Oilaning regulyativ funktsiyasi. Oilaning regulyativ funktsiyasi oila a'zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustinlik va obro’ni amalga oshirishni o’z ichiga oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy tomondan qo’llab-quvvatlash nazarda tutiladi.
Oilaning relaksatsiya funktsiyasi.
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funktsiyalardan biri relaksatsiya funktsiyasidir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Ish kuni davomida ko’tarinkilik, kuchli zo’riqish bilan ishlagan xodim, ishchi ishdan so’ng o’z uyida, oila a'zolari qurshovida, boshqa tashvishlarini unutib, ular unga ko’rsatadigan mehir-oqibatdan o’zaro muloqot, ular tomonidan bo’ladigan emotsional qo’llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat faoliyatiga o’zini qayta tiklab olishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o’zaro tushunish, o’zaro hurmat mehir-oqibat, ijobiy psixologik iqlim xukm surmog’i lozim.
Nazorat savol va topshiriqlari: Hozirgi zamon oilalarning turlari haqida ayting?
Hozirgi zamon oilasining asosiy funktsiyalari deganda nimani tushunasiz?
Oilaning reproduktiv, iqtisodiy tarbiyaviy kammunikativ, rekerativ, felitsitologik, regulyativ, relaksatsiya, funktsiyalarining asosiy ahamiyati haqida ayting?
Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar SHoumarov G’.B. “Muhabbat va oila” Toshkent, 1994 yil
SHoumarov G’.B.taxriri ostida “Oila psixologiyasi” Toshkent, 2000 yil