgilangan barcha huquq va majburiyatlardan foydalangan oladigan bo’ladi. 18 yoshni shaxsning huquqiy yetuklik yoshi deb hisoblash mumkin.
Kasb – hunar yetukligi – bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi shundanki, bir tomondan u kandaydir bilim yurtini, o’quv kurslarini bitirish, ya'ni ma'lum bir ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus bilimlarga ega bo’lish bilan belgilanadi.
Shaxsni yetukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy yetuklikdir. Bundan odamning o’zini va o’z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta'minlay ola bilishi nazarda tutiladi. Yoshlarni oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alohida ahamiyatga ega. Bu o’rinda ham turlicha yosh chegaralari mavjud, yoshlarning ayrimlari 18-19 yoshidayoq ota-onasi oilasidan iqtisodiy mustaqillikka erishishi mumkin, boshqalari esa 25-30 yoshlarida hali ota-onalarining moddiy yordamidan foydalanadilar.
Bu yetuklik jihatlari orasida shaxsning ma'naviy va axloqiy yetukligi haqida gapirish eng murakkabidir. Chunki bu jihat haqida aniq bir mezon va tavsif hozircha ishlab chiqarilmagan.
Gap shaxsning psixologik yetukligi haqida borgudek bo’lsa bunda dastavval uning turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baxolash olishi nazarda tutiladi. Bu hushyorlik amaliylik voqealikni to’g’ri baholay olish shaxsan o’zining yutuq va kamchiliklarini bilim malaka va kobiliyatlarini yetarlicha ob'ektiv baholay olishda namoyon bo’lishi kerak. Psixologik yetuklik boshqa odamlarning xoxish istaklari, kechikmalarini tushunish bilan ma'lum darajada bog’liq. Bu o’z navbatida muloqotning hamkorlikning yaxshi yo’lga quyilishga oilali turli guruhlarda gormonik munosabatlarning o’rganilishiga imkon beradi.
Turli yoshli mansab lavozim toifadagi odamlar bilaen qiziqish odati ta'bi turmush tarzi mutlaqo boshqacha bo’lgan odamlar bilan o’rinli munosabatda bo’la olish-shaxsning psixologik yetukligining asosiy xususiyatlaridan biridir.
Psixologik yetuklik shaxs xulqini turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik yetuklik shaxsning boshqa odamlarga nisbatan bo’lgan ijobiy munosabatlari hamdardlik hamfikrlik g’am-tashvishga sherik bo’la olish o’zaro yordam kabilar tarzida namoyon bo’la oladigan ma'naviy sifatlarning tarkibiy jihatlarini o’zida biriktiradi. Psixologik yetuklikning muhim mezonlaridan biri shaxsda oilaviy muammolarni adolatli hal etishga xizmat qiluvchi o’z musmusataqil fikri qarashi poziuiyasining bo’lishi zarur bo’lganda oila manfaatida o’z qarashlarini ota-onalar oldida himoya qila olishidir.
Nikoh yoshi xususiyatlari.
Demografik nuqtai-nazardan olinganda oila kurish deganda ma'lum bir kishilarning emas balki butun bir avlodning oila qo’rishi nazarda tutiladi. Bu o’rinda to’liq ishonch bilan aytish mumkinki avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo’lsa (uning yoshi qanchalik yuqori bo’lsa) u biz ko’rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo’yicha ko’proq yetuk bo’ladi. 20-24 yoshdagi guruh 20 yoshdan kichik bo’lgan avlodga qaraganda ko’proq hayotiy tajribaga ega bo’ladi.
Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy iqtisodiy yetuklik darajasi yuqoriroq bo’ladi chunki aynan shu yoshda ko’pchilik yoshlar o’rta yoki oliy yurtlarini tomomlagan u yoki bu kasb hunar egallagan bo’ladilar. 25-29 yoshlarda esa 20-24 yoshdagilarga qaraganda ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar yetukligi bo’yicha yanada yuqoriroq darajaga ega bo’ladilar.
Chunki hech kimga sir emaski bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi voyaga yetishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar 25 va 29 yoshdagilar haqida ham xuddu shunday deyish mumkin 29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga yetadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo’lgan va xatto farzandli bo’lishga ham ulgurishadi.
Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an'analarga bog’liq ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan erkaklar uchun u 14 yoshda (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) 21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya) davlatlarida bo’ladigan davr orasiga to’g’ri keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb yoki ularda bir necha yosh kichik deb belgilanadi.
Keltirib o’tilgan ushbu nikoh oldi omillari bilan bir qatorda nikoh mustaxkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan yana biri-oilaning yuzaga kelishiga asos bo’lgan nikoh qurish motivlari va ularning o’ziga xos xususiyatlaridir.
Nikoh motivlarining xususiyatlari.
Nikoh oldi omillaridan yana biri-shu nikoh qurishiga asos bo’lgan nikoh motivlaridir. “Motiv” iborasi psixologiyada ma'lum bir xulq faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo’lgan kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Xush oilalar qanday motivlar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Psixologik adabiyotlarda bir necha o’nlab nikoh motivlari farqlanadi. Lekin ular umumlashtirgan xolda uchta klassifikatsiyaga farqlanadi. Bular sevgi tufayli oila qurish ya'ni yoshlar oila qurishdan avval bir-birlarini sevib ma'lum bir muddat sevib-sevishib yurganlaridan so’ng shu o’zaro sevgining mahsuli sifatida bir-birlarining visoliga to’y qilib oila qo’rib yetishadilar. Motivlarning ikkinchi klassifikatsiyasi moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli oila qurish. Bundan yoshlar oila qurar ekanlar nimanidir hisobga olgan holda ma'lum bir maqsadni ko’zlab oila qurishlari mumkin masalan boylikni mansabni moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda “Agar shu yigitga turmushga chisam boy-badavlat yashayman yoki Shu qizga uylansam uning mansab mavqega erishaman – degan fikrlar asosida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan kutulish yolg’izlikdan qutulish va boshqalar”.
Nikoh motivlar klassifikatsiyasidan yana biri stereotik bo’yicha oila qurish deb ataladi. Bu toifa yoshlarda oldingi motivlarning ikkalasi ham kuzatilmasligi mumkin. Ular oila qurar ekanlar stereotiplarga qaraydilar. Bunday yoshlardan nima uchun oila qurganliklari so’ralsa, odatda “Hamma tengdoshlarim uylanayotgandi, men ham uylandim!” yoki “Hamma dugonalarim turmushga chiqayotgandi, men ham turmushga chiqdim!” qaqabilida javob berdilar.
Xo’sh, shu sanab o’tilgan uchala motiv: sevgi,moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli, stereotip bo’yicha quril gan oilalarning qay biri mustaxkamroq bo’ladi, ya'ni qaysi motiv nikoh oila mustaxkamligini kuchlaroq ta'minlaydi?
Albatta, bu savolga yoshlarning aksariyati, birinchi motivni, ya'ni sevgi motivini tanlab javob berishadi. Chunki ular tufayli oila qurish nikoh mustaxkamligini ta'minlovchi eng ishonchli, mustaxkam poydevor deb hisoblaydilar. Haqiqatan ham, sevgining oila mustaxkamligidagi o’rni beqiyosdir. Haqiqatdan ham, sevgi-bu o’rta qudratli kuchdir. U tufayli inson nimalarga qodir emas?! Insoniyat o’z taraqqiyotida erishgan eng yuksak cho’qilar ham sevgi tufaylidir. Z.Freyd ta'kidlanganidek: “Sevgi-bu insoniyatni hayvonot olamidan sug’urib olgan kuchdir!” Inson yaratgan buyuk mo’'jizalarning barchasi sevgi tufaylidir.
Bu aytilganlardan ko’rinib turibdiki sevgi tafayli oila qurish baxti va mustaxkam nikohning asosini ta'minlaydi.
Albatta, sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati eng baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin statistik ma'lumotlariga qaraganda, oilalar ajralishining ko’pchilik qismi ham xuddu shu sevishib oila qurgan juftlarga to’g’ri kelar ekan. Xo’sh, nega endi sevishib oila qurgan juftlar oilaviy hayotlarida hamma vaqt ham baxtli bo’lavermaydilar? Nega kechagina bir-birlarini sevib, bir-birlarsiz yaashay olmasligiga to’la amin bo’lgan yoshlar bugun nikohlarini bekor qilish haqida sudga ariza beryaptilar? Ularning sevgisiga nima bo’ldi? Sevgi–o’zi nima? U bor narsami yoki yo’qmi? Bu o’rinda haqli ravishda “Sevgi oilaviy hayotning mustaxkam bo’lishiga yordam beradimi yoki xalaqit qiladimi?” degan savol tug’iladi. Agar sevishganlar oila qurganlaridan keyin murod-maqsadimga erishdim deb sevgisini ximoya qilishni uni parvarish qilishni unutsa uning uchun qurashmasa qarovsiz qolgan har bir nozik nihol nobud bo’lganidek eng nozik tuyg’u bo’lgan sevgi ham nobud bo’ladi. Novbatdagi motiv moddiy yoki o’zga manfaat tufayli oila qurishdir. Bu motivning oila mustaxkamligiga ta'siri uning keyinchalik qay darajada amalga oshirilishiga bog’liq. Olia qurishdan oldin yoshlarning hisobga olgan ko’zda tutgan narsalarining hammasi ro’yobga chiqaversa bu motiv ma'lum darajada nikoh mustaxkamligi ta'minlashga xizmat qilish mumkin. Afsuski oilaviy hayotda hamma narsa ham yoshlar kutgandek bo’lavermaydi. Bu o’rinda L.N.Tolstatning. badiiy asarlarda romanlarda kinolarda syujet voqealar rivojlanib-rivojlanib borib oxirida hammasi to’y bilan yaxshilik bilan tugaydi. Hayotda esa aksincha hamma narsa to’ydan keyin boshlanadi degan fikrini ta'kidlash maqsadga muvofiq. Shuning uchun ham oilaviy hayotda kutilgan hisobga olingan narsalarga hamma vaqt ham erishib bo’lavermaydi. Nimanidir hisobga olib oila qurgan yoshlarning oilaviy hayotiga olganlari amalga oshmay qolgundek bo’lsa unda ularning oilaviy hayoti g’urbatga turgan-bitgani azobga nizo-janjalga aylanadi. Ular uchun bunday oilada yashagandan ko’ra yashamagan afzal ko’rinadi. Bu ham oxir-oqibat oilalarning inqiroziga va xisob poydevori ustiga qurilgan imoratning qulashiga olib keladi.
Statistik ma'lumotlarga ko’ra yuridik jihatdan eng mustaxkam turg’un oilalar stereotik bo’yicha oila qurgan juftlarga to’g’ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajralishlar miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan oilalarga qaraganda juda kam ko’rsatkichni tashkil qiladi. Chunki ular hamma qatori oila qurishgan. Qarashsa-ki hamma binoyidek yashayapti bular ham yashayverishadi. Bu motiv asosida qurilgan oiladagi er-xotinlar o’ta baxtli ham o’ta baxtsiz ham bilmaydilar.
Lekin birgalikdagi hayot tufayli er-xotin o’rtasida bir-biriga nisbatan mehr-oqibat yuzaga kelib ular rivojlanib yuqorida aytganimizdek sevgi-muxabbat darajasiga o’sib yetishi ham mumkin. Bunday holatlar shubhasiz bu toifa oilalarni nafaqat rasmiy yuridik jihatdan balki emouional psixologik jihatdan ham turg’un bo’lishining ta'minlashi mumkin. Endi yuqorida berilgan savolni yana takrorlasak qanday motiv asosida oila qurgan ma'qul? Sevishibmi? Moddiy yoki o’zga manfaat asosidasi? Stereotik bo’yichami? Bu o’rinda yoshlarimiz endi bir oz o’ylanib qolishlari mumkin. Sevgi tufayli deyilsa uning ham o’ziga yarasha mashaqqatlari bor. Moddiy yoki o’zga manfaat tufayli oila qurishning oqibatlari ma'lum. Stereotip bo’yichami? Unda ehtiros jushqinlik yetishmayaptiku? Yoshlik g’ururi jushqinlik buni qabul qila olmaydi.
Bo’lajak er-xotinlarning tanishish shatlari.
Nikoh oldi omillarining xarakterlilaridan yana biri yoshalrning tanishish shartlaridir. Ular ham o’z navbatida turli-tumanlikka ega. Kimdir o’qish ish joyida, kimdir o’zi, kimdir biror-bir o’rtog’i bilan, dugonasi, qarindoshi, kimdir sovchilar yordamida kimdir ko’chada jamoatchilik joylarida transportda turli marosimlar to’ylar kechalar o’tirishlar va hokazo. Shart-sharoitlarga ko’ra tanishishlari mumkin. Albatta bularning hammasida shu yoshlarning individual xususiyatlar ma'naviy-axloqiy jihatlari madaniyati tarbiyasi shu yoshlar yashagan xudud undagi milliy urf-odatlar, an'analar etnik xususiyatlar muhim ahamiyatga egadir. O’zbek oilasining etnik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh oilaning yuzaga kelishi shartlari orasida keng tarqalganlaridan biri sovchilik tufayli oilalarning yuzaga kelishidir. Chunki bizda deyarli barcha oilalarning yuzaga kelishi yigit tomonidan kelinnikiga sovchilar borishi bilan boshlanadi. Bundan yoshlar bir-birlarini oldindan bilishlari sevishlari shunchaki uchrashib qolishi yoki sovchilar orqali qidirib kelin topishidan qat'iy nazar albatta kelinnikiga sovchilar borishi nikohning yuzaga kelishidagi etnik shart rasm-rusum urf-odatlardan biri hisoblanadi. Bularning barchasini nikoh mustaxkamligida o’ziga xos o’rni bor. Agar yoshlar o’zlari sovchilar yordamisiz bir-birlari bilan tanishgan bir-birini topishgan bo’lsalar bunda ular birinchi navbatda toplagan odamining o’zlarining ko’pchiliga didiga udealiga mos keladilar. Bu albatta kelgusi hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillar hisoblanadi. Halqimizning etnik xususiyatlariga xos bo’lgan nikohning yuzaga kelishi shartlaridan biri-sovchilikdir. Sovchilik ham azal-azaldan shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biridir. Uning ham o’ziga yarasha talablari shartlari ma'suliyati mavjud. Sovchilikka borilganda sovchilar bo’lajak er-xotinlar qudalarni har tomonlama o’rganib ularning bir-birlariga qay darajada mos kelish jihatlarini puxta o’rganib chiqishga xarakat qiladilar. Sovchilikda surishtirish orqali bo’lajak kelin-kuyov uning olasi avlodi haqida har tomonlama ma'lumotlar olishiga xarakat qilinadi. Umuman sovchilikning milliy etnik an'anaviy amallariga talablariga roiya qilish ham nikoh mustaxkamligining muhim shartlaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham sovchilik masalalariga o’tishda katta e'tibor berilgan va sovchilikka eng tajribali mulohazakor oqil odamlar tanlangan.
Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar.
Oila mustaxkamligiga hal qiluvchi ta'sirlar etuvchi nikoh oldi omillaridan yana biri yoshlarning o’z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlaridir. Ularning qanchalik reallikka yaqin bo’lishi shu oila mustaxkamligining bosh garovi hisoblanadi. Hind afsonalaridan biri yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari va ularning reallik nisbatini qiyoslashga mos keladigan ajoyib bir rivoyat mavjud.
Rivoyatda aytishlaricha, tug’ilganidan ko’zi ojiz bo’lgan tzrt nafar ko’rga “Qarshinglarda fil turibdi, sizlar uni umuman ko’rmagansizlar, dekin uni borib ushlab, paypaslab o’rganib chiqinglarda, so’ng fil qanday mahluq ekanligini aytib beringlar”, - deyilgan. Ko’rla borib filni “o’rganib” qaytishganlaridan so’ng ulardan fil qanday hayvon ekanligi so’ralganda, ulardan bir: “Fil-badani dag’al, daraxtga o’xshagan hayvon”-debdi, ikkinchisi uni inkor etib: “Yo’q, fil yerdek yumaloq, odamning qulochi yetmaydigan yumaloq bir xayvon”- debdi. Uchinchisi esa, ularni ikovlarini ham inkor qilib: “Fil ichi teshik uzun, yo’hon ichakka o’xshaydigan hayvon”-debdi. To’rtinchisi esa: “Fil yoyiq yapaloq katta bargga o’xshagan hayvon”-deb javob berganlar va ularning har biri o’z fikrini ma'qullayman, o’tkazmayman deb bir-biri bilan janjallashib qolgan ekanlar.chunki ularning biri filning oyog’iga, ikkinchisi-qorniga, uchinchsi-xartumiga va to’rtinchi-qulog’iga kelib qolib o’zlarining imkoniyatlari doirasida filni tasavvur qilgan ekanlar. Xuddu shu to’rtta ko’zi ojizdek yoshlarimiz ham oilaviy hayotni butun borlig’icha, to’la, yaaxlit, tasavvur qila olmaydilar, buning imkoni ham yo’q. Oqibatda oilaviy hayot haqida turli tasavvurlarga ega bo’lgan yoshlarimiz oila qurgudek bo’lsalar, o’z tasavvurlarini reallikka aylantirish, ya'ni juftiga ham shunday ekanligini o’qtirishga xarakat qiladilar va ular ham yuqoridagi ko’zi ojizlardek har bir “o’zicha haq” bo’la turib, bir-birlari bilan janjallashib, kelisha olmay qolishlari mumkin.
Esini tanigandan boshlab ertaklar ruxida, badiiy filmlar, romanlar, afsona, rivoyatlar ruhida tarbiyalangan yoshlarimizda hamma vaqt ham oilaviy hayot haqida to’g’ri tasavvurlar shakillanaverishi mumkin emas. Ommaviy axborort vositalari orqali, tele-ko’rsatuvlar, radioeshittirishlar orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida berilayotgan materiallarda, oilaviy hayotni har bir yoqlama, faqat ijobiy tomondan taqlin qilishi hollari ham ko’p kuzatiladi. Bu kabi xolatlar xali yoshlarda oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarning noto’g’ri shakllanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Shuning uchun ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayot, er-xotin munosabatlarini faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina ko’rsataverish xam maqsadga muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: baland-pastiyu, shirin-achchiq, rohat-farog’ati-yu, azob-uqubati, qorong’u kechalari-yu, yorug’ yulduzlari bilan ko’rsatgan ma'qul. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot haqida nisbatan adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin