A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

11.2.O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
investitsiya muhitining roli
128


Kichik biznes iqtisodiyotning shunday sektoridirki, u investitsiya muhitida yuz
berayotgan deyarli barcha o’zgarishlarga moslashadi. Kichik biznes nuqtai nazaridan
investitsiya muhitining jozibadorlik darajasini aniqlash uchun butun mamlakat va
mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni ko’rsatuvchi omillar, iqtisodiyotning bu
tarmog’iga investitsiyalar kiritish qonunlar va infratuzilmalar bilan qanchalik
ta’minlanganligi, mintaqada bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi, malakali
ishchi kuchining mavjudligi, shuningdek, mana shu va boshqa omillar bilan bog’liq
xatarlar bor yoki yo’qligi g’oyat muhimdir.
Hozirgi davrda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining
jadal
rivojlanishiga
unga
xizmat
ko’rsatuvchi
infratuzilma
muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi
sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda (11.2.1-jadval).
11.2.1-jadval.
O’zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud
infratuzilma ob’ektlari
(2010 yil 1 yanvar holatiga, birlikda)
Infratuzilma ob’ekti nomi
Soni
Tijorat banklari filiallari
1042
Minibanklar
2318
Axborot-maslahat markazlari
262
Konsalting markazlari
327
Auditor firmalari
113
O’quv markazlari
917
Baholash kompaniyalari
138
Tovar xom ashyo birjasining savdo maydonchalari
204
Mikrokredit tashkilotlari
32
Kredit uyushmalari
103
Biznes-inkubatorlar
34
Sug’urta tashkilotlari
32
Brokerlik idoralari
1424
Jadvaldan ko’rinadiki, bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes sohasiga
o’ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzilma muassasalari xizmat ko’rsatib,
faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.
Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining
mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va
farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo’lib bormoqda
(11.2.2-jadval).

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin