III. “TEXNIK YO`NALISHDAGI KOLEJLARDA O`QUVCHILARGA DETALLARNING
TEXNIK RASMINI VA ESKIZINI CHIZISHNI O`RGATISH” MA`VZUSI
BO`YICH USLUBIY MULOHAZALAR.
2.1.O`quvchilarni pеdagogik faoliyatga tayyorlashning pеdagogik nazariy
asoslari.
Hozirgi zamon ishlab chiqarish amaliy faoliyatida chizma bilan
ishlashning asosiy uch o'ynalishini ko'rsatish mumkin:
1. Tayyor chizma bo'yicha detallar, qismlar, mexanizmlar va inshootlarni
yasash yoki qurish. Bu holda chizma bilan ish ko'rish — tasvirni savodli o'qish
asosida buyumni yasash bilan chegaralanadi.
2. Narsaning o'ziga qarib buyumning chizmasini chizish.
Bu holda chizmaning proyeksion apparati, uning qonun-qoidalari
soddalashtirish asosida chizma ijrochisining fikri boshqa kishiga yetkaziladi.
3. Mavjud bo'lmagan detallar, konstruksiyalar, mexanizmlar, qismlar va
boshqalarning chizmalarini chizish, ya'ni o'zining xususiy texnik g'oyasini chizma
yordamida ifoda etish. Bu holda fazoviy tasawur va almashtirishlar asosida tayyor
namunalarsiz chizma ustida ishlash, ya'ni loyihalash ishlari bajariladi.
Chizmachilik kursidagi o'quv materiallarining mazmuni texnikani
o'rganishga, ishlab chiqarishda texnik obyektlar bilan chizma vositasida
muloqotda bo'lishga qaratilgan. Shuning uchun yangi dasturda ham, awalgidek,
loyihalash mazmunidagi grafik masalalarni bajarish saqlab qolindi.
Bunday mashqlar grafik faoliyatda o'quvchilardan fazoviy tasawurning
qo'zg'aluvchanligini rivojlangan mantiq va obrazli tafakkurni, boshqacha aytganda,
hozirgi zamon ishlab chiqarishi uchun zarur bo'lgan yaratuvchilik faoliyatiga xos
bo'lgan sifatlarni talab qiladi.
Loyihalash mazmunidagi grafik ishlarga quyidagi talablarni qo'yish
mumkin:
1. Amaldagi konstruksiyani soddalashtirish.
2. Materiallaming mustaqillik xususiyatlaridan to'liq foydalanish.
3. Buyumga ishlov berishda chiqindilarni kamaytirish maqsadida
detalning chizmaini ergonomik jihatdan to'g'ri tanlash hamda chiqindisiz
texnologiyani ishlab chiqish.
4. Pardozlash ishlarida qo'l mehnatini kamaytirish.
5. Materialni tejash.
6. Detallarning xizmat muddatini oshirish va boshqalar.
Qo'yilgan yuqoridagl talablardan chizmachilikda loyihalash elementili
topshiriqlar, konstruksiyalar, mosiamalar yasash degan fikrga kelmaslik kerak.
|