A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V


Kalla suyagi miya qismining kattaligi



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

Kalla suyagi miya qismining kattaligi
Kalla suyagining miya qismi kattaligi va shaklini tavsiflash 
uchun kalla suyagining uzunligining k o ‘ndalangi va balandligining 
diametrini aniqlash zarur.
Kalla suyagining uzunlik diametri globilla (peshonaning ostki, 
burunni yuqori qismida joylashishi) nuqta bilan ensa suyagining 
bo‘rtib chiqqan nuqta si opistokranion o ‘rtasidagi oraliq bo‘lib 
167-193 mmga teng. Kalla suyagi enining diametri esa tepa 
suyaklarning o ‘ng va chap tomonidagi erkin nuqtalar o ‘rtasidagi 
oraliqdan iborat bo'lib, u 123-153 mmni tashkil etadi.
Kalla suyagining balandligi eng baland nuqta bregma bilan 
ensa teshigi ostining chetida yotgan nuqta o ‘rtasidagi oraliq bo ‘lib, 
u 126-143 mm3 atrofida bo'ladi.
Kalla suyagidan olingan ba’zi o4chovlarni o ‘zaro solishtirib
umumiy nisbatini indekslar shaklida hisoblab chiqish mumkin. 
Bu esa kalla suyaklami o ‘zaro solishtirish imkonini beradi. Mana 
shunday ko‘rsatkichlardan biri kalla suyagi ko‘rsatkichidir.
Kalla suyagining k.o‘rsatkichi uning ko ‘ndalang diametrini 
uzunlik diametri bo‘lgan foizga nisbatini bildiradi. M asalan miya 
qopqog‘ining ko'ndalang diametri 145 mm, uzunlik diametri esa 
180 mm b o ‘lsa, unda indeks 145x100/180 = 80,5 ga teng bo‘ladi.
Bu ko'rsafkichning umum qabul qilingan klasifikatsi) asiga 
binoan kalla suyagining shakllari tubandagicha ko‘rinishda 
bo‘ladi. Agar mazkur k o ‘rsatkich 74,9 gacha bo‘lsa kalla suyak 
uzunchoqroq - dolixokran, 75,0 dan 79,9 gacha bo ‘lsa kalla shakli 
mezakran - oraliq, maboda 80,0 va undan ortiq bo‘Isa kalla shakli 
yumaloq - braxikran b o ‘ladi.
Dolixokefaliya kalla suyak shakli Avstraliya tub aholisining 
hamda Afrika, Malayziya, Hindistonning ko'pchilik aholisiga 
xos. Markaziy Yevropa, Bolqon yarim oroli, Kavkaz orti, Oldingi. 
Markaziy, Janubiy-sharqiy Osiyo aholisini kalla shakli yumaloq 
ya’ni braxikefaliya shaklda bo'ladi.
28



Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin