A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə1/5
tarix21.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80039
  1   2   3   4   5
TOPSHIRIQ





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI

«JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI» FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: “Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi funksiyalari”

Bajaruvchi: 918-20 guruh talabasi Inomjonov Lazizbek

Ilmiy raxbar: Juraboyev.A

Jizzax- 2022 yil
Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………2-3


  1. Jismoniy madaniyat tarixi………………………………………………………4-10

  2. O’zbekistonda jismoniy madaniyatning rivojlanishi ……………………….10-19


  3. Jismoniy madaniyatning jamiyatdagi ahamiyati ……………………………19-25

Xulosa…………………………………………………………………………………26-27


Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………28
KIRISH
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish) umummadaniyatning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy-madaniyat hamda turmush sharoitida o‘ziga xos xususiyatga egadir. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport sohasida jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish oliy va o‘rta maxsus (olimpiya zahiralari kollejlari) o‘quv yurtlarida fan (predmet) sifatida o‘qitib kelinadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, davlat ta`lim standartlari, sog‘lom avlod davlat dasturi hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni amalga oshirishda mazkur fanning ahamiyati goyat kattadir.
Jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish fani mutaxassis kadrlar tayyorlash, aholining, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar va talabalarning nazariy bilimlarini boyitishda xizmat qiladi. Bunda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, pedagogika, tarix va boshqa fanlar, ayniqsa sport fanlari (ixtisoslik) bilan uzviy aloqada bo‘lib, ularning mazmuni, maqsadi va vazifalariga tayanadi. Shu asosda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni: - qadimgi ajdodlar va yaqin o‘tmishdagi xalqlarning jismoniy madaniyati bilan tanishtirish; - zamonaviy sport turlarining shakllanish tarixi, rivojlanish jarayonlari va umumxalq sport tadbirlarining tashkil etilishiga doir ma’lumotlar berish; - jahon xalqlari orasida mashhur bo‘lgan sport turlari va unga e’tibor beruvchi taraqqiy etgan mamlakatlarning faoliyatlarini bayon etish; - O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sportning rivojlanish tarixiy davrlari haqida tafsilotlar bildirish; - xalqaro sport va olimpiya harakati ning mazmunlari, maqsad va vazifalarini ochib berish; - mazkur fanni o‘rganish yo‘llari (metodlar) ni o‘rgatish; - buyuk kelajak sport taraqqiyoti haqida mulohazalar bildirish va hokazolar. Insoniyat tarixi olamida jismoniy madaniyat va sport eng muhim ijtimoiy-tarbiyaviy va madaniyat sifatida qo‘llanilib kelinganligi ilmiy-nazariy hamda pedagogik jihatdan isbot etilgan.
Jismoniy madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblangan jismoniy tarbiya va uning omillari (o‘yinlar, xilma-xil mashqlar, musobaqalar, sayohat, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi vositalari: suv, havo, quyosh, tozalik-gigiyena va hokazolar) eng qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy-turmush sharoitida maqsadli qo‘llanilib kelingan. Ular haqida “Avesto”, “Tomaris”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Qirq qiz” va boshqa juda ko‘p diniy, madaniy, badiiy asarlar, tarixiy manba’lar guvohlik beradi. Bu kabi manba’lar jahondagi deyarlik barcha mamlakatlarda ham uchraydi. Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlarini e’tirof etgan holda Yevropa va Osiyo qit’alaridagi bir qator ulug‘ allomalar fidoyilik bilan mehnat qilib, o‘zlarining ijodiy-ilmiy meroslarini qoldirishgan. Ular orasida sharqning buyuk olimlaridan biri Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” da ilmiy-amaliy jihatdan isbotlangan ba’zi (jismoniy) tarbiyasi eng ustuvor voqelikdir. Uning g‘oyalarini yuqori darajada baholagan hamda o‘zining jismoniy tarbiya ta’limi haqidagi nazariyasi bilan P.F.Lesgaft (Rossiya) jahondagi jismoniy madaniyat tarixidan munosib o‘rin egallagan. Ta’kidlash lozimki XIX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab jismoniy tarbiya sohasida anatomiya va fiziologiyadan xabardor bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim sobiq ittifoq davrida mukammal ishlab chiqildi va sport turlarining mohiyatlarini e’tiborga olgan holda kadrlar tayyorlashning yangi yo‘lyo‘riqlari hayotga tadbiq etildi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin