“....vordam berish maqsadida”,
qabul ailishinsizni so‘rayman” kabi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq rarvishda, ularda so‘roq va
undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
Zero, hujjatlarda tilining ikki vazifasi - xabar berish va buyurish vazifalari
amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda
buyurish aks etadi, bayonnomada esa ham axborot (“e s h i t i l d i ham buyurish
(“Qaror qilindi...”) o‘z ifodasini topadi.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka
rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko‘rsaima
4
kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shuxs tnmoniilan
yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik soiuln
yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinclii
shaxs birlik sonda tuziladi.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish
kerak. Hujjatning nomini bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek bosma
matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan
yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Lekin hujjatning nomi bo‘lganligi
uchun (sarlavhalardagi kabi) undan so‘ng nuqta qo‘yish shart emas.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi
talablarga javob berishi lozim. Bu xususiyatlar hujjatchilik tilining o‘ziga xos
uslubi, so‘z qo‘llash yo‘llari, morfologik va sintaktik belgilari orqali
ta’minlanadi.
Xizmat yozishmalarida aniqlik va mazmuniy tugallik fikmi aniq dalillar
bilan asoslashga bog‘liq. Hujjatchilikda bunday dalil, asoslar quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
- rasmiy qonunlar, bitim va shartnomalaming tegishli moddalari, bandlarini
ko‘rsatish. Masalan: «O'zR fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga muvofiq»,
«Tuzilgan shartnomaning 3- bandiga asosan» kabi;
- qonunchilik yoki kelishilgan shurtlar, manzilning o‘zgarganligini ta’kidlash.
Masalan: «boshqa shaharga ko'chishi munosabati bilan»;
- raqamli ko‘rsatkich, hisob-kitoblar asosida. Masalan: «davlat raqami 10S6260
bo‘Igan VAZ 2107 rusumli ycngil avtomobil bilan»;
- mantiqiy asoslami ifodalovchi «shunga ko‘ra», «munosabati bilan», «...ganligi
sababli», «...ishi uchun», «oqibatida», «...masligi tufayli», «shu maqsadda»,
«guvohlik berishicha», «tekshiruv natijasiga binoan» kabi qoliplashgan so‘z
birikmalari va h.k.
5
Isli (|(>K‘o/.larini qanday yozish kerak ?
i
Mi i|4f (fin-и bilan) aniq daslxat bilan yoziladi. Ariza, tarjimayi hoi, bildirgi
napoii) kompyuterda yozilmay, faqat qo‘l bilan yoziladi. Dalolatnoma
(aki), bayonnoma, hisobot kabi hujjatlar kompyuterda terilishi mumkin.
Л
I lujjallarda o ‘chirish yoki tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Ish qog‘ozlarining har bir turi umum qabul qilingan shaklda va muayyan
izchillikda tuziladi.
4. Hujjat matni qisqa, ravon, aniq va mantiqli (ortiqcha so‘z va iborasiz) bayon
qilinishi kerak. Hujjat tili juda lo‘nda boMishi lozim. Ish qog‘ozlarida biror
shaxsga murojaat etilganda “Siz ” olmoshi (shuningdek, uning turlangan
shakllari - “Sizga”, “Sizning”,”Sizdan ” va sh.k) bosh harf bilan yoziladi.
5. Son,
odatda,
raqam
bilan yoziladi.
Pul
hujjatlari
(dalolatnoma,
ishonchnoma, tilxat)da raqamdan so‘ng
qavs
ichida shu raqamning
so‘zdagi ifodasi ko‘rsatiladi.
6. Arab raqamlari bilan ifodalangan tartib sonlardan so‘ng
qo‘shimcha
yozilmay, uning o‘rniga defis (-) qo‘yiladi: 3-chorak, 4-kurs. Rim
raqamidan so‘ng hech qanday qo‘shimcha yozilmaydi: I chorak, II kurs.
7. Turli belgi va son ifodalari bir xil shaklda yoziladi. Masalan №, §, %,
(telegrammalarda bular so‘z bilan - raqamli, band, foiz kabi ifodalanadi.)
8. Ish qog‘ozlarda ularning imzolanishiga rioya etiladi: avval hujjatga imzo
chekadigan mansabdor shaxs lavozimining nomi, sa ‘ng shaxsiy imzosi va
familiyasi ko‘rsatiladi. Tavsifhoma, dalolatnoma kabi hujjatlarda, odatda,
3- shaxs imzo chekadi. Ishonchnomada uni beruvchi shaxs imzosidan
tashqari ushbu imzoni tasdiqlovchi shaxs imzosi ham bo‘ladi.
9. Hujjatlarda sanalar arab raqami bilan yoziladi. Bunda ruscha shaklda
15.11.04; 02.08.04 tarzda emas, balki quyidagi o‘zbekcha gap tuzilishidan
6
kelib chiqqan shaklda berish kerak: 1991.04.09; 2004.04.09. Iluiulit
dastlabki to‘rt raqam yilni, keyingilari kun va oyni bildiradi.
T opshiriqlar:
1-topshiriq. Quyida berilgan qoliplashgan so‘z birikmalari asosida rasmiy
uslubga xos gaplar tuzing:
«shunga ko‘ra», «munosabati bilan», «...ganligi sababli», «...ishi uchun»,
«oqibatida», «...masligi tufayli», «shu maqsadda», «guvohlik berishicha»,
«tekshiruv natijasiga binoan».
2-topshiriq. Ish qog‘ozIarining qanday yozilishini yod oling.
H U J J A T V A U N I N G T U R L A R I
0 ‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli moddiy
jismlarga bitilgan m a’lumotnomalar ajdodlarimizning qadimdan o ‘ziga xos
hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan dalolat beradi. 0 ‘rta asrlarda ish
yuritish huquqiy maqomga ega bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi
shakllandi va qator hujjat turlari paydo bo‘ldi.
0 ‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi qoraxoniylar
hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng o‘zbek xonlari va amirlari
saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va
nutqiy qolipi bilan ajralib turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus
tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan boMsa-da, amalda o ‘zbek tilining
ijtimoiy mavqeyi past edi. O ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zbek tilining
davlat tili sifatidagi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda
idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko‘p.
Hujjatlaming maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari
ham turlichadir.
7
Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida
farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu
muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki h u jjat hisoblanadi. Ayrti muassasaga
boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi
h u jja tla r sanaladi.
Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar
ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan
hujjatlar xizm at h u jjatla ri (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi.
Shaxsiy h u jja tla r alohida shaxslar tomonidan yozilib, ulaming xizmat
faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq
masalalarga tegishli bo'ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).
Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham
tasnif qilinadi.
Mazmuniga ko‘ra:
- sodda hujjatlar - bir masalani o‘z ichiga oladi;
- murakkab hujjatlar - ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko'ra:
- xususiy (individual) hujjatlar - matn o‘ziga ko‘ra xos, betakror, erkin
bayon;
- namunali (tipovoy) hujjatlar - bir-biriga o'xshash va takrorlanadigan
masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi;
- qolipli (trafaretli) hujjatlar - oldindan tayyorlangan bosma ish
«
qog‘ ozlariga yoziladi.
Rasmiy-idoraviy
hujjatlami
tayyorlashda
uning
zaruriy
qismlari
joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tin ish
belgilarining to‘g‘ri qoS'ilishiga alohida e ’tibor berish lozim.
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang:
—
bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar
bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi;
—
hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to’liq, bosh
harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi;
—
hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim.
Q o‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘langan tarzda undan so‘ng beriladi;
—
shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan va izoh so‘z
birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Q odirov,...
Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish
belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga qat’iy amai qilish lozim. Hujjat matnida
vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |