A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


 Kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini xorijiy kredit



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

11.4. Kichik biznes sub’ektlarining investitsion loyihalarini xorijiy kredit
liniyalari hisobidan moliyalashtirish
Mamlakatimizda
amalgan
oshirilayotgan
izchil
islohotlarining
ustivor
yo’nalishlaridan biri – bu kichik biznes xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdir.
Xalqaro andozalar talablariga mos ravishda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun
kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish uchun kichik biznes sub’ektlariga rivojlangan xorij davlatlarining ishlab
chiqarish texnologiyalari zarur bo’ladi, lekin bunday ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish istagi bo’lgan kichik biznes subektlarining barchasi ham o’z mablag’lari
hisobidan bu ishni amalga oshira olmaydi. Bunda kichik biznes subektlarining yaxshi
investitsion loyihalari xorijiy kredit liniyalari va 6anklar mablag’lari hisobidan
moliyalashtiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlashda
xorijiy kredit liniyalari mablag’larini banklar orqali real sektorga jalb qilish hisobiga
kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ular
negizida moliyaviy jihatidan baquvvat ko’p tarmoqli yiroik ishlab chiqarish
korxonalari shakllanishi ko’zda tutiladi.
Xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar tadbirkorlik sub’ektlariga eksportga
mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ya’ni qishloq xo’jaligi
mahsulotlari va boshqa milliy xom-ashyo resurslarini qayta ishlashni mashinasozlik
va elektron sanoati uchun detallar va uzellar hamda kundalik ehtiyoji halq iste’moli
tovarlarini nazarda tutadigan investitsion loyihalarga o’rta va uzoq muddatga beriladi.
Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki “Agrobank”,
“O’zsanotqurilishbank”, “Asakabank”, “Ipoteka bank”, “Ipak Yo’li banki”, va
“Xamkorbank” tomonida kichik va o’rta biznes sub’ektlarining investitsin loyihalarni
moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari jalb qilingan.
Shu sohada erishilayotgan yutuqlariizdan tashqari ayrim muammolarga ham
duch kelinmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan texnik iqtisodiy asosnoma (TIA)
larning yaxshi ishlanmaganligi xorijiy kredit liniyalari o’zlashtirilishining
kechikishiga asosiy sabab bo’lmoqda. Aksariyat hollarda taqdim etilgan TIA larda
sotib olinadigan xom-ashyolar narhlarining kamaytirilib ko’rstilishi sotib olinadigan
texnologik uskunalar hamda sotiladigan mahsulotlar narxlarining real narxlarga
nisbatan oshirib ko’rsatilishi TIA larning qayta tayyorlashiga va tadbirkorlikning
ortiqcha vaqt sarflab ovora bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
Chet el kreditlari o’z vaqtida o’zlashtirilmasligining yana bir sababi kredit
berilishida asosiy shartlardan biri bo’lgan kredit ta’minotining etishmasligidir.
Investitsion loyihalari ma’qullagan tadbirkorlik sub’ektlarining 40-50 foizi
belgilangan miqdordagi yoki likvidli ta’minot taqdim etilmaganligi sababli
moliyalashtirish kechikmoqda.
Xozirgi kunda ushbu muammolarning echimini topishga ayrim omillar ya’ni:
-
ko’chmas mulk bozorining (ishlab chiqarish tavsifidagi) rivojlanmaganligi;
135


-
qimmatli qog’ozlar bozorining etarli rivojlanmaganligi;
-
kafil bo’la oladigan moliyaviy barqaror korxonalarning kamligi salbiy ta’sir
ko’rsatmoqda.
Kichik biznes sub’ektlarining kredit olishda ta’minotining etishmasligi
muammosi faqat bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlarda emas balki rivojlangan
AQSh, Yaponiya va Evropa davlatlarida ham mavjud. Ushbu davlatlarda bu muammo
Davlat kafolat fondi orqali tijorat banklari kreditlarining 50-80 foizgacha miqdordagi
kafillik berish orqali o’z echimini topadi. Ushbu muammoning dolzarbligini inobatga
olib kredit berilishida ta’minotning etishmasligi muammosini hal etish maqsadida,
kichik va xususiy tadbirokrlikni rivolantirishni rag’batlantirish bo’yicha Respublika
muvaffaqlashtiruvchi kengashning 2003 yil 25 iyundagi yig’ilishida moliya vazirligi
va boshqa mutasaddi vazirliklarga kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat
fondini tuzish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Davlat kafolat fondini tashkil etishdan asosiy maqsad, kredit olishda ta’minoti
bo’lmagan yoki qisman bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlariga kafolat beradigan
moliyaviy institutni vujudga keltirishdir.
Ushbu fond bank depozitiga qo’yiladigan kafolat kapitaliga ega bo’lib, qarzdor
kredit bo’yicha to’lovlarni amalga oshirishga noqobil bo’lib qolgan taqdirda, uni
to’lash manbasi bo’lib xizmat qiladi. Jamg’arma tomonidan kafolat bo’yicha
majburiyatlar bajarilgandan keyin, unga qarzdordan kafolat bo’yicha bankka
to’langan summani olish huquqi o’tadi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining kafolat fondiga yoki fond bilan xamkorlik
qilayotgan bankka taqdim qilgan arizasi unga kafolat berishga asos bo’lib xizmat
qiladi. Kafolatlar faqatgina asosiy qarz bo’yicha va to’lov asosida beriladi. Tashkil
etiladigan fond, bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat hududlari va tarmoqlarida
kapital qo’yilmalarini taqsimlaydigan instrument bo’lib xizmat qiladi. Fond ushbu
vazifani milliy iqtisodiyot yoki ma’lum bir xudud rivojlanishi dasturi va
kontsetsiyasiga mos tushadigan investitsiyalarning qaytishi uchun kafolat berish yo’li
bilan bajaradi. Davlat kafolatlari odatda, investorlar tomonidan har tomonlama
ishonchli vosita sifatida tan olinadi. Fond tomonidan 100 foizli kafolatlarning taqdim
qilinishi mumkin emas. Sababi, bunday holat qarzdorlar faoliyatining noratsional
qilib qo’yadi, ya’ni kreditorlar tavakkalchilikni jiddiy tahlil qilmasligi va
investitsiyaning o’zini oqlash darajasini xisobga olmasligi mumkin. Shuning uchun
qarz oluvchi to’lovga qobiliyatsiz bo’lib qolganda fond tomonidan investitsiyaning
o’rtacha 50 foizidan oshmagan miqdorda kafolat berish tartibini o’rnatish maqsadida
muvoffaq bo’ladi. Milliy iqtisod manfaatlari nuqtai nazaridan muhimroq xisoblangan
investitsiyalar uchun mazkur me’yor oshirilishi, muhimlik darajasi pastroq bo’lgan
loyihalar uchun kamaytirilishi mumkin.
Kreditlarii kafolatlash nafaqat qarzdorni turli moliyaviy yo’qotishlardan himoya
qiladi, u hattoki butun tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining muhim instrumenti
sifatida ham xizmat qiladi. Chunki, davlat kafolat jarayonida ishtirok etib kreditorlar
bilan birgalikda tavakkalchilikni o’zaro o’rtada taqsimlagan holda kredit
mablag’larini jalb qilishni tezlashtiradi.
Xorijda kafolatlash tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning eng ommaviy
shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi va davlat kafolat fondlarining asosiy ta’sischisi
136


sifatida qatnashadi.
Hozirgi kunda AQSh Kichik biznes Administratsiyasi (The Small Business
Administration), Kanada kichik biznes kreditlari to’g’risidagi qonuni tizimi (SBLA),
Buyuk Britaniyadagi Kredit kafolati tizimi (LGS) faoliyat yuritishmokda. Kafolatlash
tizimi 1994 yildan boshlab Germaniya, Belgiya, Ispaniya, Frantsiya va Italiya
davlatlarida ham o’z faoliyatini amalga oshira boshladi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi
mamlakatlarda, xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Indoneziya
davlatlarida mazkur amaliyot 30 yiddan ortiq davr mobaynida faoliyat ko’rsatib
kelmokda. Misol uchun, Yaponiyada mazkur tizim 1947 yildan, Janubiy Koreyada
1971 yildan, Malayziyada 1971 yildan va Indoneziyada 1972 yildan boshlab davlat
kafolat tizimi amal qila boshlagan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash Davlat kafolat fondining boshlang’ich
mablag’ini esa quyidagi mablag’lar, ya’ni:
- davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumlar;
- davlatning boshqa likvidli aktivlari (aktsiyadorlik jamiyatlaridagi davlat
aktsiyalari);
- jamg’arma faoliyatining daromadlari;
- homiylik ajratmalari hisobiga shakllantirish mumkin.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, kichik biznes sub’ektlariga
kreditlar berilishida ta’minotning etishmaslik muammosini hal etish maqsadida
kichik biznesni qo’llab quvvatlash Davlat kafolat fondini tuzish maqsadga
muvofiqdir
Bu esa mamlakatimizga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar miqdorining
ortishiga va ularning o’zlashtirilishining tezlashishiga olib keladi. Natijada
banklarimiz bilan xorijiy kredit muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalari
yanada samarali bo’ladi hamda mahalliy xom ashyolar negizida ishlab
chiqarilayotgan import o’rnini bosuvchi, eksportga yo’naltirilgan tovarlar hajmi
ortadi va ko’plab yangi ishchi o’rinlari yaratiladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin