A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə8/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
53e1d82115c1c

o’n ikkinchidan, adolatli bo’lsin, ammo qaysar bo’lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o’zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik va pastkashlik oldida qat’iy; bo’lsin, o’zi^zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko’rsatsin va qo’rqmas, jasur bo’lsin, qo’rqish va ojiz-likni bilmasin".
Forobiy bu fazilatlar ichida, ayniqsa, donolikka, aqllilikka juda katta e’tibor beradi.
Bu xislatlar fazilatli, yaxshi jamoaning boshlig’iga nisbatan sanab o’tiladi, ya’ni Forobiy barcha jamoalar ichida eng oliyjanob, fazilatli jamoani ajratadi va shu olijanob jamoani boshqarib tura oladigan, unga rahbar bo’la oladigan kishi eng olijanob inson bo’lishi zarurligini alohida ta’kidlab, bunday olijanoblikka erishmoq uchun qanday xislatga ega bo’lish lozimligini ko’rsatib o’tadi.
O’zbek oilasida ana shu insoniy fazilatlar hamisha yuksak qadrlab kelingan.
Inson shaxsi, uning kamoloti, aqlidrok, sabr-toqat va kamtarlik, go’zallik va did, poklik masalalari Abu Rayhon Beruniy asarlarida ham muhim o’rin egallaydi. U "inson jamiyatda o’z qarindosh-urug’lari bilan birlashib olishga majburdir, bun-dan maqsad bir-birini qo’llab-kuvvatlash hamda har bir kishi: ning ham o’zini, ham boshqalarni ta’minlash uchun ishlarni bajarishdir"degan xulosaga keladi.
O’z-o’zidan tushunarliki, bu bevosita oila munosabatlariga ham taalluqlidir. Beruniy ta’limotiga muvofiq oila barqa-ror bo’lishi uchun uning a’zolari, birinchi navbatda er va xo-tin - farzandlar ota va onasi yuksak ahloq-odob egasi bo’lishi, yurish-turishi, muomala madaniyati ibratli, umuman turmushda ko’pchilikka namuna bo’lishi kerak: "Inson o’z ehtiroslariga hukmron, ularni o’zgartirishga qodir, o’z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy narsalarni maqtagudek narsalarga aylanti-rishga, uni ma’naviy shifokorlik bilan davolashga hamda asta-sekin, axlok haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir".
Abu Ali ibn Sino butun dunyo tomonidan tabobat ilmining yetuk bilimdoni, deb e’tirof qilinishi bilan birga "Donish-noma", "Risolai ishq" asarlarida axloq madaniyati, oila qoida- . lari, urf-odatlari yuzasidan teran fikrlar bildirgan. Ibn Sino e’tiqodicha, sezgi, muhabbat oila baxti, barqarorligi-ning negizidir. U "Eng yuksak sevgi bu insoniy sevgi bo’lib, bunday sevgi kishini sahovatli qiladi, uni oqko’ngil va jozibali insonga aylantiradi,31 deb yozadi.
Abu Ali ibn Sino oilada kattalarning izzatini joyiga qo’yish, kichiklarga mehr-shafqatli bo’lish, ular tarbiyasi bi-lan shug’ullanish, o’zaro sadoqat va mehr-muruvvat fazilatlari qaror topishi ahamiyatini alohida uqtiradi. Ana shu jihatlar o’zbek oilasining muhim xususiyatlari ekani shubhasizdir.
XI asrda yashagan G’arbiy Eron podshohining nabirasi Kayko-vus ibn Iskandarning mashhur "Qobusnoma"sida ham sog’lom va ahil oila qadriyatlari tilga olinadi: "Ey farzand, agar xotin olmoq tilasang, o’z hurmatingni yaxshi saqlag’il. Garchi mol aziz bo’lsa ham, xotin va farzandingdin darig’ tutmag’il. Ammo xo-tinni pokdil, farzandni farmonbardor va mehribon tutg’il, bu ish sening qo’lingdadur...
Xotin kamolga yetg’on, oqila^bo’lg’ok, onasining kadbonulig’in, otasining kadxudolig’in ko’rg’on va bilg’on bo’lsun. Agar bunday nozanin qo’lingga tushsa, uni aslo ko’ldin chiqarmag’il va jahd qilib uni olg’il..."
"Qobusnoma"da farzand tarbiyasi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan. Jumladan, farzandga yaxshi nom ko’yish ota-onaning birinchi burchi ekanligi ko’rsatilgan: "Ey farzand, agar farzanding bo’lsa, anga yaxshi ot qo’yg’il, nedinkim, otadin farzand haqlaridin biri unga yaxshi ot qo’ymoqdur",
Kaykovus ota-onalar o’z farzandlarini ilm, kasb-hunarga O’rgatishlari, odobli qilib tarbiyalashlari zarurligini yozadi. Uning oila qurishda eqzogamiyaga rioya qilish zarurligi haqidagi mulohazalari ham foydadan holi emas: "Lskin agar o’g’lingni) uylantirmoq va qizingni erga bermoqtilasang, zikhor o’z qarin doshlaring bilan berishib-olishmag’il. Begonadin xotin olg’il| nedinkim o’z qarindoshlaringdin olmasang ham ular seninp bilan go’sht, qondek yaqindurlar. Boshqa qabiladin xotin olg’il. Bu bilan bir qabilani qilmish bo’lg’aysan, toki bir quvvating ikki bo’lg’ay, ikki tarafdin madading va ko’maging ko’paygay.
Amir Temur ham oila qurish masalalariga davlat yumushla» ridek judajiddiy e’tibor bergan. Buyuk Sohibqiron xususa~ kelin tanlash haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: "O’g’illa-1 rim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida; kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlar bilan teng ko’rdim. Kelin bo’lmishning nasl-nasabini, yett pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog’liq-salomatli-gini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo’lmish nasl4 nasabi, odob-axloqi, sog’lom va baquvvatligi bilan barcha qusur lardan holi bo’lsagina el-yurtga katta to’y-tomosha berib, kelin tushirdim."
Farhod va SHirin, Layli va Majnunlarning ehtirosli ishqini dostonlarida kuylagan Alisher Navoiy oila qurishni1 savob ish deb hisoblagan:

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin