A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Nazorat savol va topshiriqlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə27/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
53e1d82115c1c

Nazorat savol va topshiriqlari

  1. Nikohning yosh va yetuklik xususiyatlarihaida ayting?

  2. Nikoh mativlarining xususiyatlari haqida ayting?

  3. Bo’lajak er-xotinlarning tanishish shartlari haqida gapiring?

  4. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar haqida o’z fikrlaringizni ayting?



Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar

  1. SHoumarov G’.B. “Muhabbat va oila” Toshkent, 1994 yil

  2. SHoumarov G’.B.taxriri ostida “Oila psixologiyasi” Toshkent, 2000 yil

  3. “1001 savolga psixologning 1001 javobi” SHoumarov G’.B. taxriri ostida. Toshkent 2000

  4. «Xademay oila quramiz» Toshkent 2004 yil

  5. Kinessa “Brak pod mikroskopom” M.1997 yil

8.MAVZU: OILAVIY NIZOLAR. AJRALISh, UNING SABABLARI VA OQIBATLARI.


Dars o’quv maqsadi: Talabalarga oilaviy nizolar. ajralish, uning sabablari va oqibatlarini o’rgatish.


Tushunchalar va tayanch iboralar: Er-xotin nizolari, ota-ona va farzandlar o’rtasidagi nizolar, qaynona va kelin o’rtasidagi nizolar, ajralish va uning oqibatlari.


Asosiy savollar:

  1. Er-xotin nizolari.

  2. Ota-ona va farzandlar o’rtasidagi nizolar.

  3. Qaynona va kelin o’rtasidagi nizolar.

  4. Ajralish va uning oqibatlari.

Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni
Er-xotin nizolari.
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er va xotin o’rtasidagi nizolardir. Halqmizda bir gap bor: oshsiz uy bo’lishi mumkin lekin nizosiz uy bo’lmaydi. Faqat nizoning nizodan farqi bor aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o’z ota-onasi oilasini ularning turmush tarzini bir-birlarga nisbatan bo’lgan o’zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o’zlarining bo’lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila kurishganlaridan so’ng o’g’il bolalar xuddi o’z otasidek va qizlarimiz o’z onalaridek “ota”, “ona”, “er” “xotin” bo’lishini orzu qiladilar. Chunki ular o’z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo’luvchi bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotinlarni kurmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlarda va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo’lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka xarakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat xollarda er-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama faqat yaxshi tomondan ko’rsatish an'analar mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo’ladi. Shunday ertakmopand tasavvurlar orzular og’ushida oila qurgan yoshlar o’zlarining oilaviy hayotlarida dastalabki muammolarga duch kelishlari bilanoq ularning oilaviy hayotlari o’zlari qutganlaridek bo’lmayotganligi turmush o’rtog’ini tanlashda xato qilganligi ular oldingi (to’ydan oldingi) xolatiga nisbatan ma'lum darajada (albatta) salbiy tomonga o’zgarib qolganligi kabilarni tushuna boshlaydilar. Shuningdek yosh oilada er-xotinlarning o’zaro munosabatlari rivojlanishining o’ziga xos qonuniyatlari ayniqsa yosh o’zbek oilasida uning etnik hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashish jarayoni bilan bog’liq qiynchiliklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. O’tmish donishmandlaridan biri haqli ravishda er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan ekan. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi. Oila qanday bo’lishidan qat'iy nazar nizolardan mutlaqo holi (ximoyalangan kafolatlangan) bo’lsa olmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bo’lmaydi. Bu nizolar ma'lum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o’taydi. Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi tashqi ifodalanishi takrorlanib turish tezligi (soni) va nihoyat oqibatlarga ko’ra bir-birlaridan farqlanadi. Ma'lumki bir-birlaridan aynan o’xshash, mos ikki odamning bo’lishi mumkin emas chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortiq shaxsdan (individuallar)dan tashkil topgan oila ham ikki uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun meyorida bo’lgan shaxslararo munosabatlar tizimi ikkinchi bir oilaga mutlaqo mos kelmasligi yoki biron bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo’lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a'zolarining o’zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlar olib kelishi mumkin va xakazo. Oilada yuzaga kelishi ehtimoli bo’lgan nizo-janjallarning sabablarning aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o’rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko’ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin