Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2023-yil Z2-sentabrdagi£J£sonli buyrug'iga
ilova
"O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan maqsadlarning
samaradorlik ko'rsatkichlariga erishish bo'yicha
NAZORAT REJA
1. HAR BIR INSONGA O'Z SALOHIYATINI RO'YOBGA CHIQARISHI UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH
1.1. Ta'lim tizimi islohotlari
1.
6.
Professional ta'lim tizimini rivojlantirish orqali o'quvchilarni zamonaviy bilim va ko'nikmalarga o'rgatish.
700 ta professional ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish.
K.Karimov, O'.Xidirov, U.Alijonov
14 ta hududiy professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish, malaka toifasiga ega bo'lgan pedagog kadrlar ulushini 50 foizga, masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushini 30 foizga yetkazish.
K.Karimov, Z.Xudoyberdiyev
O'rta bo'g'in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo'nalishlarida 100 foizga yetkazish.
K.Karimov, O'.Alijonov
2.
7.
Oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish.
Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish.
K.Karimov, A.Xoliqov
Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarini oliy ma'lumotli pedagog kadrlar bilan to'liq ta'minlash.
30 ta oliy ta'lim muassasasining ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish.
K.Karimov, Sh.Nematov
"Top-500"ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo'shma ta'lim dasturi asosida "ikki diplomli tizim"ni joriy etish.
«.Karimov, A.Xoliqov, F.Xodjayeva
10 ta oliy ta'lim muassasasini dunyoning eng nufuzli "Top- 1 000" oliy ta'lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish.
K.Karimov, Sh.Ne'matov
Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish.
Iqtisodiyotning eng tez o'sib borayotgan yo'nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, "korxona - oliygoh - ilmiy tashkilot" klaster tizimini joriy etish.
Amaliy tadqiqotlarga Davlat byudjetidan 4 trillion so'm mablag' yo'naltirish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining "drayver" yo'nalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish.
Sh.Turdikulova, O.To'ychiyev
Amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratish.
Transport va logistika, qishloq xo'jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo'nalishlarida 8 ta ilmiy ishlabchiqarish klasterini tashkil etish.
Sh.Turdikulova, Sh.Otajonov
6.
11.
Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo'llab-
40 yoshgacha bo'lgan tadqiqotchilarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqini o'rtacha 2 barobarga oshirish.
Sh.Turdikulova, O.To'ychiyev
Ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo'yicha yillik tanlovlar sonini 20 taga yetkazish.
Sh.Turdikulova, O.To'ychiyev
quvvatlash.
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini 5 200 taga yetkazish.
Sh.Turdikulova, O.To'ychiyev
7.
12.
Barcha yo'nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo'llab- quvvatlash.
Har bir million aholiga to'g'ri keladigan tadqiqotchilar sonini 2 ming nafarga yetkazish.
Sh.Turdikulova, O.To'ychiyev
Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish.
Sh.Turdikulova, O.To'ychiyev
1.2. Aholi salomatligini ta'minlash bo'yicha islohotlar
8.
20.
Aholi orasida to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzini shaklla nt iri sh.
Ta'lim va tibbiyot muassasalariga tarkibida transyog', tuz va shakar miqdori ko'p bo'lgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash, sotilishini 100 foiz cheklash.
Sh.Turdikulova, O.To'ychiyev
1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha islohotlar
9.
25.
Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash.
Gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini 30foizga oshirish.
Sh.Ergashev, Sh.Xamidov
10.
29.
Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-
2 million nafar fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik ko'nikmalari va xorijiy tillarga o'qitish.
K.Karimov, U.Alijonov
hunarga o'qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo'yicha kasbiy ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.
Kasbga o'qitish markazlarining 1,6 ming nafar o'qituvchilarini xalqaro standartlar asosida malakasini oshirish.
K.Karimov, Sh.Ne'matov
Kasb-hunarga o'qitishda xususiy sektor ulushini 30 foizga yetkazish.
K.Karimov, U.Alijonov
1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo'nalishlaridagi islohotlar.
11.
30.
Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o'qitish tizimini yaratish.
Yoshlarning zamonaviy kasblar bilan mashg'ul bo'lishini ta'minlash uchun har bir viloyatda 1 tadan "Kreativ park"lar faoliyatini tashkil etish, ularga yiliga kamida 40 ming nafar yoshlarni jalb qilish.
Maktab bitiruvchilari kamida 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb egallashini ta'minlash.
K.Karimov, U.Alijonov
12.
31.
Yoshlarning intel lektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag'batlantirish.
Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o'yinlar hamda chet tillarini o'rganishga jalb etish orqali kamida 2 million nafar yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.