A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

11.2.2-jadval.
2009 yilda O’zbekistonda yaratilgan ish o’rinlari
129


Ko’rsatkich
Soni, nafar
2009 yilda yaratiladigan jami yangi ish o’rinlari
940532
O’tgan yilga nisbatan, foizda
142,3
Shundan quyidagi asosiy yo’nalishlarda yaratilgan ish o’rinlari:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida
391809
o’tgan yilga nisbatan, foizda
104,7
Uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish, jami
196745
Shu jumladan, korxonalar bilan kooperatsiyada (mehnat shartnomasi
asosida)
77466
Yangi ob’ektlarni ishga tushirish, mavjud ishlab chiqrishlarni qayta qurish
va kengaytirish
70587
Ish joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari (Inqirozga qarshi
dastur va boshqa qo’shimcha choralar)
281391
Jadvaldan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2009 yilda yaratilgan jami 940,5
mingdan ortiq yangi ish o’rinlarining 391,8 mingtasi (41,7 foizi) kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasiga to’g’ri kelmoqda. Bu o’tgan yildagiga nisbatan 4,7
foizga ko’proq demakdir. Jami yangi ish o’rinlarining deyarli 21 foizi turli
shakllardagi uy mehnatini yo’lga qo’yish, 7,5 foizi yangi ob’ektlarni ishga tushirish,
mavjud ishlab chiqarishlarni qayta qurish va kengaytirish, deyarli 30 foizi ish
joylarini ko’paytirishning qo’shimcha chora-tadbirlari amalga oshirish hisobiga
tashkil etilgan. Buning natijasida, kichik tadbirkorlikda band bo’lganlarning jami
iqtisodiyotdagi band bo’lganlarga nisbatan ulushi 2008 yilda 73,1 foizni tashkil etgan
bo’lsa, 2009 yilga kelib 74,2 foizga etdi.
Bundan
ko’rinadiki,
jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
sharoitida
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy
o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va
farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda.
Xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy
omillar qoida tariqasida, investitsiyalar jalb etish jarayoniga ta’siri jihatidan ustunlik
qiladi. Investitsiyaviy muhit tahlilini tarmoqlar bo’yicha olib borish zarurligini
ko’rsatib o’tish kerak. Chunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli tarmoqlar uchun
o’ziga xos jihatlarga ega. Ba’zi hollarda bir tarmoqda ijobiy rol o’ynashi mumkin
bo’lgan omillar boshqa tarmoq uchun salbiy bo’ladi yoki agar muayyan tarmoq
uchun biron-bir ko’rsatkich etarli darajada namoyon bo’lsa, shu ko’rsatkpchning o’zi
boshqa tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun mutlaqo kam bo’lishi mumkin.
O’zbekistonda kichik tadbirkorlik uchun tarmoqlar bo’yicha investitsiya muhiti
alohida qiziqish tug’diradi. Kichik biznes uchun o’ziga xos ba’zi ko’rsatkichlar
sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
- kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi va
infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy ko’rsatkichi;
- egallab turgan bozor sektorlari bo’yicha (masalan, xizmatlar yoki savdo
sohasida) raqobatlashuvchi yirik firmalarning mavjudligi va rivojlanish darajasi;
- mahalliy bank tizimining rivojlanish darajasi va boshqa omillar.
Kichik korxonalar o’zlariga xos xususiyatlar tufayli investitsiya resurslarini jalb
130


etish uchun xizmat qiladigan ko’p sonli manbalarning ayrimlaridangina foydalana
oladilar. Masalan, shuni qayd etish kerakki, kichik tadbirkorlikdagi ichki moliyalash
manbalari tadbirkor o’zini o’zi investitsiyalashi uchun beradigan imkoniyatlar yirik
firmalarning imkoniyatlari darajasida emas. Shunga qaramay, bu manbalardan kichik
tadbirkorlikda foydalanish sezilarli samara berishga qodir bo’lib, jalb etish
samaradorligi jihatidan bir qancha afzalliklarga ega. Shunday qilib, investitsiya
resurslarini shakllantirishning qulay manbalari sonini ko’paytirish hamda mavjud
manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish hozirgi vaqtda, birinchi navbatda,
kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tuzilmalarining muhim
vazifasi bo’lib qolmoqda.
Kichik korxonaning muhim xususiyati shuki, u moddiy shaklda oladigan
resurslardan yirik firmalarga qaraganda ancha samarali va moliyaviy resurslarga
qaraganda nisbatan samaraliroq foydalanish xususiyatiga ega. Ushbu xususiyatga
sabab shuki, eng avvalo, kichik korxonani boshqarish tuzilmasi, odatda unchalik
konservativ bo’lmaydi. Bu esa moliyaviy mablag’lardan foydalanish uchun salbiy
omil, buyum holidagi investitsiyalar uchun esa ijobiy omildir. Moliyaviy
investitsiyalarni qidirib topish, jalb etish va ishlab chiqarishga kiritish jarayoni
hamma vaqt ancha rasmiylashgan va me’yoriy hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan
bo’ladi. Qoida tariqasida yuqori darajali professional moliyachilarga ega bo’lmagan
kichik korxona uchun esa bu operatsiya qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Shu
sababli kichik korxonalar moddiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini
kengaytirishdan manfaatdor. Intellektual resurslar (texnologiyalar, "nou-xau", savdo
markalari va boshqalar) bundan mustasno, lekin bu sohada ham kichik korxona
nazarida tayyor mahsulotni sotib olishi uchun mablag’ etarli emas, balki
investitsiyalar sifatida shu tayyor mahsulotning o’zini olish ma’qulroq.
Bozor islohotlarini amalga oshirayotgan bir qator mamlakatlarda moddiy
investitsiyalarni jalb etishning turli shakllari orasida lizing, franchayzing va tolingdan
juda faol foydalanilmoqda. Buning ustiga, kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlash organlarining mavjud va ishlab chiqilayotgan dasturiy hamda
me’yoriy hujjatlarida mazkur shakllarga katta o’rin berilmoqda. Moddiy
investitsiyalashning turli shakllaridan foydalanish samarasi ko’p jihatdan bunday
operatsiyalarda vujudga keladigan munosabatni tartibga soladigan maxsus me’yoriy
bazaning rivojlanish darajasi, tegishli bozor infratuzilmasining rivojlanganligi bilan
belgilanadi.
Xususiy tadbirkorlikni va bu sohaga investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan davlat siyosatini amalga oshirish
institutsiyaviy va huquqiy tizimni doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Bu
tizimning samarali ishlashi uning barcha unsurlari bir-birining vazifasini juda kam
takrorlagan holda doimiy ravishda o’zaro aloqada bo’lishini hamda faoliyatlari
muvofiqlashtirilishini taqozo etadi. 2000 yilda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to’g’risida"gi Qonun kichik biznesni tartibga solishning
huquqiy asoslarini rivojlantirish sohasida davlat faoliyati takomillashuviga olib keldi.
Shu bilan birga, aytish kerakki, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida kichik
tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash rag’batlantiradigan, tanlab
qo’llaniladigan bozor mexanizmlarida muvozanat buzilishiga olib kelmaydigan
131


bo’lishi kerak.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin