A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Afsona, rivoyat, ertaklar qadim zamonlarda ham o’zbek oila



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə6/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
53e1d82115c1c

Afsona, rivoyat, ertaklar qadim zamonlarda ham o’zbek oilalari uchun yurtparvarlik, mardlik va jasurlik,mehnatsevarlik, halollik, ornomus, sevgi va muhabbatga sadoqat, yuksak ahloqlilik, aqllilik va tadbirkorlik, boshqa oliyjanob fa-zilatlar xos bo’lganini yaqqol namoyon etadi.
Xalq og’zaki ijodi namunalarida muayyan darajada bo’rttirishlar, ilohiy kuchlar, mo’’jizalarga qaramasdan ular aslida turmush voqeligini tasvirlaydi. Jumladan, yigit va qiz oila qurishdan avval ma’lum shartlarni bajarishlari udumiga oid hayotiy misollar tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. CHunonchi, O’rta Osiyodagi ayrim urug’ va elatlarda yigit qizga uylanishdan avval kurash tushib,pahlavonligini namoyish etishi odati yaxshi ma’lum. Bunda yigit kizni yiqita olsa, u oila boshlig’i, hukmron bo’lardi. Aksincha, kurashda qiz yigit kuragini yerga tyokkizsa, yigit oilada noiloj unga bo’ysunardi.
Ulug’ mutafakkirlarimiz ham nikoh-oila munosabatlari, oila odobi, farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Forobiy "Fozil insonlar shahri", "Baxt-saodatga yetishuv haqida" , "Aql ma’nolari haqida" va boshqa asarlarida panteistik dunyoqarashni rivojlantirdi. Uning asarlari ilg’or falsafiy oqimning rivojida katta ahamiyat kasb etdi. Forobiy jamiyatning kelib chiqishi, vazifasi, xususiyatlari haqida o’z zamonasi uchun ilg’or bo’lgan ta’limot yaratdi. Buyuk mutafakkir asarlarida insonning ijtimoiy mohiyati, unga tarbiya va ta’lim berish zarurati, ta’lim-tarbiya uslublari, bundan kutilgan maqsad chuqur tadqik etiladi. Forobiy ta’limotida inson - dunyo taraqqiyotining eng mukammal va yetuk yakunidir.
"Baxt-saodatga erishuv haqida" risolasida bilimlarni o’rganish tartibini birma-bir sanab o’tadi; dastlab o’rganilishi zarur bo’lgan ilm olamning asoslari haqidagi ilmdir. So’ng tabiiy ilmlarni tabiat jismlarining tuzilishi, shak-li, osmon jismlari haqidagi ilmlarni o’rganish lozim. Bundan so’ng, umuman, jonli tabiat - o’simlik va hayvonlar haqidagi ilm o’rganiladi.
"Bundan keyin, - deb davom etadi Forobiy insonni o’rganishga kirishamiz va insonning inson bo’lishidan kutilgan maqsad va muddaoni o’rganamiz va shuning natijasida inson-ning nima va qanday narsa ekanini bilib-aniqlab olamiz. SHundan keyin biz insonning hozirgi kamolotga erishuviga sabab bo’lgan narsalarni o’rganishni boshlaymiz. Bu narsalar esa xayr ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlar bo’lib, bu fazilatlarni insonni shu kamolotga erishuvdan mahrum kila-digan salbiy xislatlarni o’rganish yo’li bilan ajratib ola-miz. Bu salbiy xislatlar har turli yomon odatlar, nuqsonlar va be’mani hatti-harakatlardir. Biz bu yomon xulq-atvor, be’mani xatti-harakatlarning kelib chiqish sabablarini o’rganish-dan avval, shu xulq-atvor, hatti-harakatlarning o’zi.bilan ta-nishib chiqamiz. Mana bu tanishishga madaniy, ya’ni Madaniga (shaharga yoki jamoaga) oid bilimlar deb nom beramiz. Bu ilm shunday narsalarni o’rgatuvchi ilmki, uning yordamida shahar xalqlari va shaharlik bo’lmagan xalqlarni o’z ichiga olgan, -ya’ni inson olamiga xos bo’lgan barcha xislatlarni o’zida umum-lashtirgan odamzot jismidagi har turli a’zolar kabi (umu-miy xususiyatlar) kishiga ma’lum bo’ladi".Aqliy va ahloqiy tarbiya masalalar atroflicha tahlil etilgan Forobiy ta’limotiga ko’ra, axloqiy tarbiya aqlli, fazilatli inson tarbiyalashning eng muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya bilan uzviy ravishda bog’langandir. Uning axloqiy ideali, xususan, "Fozil insonlar shahri" aearida o’z ifodasini topadi. U kaysi tartibda axloqli qilib tarbiyalash, xususan, bolaning qaysi xislatlariga e’tibor berish kabi masalalarga to’xtab o’tirmaydi. Balki ideal axloqli inson-ning abstrakt obrazini yaratish bilan, tarbiya sohasida shuobrazni namuna qilib olish zarur degan fikrni olg’a suradi. forobiy: "O’zida o’n ikki tug’ma xislatni birlashtirgan kishigina axloqli odam bo’la oladi", deb ta’kidlaydi. Uning fikricha bu fazilatlar quyidagilardan iborat:

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin