Kirish
Bugungi kunda Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha
saholarida, shu jumladan ta`lim sahosida ham tub o`zgarishlar amalga
oshirilmaqda.
“2013-yilda ta’lim-tarbiya sohasida islohotlarni yanada huqurlashtirish, ta’lim
standartlari va dasturlarini takomillashtirish, maktablar, litsey va kollejlar, oliy
o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash masalalariga
katta e’tibor berildi.
O‘tgan yili 28 ta yangi kasb-hunar kolleji qurildi, 381 ta umumta’lim maktabi,
oliy o‘quv yurtlari tizimidagi 45 ta ob’ekt, 131 ta kasb-hunar kolleji va litseylar
rekonstruksiya qilindi va kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 55 ta bolalar musiqa va
san’at maktabi, 112 ta bolalar sporti ob’ekti va 4 ta suzish havzasi foydalanishga
topshirilib, ularning barchasi zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlandi.
2013-yilda ta’lim-tarbiya tizimini isloh etish borasida amalga oshirilgan keng
ko‘lamli chora-tadbirlar haqida so‘z borar ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning
xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan ishlarni alohida qayd
etmoqchiman. Jahonda integratsiya jarayonlari kuchayib, kundalik hayotga
kompyuter texnologiyalari va Internet keng joriy etilayotgan bugungi sharoitda
chet tillarni puxta bilmasdan va egallamasdan turib kelajakni qurib bo‘lmasligini
barchamiz yaxshi anglab olmoqdamiz.
Shularni inobatga olib, biz o‘tgan o‘quv yilidan boshlab umumta’lim
maktablarining birinchi sinfidan chet tillarni o‘rgatishning uzluksiz tizimini joriy
etdik.
Barcha umumta’lim muassasalarida chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha 17
mingdan ortiq o‘quv xonalari tashkil etildi. 1-sinf o‘quvchilari uchun chet tillar
bo‘yicha multimedia varianti ilova qilingan, 538 mingdan ziyod rangli darslik chop
etildi. 2 ming nafarga yaqin chet tili o‘qituvchisi tayyorlandi va ularning umumiy
soni 26 ming kishiga yetdi.
Mamlakatimizning barcha mintaqalarida chet tillarni bir xil sharoitda o‘qitish,
qishloq joylarga yuqori malakali ingliz tili o‘qituvchilarini jalb etish maqsadida,
tarif stavkalariga 30 foiz qo‘shimcha haq belgilangan holda, ularni moddiy
rag‘batlantirish tizimi joriy etildi. Televideniyeda chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha
qiziqarli o‘yinlar dasturiga ega bo‘lgan maxsus bolalar ma’rifiy kanallari tashkil
qilindi.
1
Respublikamizda ta`lim sahosia,shu jumladan chizmachilikni o`qitish
sahosida kata natijalarga erishmoqda.
1
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-
yilda O`zbеkistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. “2012-yil vatanimiz taraqqIyotini yangi bosqichga
ko`taradigan yil bo`ladi!” 19.01.2012