A sh. Sheraliyev, U. X. Rahim ov


Turli kartoshka navlarining



Yüklə 233,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/93
tarix19.12.2023
ölçüsü233,51 Kb.
#186949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Sheraliyev A.Sh. O`simliklar immuniteti

Turli kartoshka navlarining
keksa barglarini fitoftorioz kasalligi bilan
zararlanishi.
O stb o te
K u ry e r
Faol (aktiv) im m u­
nitetd a o ‘sim lik pa- 
togenning kirib kelish- 
iga tezda javob beradi. 
Natijada shu kasallikka 
n isb a ta n o ‘sim lik d a 
qarshi kurash uchun 
xususiyat paydo bo‘ladi 
va uzoq vaqt saqlanib 
turadi. 0 ‘sim liklarda 
infeksiya kirib kelgan 
joyda nekroz yoki o ‘lik 
h u jay ralard an ib o rat 
to ‘siqlar hosil b o‘lishi
11


tamakining virus kasalliklari, kartoshkaning rak kasalliklarida 
kuzatiladi. Seleksiya ishlarida yangi navlar yaratilganda 
o ‘simliklarning faol im m unitet xususiyatini hosil qilish muhim 
iqtisodiy samara beradi.
Faol im m unitet omillariga o ‘simlikning tezkorlik bilan se- 
zish reaksiyasi, yoki himoya nekrozlarini hosil qilishi, parazit 
va xo‘jayin o ‘simlik bir biriga ta ’sir qilganda fitoalaksinlar (piza- 
tin, fazeollin, trifolirizin, rishitin, lyubimin) hosil qilish
o ‘simlik ferment tizimining tezlashishi, fagotsitoz hodisalari 
sabab bo'ladi. K o‘rsatilgan om illar o ‘simlik ichida patogen 
parazitlik bilan hayot kechirib uni zararlaganda namoyon bo iib , 
o ‘simlikning javob reaksiyasi hisoblanadi. Natijada patogenning 
rivojlanishi sekinlashib, tarqalishi chegaralanadi, yoki patogen­
ning rivojlanishdan to ‘xtashi ham da uning halok b o ‘lishi nati- 
jasida o ‘simlikning sog‘ayib ketishiga olib keladi.
0 ‘simliklarning immunitet xususiyatlari, ya’ni, biror kasallik 
bilan kasallanmaslik xususiyati nasldan naslga o ‘tadi. Bunday 
immunitetga tabiiy yoki tug‘ma immunitet deyiladi. Tabiiy im ­
munitet ekologik omillar ta ’sirida qisman o‘zgarsa-da, u saqlanib 
nasldan naslga o ‘tadi.
Hayoti davomida, ya’ni, ontogenezda o ‘simliklarning ayrim 
kasalliklar bilan kasallanmaslik xususiyati ayrim omillar ta ’sirida 
vujudga kelishi m um kin. Bunday im m unitetga orttirilgan yoki 
su n ’iy im m unitet deyiladi. Tibbiyotda im m unitet insonlarni 
poliem ielit, chechak, quturish, terlam a kasalliklariga qarshi 
emlash orqali amalga oshiriladi.
Barcha tirik organizmlar o ‘z tanasiga tushgan yot organizm- 
Iar bilan ikki xil usulda kurashadi. Birinchi usul im m uno- 
kimyoviy, ikkinchi usul fagotsitoz jarayoni asosida ro‘y beradi. 
Birinchi usulda qonning tarkibida himoya moddalari agglyuti- 
nin, lizinlar hosil qilish amalga oshadi. Ikkinchi usulda orga- 
nizmdagi maxsus hujayralar hosil qilgan ferm entlar ta ’sirida 
yod organizm lar hujayrasi eritib yuboriladi. Bu jarayon fa­
g o tsito z d e y ila d i. H a y v o n la rn in g fa g o tsita r n a z a riy a si
l.I.M echnikov tom onidan yaratilgan.
0 ‘simliklarda yuqorida ko‘rsatilgan hujayralar bo‘lmasa-da.
12


ularning rizosferasidagi hujayra sitoplazmasida parazitni rivojla- 
nishini to ‘xtatib qo'yadigan, zaiflashtiradigan, yoki nobud qi- 
ladigan reaksiya vujudga keladi. Bunday jarayon ekotrof va en- 
dotrof mikorizalarda kuzatiladi. Masalan 
F.oxysporium
zamburug‘i 
ikki pallali 
0
‘simliklar ildizida endotrof mikoriza hosil qiladi.
0 ‘simliklarning faol va sust im m unitet xususiyati irsiy belgi 
hisoblanib nasldan naslga o ‘tganligidan ulardan seleksiya ishlar- 
ida foydalaniladi.
Fitoim munitet to ‘g‘risidagi tasaw urlar dastlab hayvonlar 
immuniteti to 'g ‘risidagi m a’lumotlarga suyanadi. Bu to ‘g‘rida
l.I.M echnikov (1845-1916) infeksion kasalliklarga qarshi hay­
vonlar organizmining kurashishi im m unitet xususiyati bilan 
bog‘liq deydi. 0 ‘simliklar immuniteti fani XIX asr oxiri XX 
asr boshlarida paydo bo‘lgan. Bu masalaning rivojlanishi madaniy 
ekinlar orasida kasalliklarga chidamli navlar yaratila boshlagan- 
dan keyin yanada kuchaydi.
N.I.Vavilov (1887-1943) ning fikricha 
0
‘simliklarning im­
munitet xususiyatlari geografik m intaqalar bilan bog‘liq. U har 
bir ekologo-geografik mintaqada kasalliklarga chidamli yoki 
chidamsiz navlar tarqalganligini isbotlagan. 0 ‘rta dengiz atrofidagi 
ekologik sharoitda bug‘doy, suli, arpa, beda, dukkakli ekin- 
larning zang, qorakuya kasalliklariga chidamli navlari uchrasa, 
Markaziy Osiyoda chidamsiz navlar, Markaziy Yevropada o‘rtacha 
chidamli navlar uchrashini ham ta ’kidlagan.
T.D.Straxov (1890-1960) 
0
‘simliklarning oziqlanish usul- 
larini nazorat qilish asosida, ularning kasallikka chidamiiligini 
yoki beriluvchanligini orttirish mumkinligini aytgan. 0 ‘simlikka 
makro va m ikroo‘g‘itlarni qo‘llash ta ’sirida uning m odda al- 
mashinish xususiyatlari tezlashib, patogenning rivojlanish xu­
susiyatlari to ‘sib q o ‘yilishini isbotlagan.
D.D.Verderevskiy va B.P.Tokin o ‘simlikning fitonsidlari 
kasallikning tarqalishida muhim ahamiyatga ega ekanligini asos- 
laganlar. Sarimsoq piyoz, yalpiz, piyoz fitonsidlari odam lar- 
dagi bakterial kasalliklarni to ‘xtatishini isbotladi.
M .S.Dudin (1946) ilk bor immunogenez nazariyasini amali- 
yotga kiritgan. Uning fikricha, kasalliklar o ‘simlikni rivojla-
13


nishining turli bosqichlarida kasallantira oladi. Masalan: urug‘ 
unish davrida uchraydigan g‘o ‘zaning gommoz, bug‘doyning 
qorakuya, un-shudring kasalliklari o ‘simlikning eng yosh dav­
rida kasallantiradi.
Ikkinchi guruh kasalliklar o ‘simlikni xususiy rivojlanishi- 
ning keksa bosqichida kasallantiradi. Masalan, kartoshkaning 
fitoftorioz, lavlagining serkasporioz, bedaning antraknoz, po- 
m idom ing septarioz kasalliklari (1-rasm).
Uchinchi guruh kasalliklar o‘simlik yoshini hisobga olmaydi va 
kasallantiradi. Bu kasalliklar tarqalish vaqtini aniqlagandan keyin, 
ular infeksiyasiga qarshi kurash choralarini o ‘z vaqtida o ‘tkazish 
kerak.
Respublikamizda uzoq formalami chatishtirish usulidan foy- 
dalanib, g ‘o ‘zaning viltga chidam li navlarini yaratish borasida 
ishlar olib borilm oqda va samarali natijalarga erishihnoqda.

Yüklə 233,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin