1. Jismoniy madaniyat tarixi. Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimlari xal etishga urinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni buzib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar. Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy mashqlar hayvonlarining o‘yinida kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin shaxsning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga o‘rinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘ya insonning turmush qiyinchiliqlaridan hayolat olamiga ketishiga o‘rinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi. Qator chet ellik tadqiqotchilar-Byuxer, Nering, Maksimov, Shternberg va boshqalar, hayvonlarning ko‘lga o‘rgatilishi va umuman, mehnat ibtidoiy o‘yin va raqslardan kelib chiqqan deb ta’kidlaganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra “o‘yin mehnatdan kattadir” yoki “ mehnat bu o‘yinni bolasidir” deganlar. Rus olimi G.V. Plexanov ibtidoiy o‘yinlar jismoniy mashqlar biologik faktorlardan emas, balki odamlarning mehnat foliyatidan kelib chiqqanligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ayrim kishi hayotida o‘yin mehnatdan oldin bo‘lsa ham, umuman, jamiyatda esa u faqat mehnatni aks ettiradi. U “mehnat o‘yinda kattadir”, “o‘yin bu mehnat bolasidir” – degan edi. Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi.1 Ishlab chiqarish foliyatida bu aslida tabiat ehson qilgan narsalarni yig‘ish davri edi. Yovvoiy hayvon ovi Xalq tasodifi harakterga ega edi. Bu davrda jismoniy madaniyatning biron nisbatni mustaqil elementlarining borligi haqida ishi ham bo‘lishi mumkin emas edi. Kishilar uchun kerakli jismoniy sifatlar, malaka va qobilyatlar ularning bevosita mehnat foliyati jarayonida xosil qilinar edi. Faqat yoshlar o‘sha vaqtlarda mavjud bo‘lgan oddiy mehnat qurollarini qanday yasash va ishlashni hamda yovvoyi hayvonlardan qanday saqlash kerakligini katta yoshdagi kishilardan ma’lum darajada o‘rganar edilar.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi keyinchalqk irg‘itiladigan turli qurollarning takomillashuviga olib keldi. Turli mustahkam va o‘tkir uchli еngil nayzalarning, so‘ngra esa o‘q va yoyning paydo bo‘lishi ovchiliq kishini ng asosiy kasbiga aylantirdi. Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqardi. O‘sha davrdagi kishilarning qazilmalar davrida topilgan manzilgoxlari odamning ancha yaxshiroq hayot kechira boshlaganidan va o‘z extiyojlarini qondirish uchun ancha katta imqonyatlarga ega bo‘lganidan dalolat beradi. Chunonchi, o‘sha davrdagi odamda yosh avlodning madaniyatlash imqoniyati tug‘ildi; Bunda jismoniy madaniyat asosiy rol o‘ynadi. Odamlarining bir yerga yig‘ilish va tasodifiy ov yo‘li bilan ovqat topish hamda birlashgan dastlabki jamoasi ham mustahkam ijtimoiy tuzum emas edi. Shuning uchun ham kishilar jamoasining boshlang‘ich, ijtimoiy shaklini “ijtimoiy poda” deb atalardi.
Xo‘jalikning idrok qilishining yangi shakllari paydo bo‘lishi bilan qiskiliq jamiyatini uyushtirish ishlari ancha mustahkamlana bordi. Onalik urug‘chiliq jamoasi paydo bo‘ldi, uning a’zolari birgalikda qilinadigan doimiy jamoa mehnat va qon-qarindoshlik bilan boshlangan edi. Jamoalarining paydo bo‘lishi va taraqqiyot etishi bilan asta-sekin madaniyat sohasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Endi odam o‘ziga doimiy turar joy quradi, kiyim-kechak paydo bo‘ladi, tasviriy san’at bunyod etiladi. Qo‘shiq, o‘yin va raqslar ijro etiladigan turli bayramlar keng tarqaldi. Jismoniy madaniyat elementlarining paydo bo‘lishi ham xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi. Bevosita mehnat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina musobaqa o‘yinlari mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va ulardan urug‘ jamoaning turli yoshdagi guruhlari foydalana boshlaydi. Mehnatning jins va yoshga qarab tibbiy ravishda bo‘linishi endigina tug‘ilib kelayotgan ibtidoiy jismoniy madaniyatda ham o‘z ifodasini topdi. Jismoniy madaniyatning yanada rivojlanishida ibtidoiy san’at ham katta rol o‘ynaydi. San’at kishilarning fikr va to‘yg‘ularini boyitdi, ularning ma’naviy dunyosini taqomilashtirdi. O‘yin va raqslarda taqdirlanadigan mehnat va mudofa harakteridagi ko‘pgina harakatlar endi bevosita mehnat predmetiga yo‘naltirilgan edi. Bu harakatlar jismoniy mashqlar sifatida nisbatan mustaqillik kasb etdi. Jismoniy mashqlarning musobaqa o‘yinlari shaklida vujidga kelishi ibtidoiy jamiyat kishini tarbiyalashda tubdan o‘zgarish yasadi. Odamlar hayotiga, ayniqsa mehnat foliyatiga tayyorlashining yangi vositasiga ega bo‘ladilar. Jahonga mashhur rus etnografi va sayohatchisi N. Mikluxa Maqlay, masalan, papuaslarning ota-onalari o‘z bolalarini mehnatga juda barvaqt o‘rgatganliklarini shu maqsadda o‘yinlaridan ham foydalanganlarini hikoya qiladi. “O‘g‘il bolalarning o‘yini” deb yozgan edi. Mikluxa-Maqlay – tayoqlarni nayzaga o‘xshatib irg‘itishdan, kamalak otishdan iborat edi; ular bu o‘yinlarda salgina yutuqqa erishishlari bilan ularni amaliyotga etadilar. Men soatlab dengiz bo‘yida, o‘tirib, yoy o‘qini biror baliqqa tegizishga harakat qilgan juda kichkina o‘g‘il bolalarni ko‘rganman. Qiz bolalar bilan ham huddi shunday hol yuz beradi, chunki ular ho‘jalik ishlari bilan juda erta shug‘ullana boshlaydilar va o‘z onalarning noibalariga aylanadilar. Quyidagi misol, fakt ham ibtidoiy musobaqa o‘yinlarining mehnatni ifodalab, qisklarni mehnatga tayyorlaydigan eng muhim vositalaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Etnogarflarning ta’kidlashicha, XIX asrning va 60-yillardayoq Avstraliyaning bir qancha qabilalarida ovga chiqish oldidan yirtqich hayvonning shaklini qumga chizib, o‘nga nayza otish rasm bo‘lgan; Bunda har bir ovchi o‘z nayzasini mumkin qadar aniqroq va kuchliroq otishiga harakat qilgan. Bu yerda mashq va musobaqaning ayrim elementlari qo‘shilgan. Shunday qilib, odamlar nayza otishni mashq qilish bilan o‘zlarining mehnat malakalari va mahoratlarini takomilashtirib borganlar. O‘sha vaqtda mehnat va o‘yin bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan va diniy aqidalar bilan bog‘langan. Kishilik o‘yinlari odamlarning dahshatli tabiat kuchlariga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Olimpiyada o‘yinlari qadimgi yunon jismoniy tarbiya taraqqiyotini harakterlovchi yorqin palla bo‘ladi. Bu o‘yinlar olimpiyada Zevs sharafiga o‘tqaziladigan bayramlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar bu bayramlarning boshlanishi millodan avvalgi 776 yilga to‘g‘ri keladi, deb ko‘rsatadi. Biroq ularning haqiqatda vudujga kelgan yilni ancha ilgari davrlarga bog‘lash lozim bo‘lsa kerak. Millodan avvalgi 776 yilni bu bayramni yunonlar bayrami sifatida tan olingan yil deb hisoblash lozim. Afsonada shu yili olimpiyada bayrami o‘tqazilishi ikki yunon davlati –Elida va Sparta davlatlari o‘rtasida tinchlik o‘rnatilish bilan bog‘lanadi. O‘yinlar o‘tqaziladigan vaqtda butun Gresiya bo‘ylab muqaddas tinchlik e’lon qilinadi. Olimpiya bayrami o‘yinlari dastlab bir kun o‘tqazilar edi. Millodan avvalgi V asrga kelib, bu bayramlar 5 kun davom etadigan katta tantanaga aylanib ketdi. Bu bayram vujudga kelgan paytda diniy bayram edi, lekin uning asosiy mazmunini atletika musobaqalari tashkil etar edi. Olimpiyada musobaqalarining eng qadimgi turi 1- bosqichga (qariyib 192m) yugurishdan iborat edi. 14-o‘yinlardan boshlab, musobaqa dasturiga 2-bosqich chopish, 15 olimpiyada o‘yinlaridan boshlab chidamligini sinash uchun yugurish kiritiladi. 18- o‘yinlardan boshlab, musobaqa besh kurash musobaqasi bilan to‘ldirilib, bu musobaqa keyinchalqk bayramning markaziy qismi bo‘lib qoldi. Bu vaqtlarda musobaqalar dasturiga kurash kiritilgan edi. Birmuncha keyinroq mushtlashish, qo‘sh g‘ildiraqli aravada yurish va pankration (mushlashish bilan kurashning birlashuvi) qo‘shildi. Grajdan (fuqaro) huquqlaridan faqat erkin yunonlar-quldorlar foydalana olgan harbiy-quldorlik davlatlarining xususiyatlariga asoslanib, olimpiya o‘yinlariga faqat erkin bo‘lib tug‘ilgan grajdanlargina (fuqarolargina) qatnashtirar edilar. Qullar va var-varlar (boshqa yurt odamlari) ning o‘yinlarida qatnashuvi qa’tiyan man etilar edi. Olimpiya qoidalari xotin-qizlarning ham olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘ymas edi. Buning ustiga xotinlarning hatto musobaqalarini tomosha qilishlari ham man etilar edi. Dastlabki vaqtda o‘yinlarda harbiy majburiyatlarini o‘tagan katta yoshdagicha yunonlargina qatnashar edi. 37-o‘yinlardan boshlab o‘yinlarda bolalar qatnasha boshladilar. Bolalarning chiqishlari uchun bayram paytlarida alohida kun ajratilar edi. O‘yinlarga ellan odillar (hakamlar) rahbarlik qilar edi; ular Elida fuqoralari orasida o‘yinlar boshlanishidan bir yil oldin chek tashlash asosida (9 qiskida 19 k ishiga cha) saylanar edilar.
Ellanodiklarning vazifasi musobaqalar joyini tayyorlashdan, musobaqa qatnashuvchilarini tanlashdan, musobaqalarning borishini ko‘zatib turishidan va nihoyat musobaqalarda g‘olib chiqqanlarga mukofotlar berishdan iborat bo‘lgan. Asosiy mukofot-muqaddas zaytun daraxti novdasidan qilingan gulchambar, beshkurash musobaqasida g‘olib kelgan kishiga berilar edi. Ko‘pincha navbatdagi o‘yinlargacha bo‘lgan turt yiliq davr ana shu g‘olibning nomi bilan atalar edi. Yilning birinchi ko‘z oyida olimpiyadada Zevs Gere xudosini xotiniga bag‘ishlangan, Geriada musobaqasi o‘tqazildi. Bu musobaqa Olimpiya miqyosida va ulug‘vorligi bo‘yicha bir mo‘ncha past keladi. Geriadada o‘tqaziladigan musobaqalarda asosan Sparta va qo‘shnilar bilan olimpiyada shaharlarini qizlari qatnashdilar. G‘oliblar zayto‘n daraxti novdasidan qilingan gulchambar bilan mukofotlanganlar va o‘zlarini sqo‘luptorli tasvirlarini ibodatxonaga qo‘yish xuquqiga ega bo‘ladilar. Sitsiliylik tarixchi Tiliy millodan avvalgi III asrda olimpiyada bo‘yicha umumiy Gresiya hisobini joriy qildi.
Dostları ilə paylaş: |