A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Oilaning tarbiyaviy funktsiyasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə15/34
tarix24.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#193230
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
53e1d82115c1c

Oilaning tarbiyaviy funktsiyasi
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo’lgan yana bir funktsiyasi tarbiyalash funktsiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, ahloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’ngi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Ota-ona-san'atkor, bola-san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'atning o’zidir.
Jamiyatning komil fuqarosini shakillantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funktsiyasi darajsiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma'lum bir siyosiy g’oyaviy dunyoqarash, axloqiy me'yorlar va hulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.
Oilaning kommunikativ funktsiyasi.
Oilaning kommunikativ funktsiyasi oila a'zolarining o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta'kidlanishicha, turli ijtimoiy fientatsiyalar, ustanovkalar, xissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma'naviy va psixologik salomatligi-oiladagi o’zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a'zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oliadagi axloqiy-psixologik iqlimga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Oilaning rekreativ funktsiyasi.
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o’z a'zolarining axloqiy-psixologik himoyalanishni ta'minlash, shuningdek bolalarga va mexnatga yaroqsizyoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko’rsatish kabilardan iborat bo’lib kelgan.Bu xolat o’z navbatida oilaning asosiy funktsiyalardan yana birini, uning reaktiv funktsiyasining tashkil qiladi. Oilaning rekreativ-o’zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustaxkamlash, oila a'zolari dam olishini tashkil etish funktsiyasidir.
Oilaning felitsitologik funktsiyasi.
Hozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funktsiyalardan biri felitsitologik funktsiyasidir (italyancha felitsite-baxt). Shaxsiy baxtga erishiga intilish oilaviy munosabatlar tizilishida ko’p jihatdan hal qiluvchi bo’lib bormoqda. Baxt nima o’zi? Hozirgi zamon oilasi o’z a'zolarining baxtini ta'minlashda qanday rol o’ynaydi? Baxtga intilish har bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila qurishga undaydi. Inson o’ziga ato etilgan baxtning to’rtdan uch qismni oiladan, choraktaga yetar-etmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini to’liq tushunishi-ularning o’zlarini baxtli xis qilishilarini ta'minlaydi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin