II BO‘LIM. ANTROPOGENEZ
Primatlar va «lam in g kelib chiqishi
Asosiy tushunchalar va bilimlar: antropogenez, primatologiya,
primatlar, primatlaming kelib chiqishi, primatlaming o‘ziga xos
tornonlari, primatlaming asosiy vakillari, chala maymunlar, yuksak
maymunlar, prim atlaming kenja turkumlari va oilalari.
Antropogenez - yunoncha “antropos” - odam
“genesis'’
- paydo bo ‘l.ish, primat - yunoncha maymun, primatologiya
maymunlar haqidagi fan demakdir.
Primat degan atama fanga birinchi marotaba tabiatshunos
d im Karl Lixmey tomonidan joriy etilgan bo‘lib, “birinchilardan”
degan m a’noni anglatadi. Primatlar
turkumiga chala maymunlar
va maymunlar kiradi. Mezazoy erasining bo’r davriga kelib, shu
paytgacha hukmronlik qilgan bahaybat sudralib yuruvchilarning
vakillari, xususan dinozavrlar, ixtiozavrlar, pleozavrlar ob-havo-
ning keskin sovishi oqibatida yoppasiga qirilib ketganlar. Natijada
shu davrga qadar sudralib yuruvchilar hukmronligida yashab kel
gan mayda sut emizuvchilar endilikda bo ‘sh bo‘lib qolgan ochiq
maydonlami to‘ldira boshlaydilar. Har xil
ekologik sharoitga mos-
lanish tufayli ularning fiziologiyasi, xatti-harakatlari va iuzilishi
bilan o‘zaro farq qiluvchi individlar rivojlanadi. Oqibatda adaptiv
radiatsiya tufayli, mezozoyning oxiriga kelib, sutemizuvchilaming
juda ko‘p turkum, oilalari, ajdod va turlari shu qatori primatlar
turkumining dastlabki vakillari paydo b o lg an .
Dinozavrlarning yoppasiga qirilib ketishini olimlar turlicha tu-
shuntiradilar. Ulardan bir xillari koinotdan yerga meteorit tushishi
bilan havo keskin sovigan desalar, boshqalari agar bunday o' zgarish
sabab b o ‘lganda hozir Yer yuzida kaltakesaklar davri bo ‘lar edi
deb hisoblaydilar. MaTumki, geolcg
olimlar kaynazov erasining
uchlamchi davrini paleotsen, eotsen, oligotsen, miotsen va pliotsen
y a ’ni davrlarga ajratadilar. B a’zan 1,2,3 davrlar birgalikda paleogen
'4—5 davrlar birgalikda neogen deb ham nomlanadi.
Primatlar turkumiga kiradigan dastlabki vakillarining suyak
qoldiqlari paleogenning bundan, taxminan 55-60 million yil
38
oldingi yotqiziqlaridan topilgan. Olimlar dastlabki primatlarni
hasharotxo'rlardan kelib chiqqan deb taxmin qiladilar. Lekin hali
bu yaqin turlami bir-biriga bog‘lovchi hay von suyak qoldiqlari
topilmagan.
Olimlar, xususan L.B.Vishnyatskiy
fikricha, primatlarning
dastlabki vakillari purgautorius boTib. ularning tashqi qiyofasi
olmaxonlarga o ‘xshash boTsa ham tuzilishining o ‘ziga xosligi bilan
primatlar deyilgan [6]. Ularning ayrim suyak qoldiqlari Shimoliy
Amerikaning kechki bo‘r davri yotqiziqlaridan topilgan.
Mazkur turkum vakillari bundan 65—54 mln yillar ilgari, asosan
Shimoliy Amerika, G ‘arbiy Yevropada yashaganlar. Lekin ularning
ayrim vakillarining suyak qoldiqlari Janubiy Sharqiy Osiyoda,
Afrikada kaynazoy erasining paleogen yotqiziqlaridan topilgan.
Dastlabki primatlar eotsen davrchasiga kelib (54-45 mln
yil ilgari) k o‘p sistematik birliklar oilalar, avlodlar,
turlami
hosil qilgan. Primatlar turkumi chala maymunlar va maymunlar
kenja turkumiga bo‘linadi. Chala maymunlar lemurlar va uzun
tovonlilaming ajdodlari bo‘lgan. Bundan taxminan 40 millioncha
yil muqaddam eotsenning o ‘rtasida yoki boshida Sharqiy Osiyo
va shimoliy Afrikada topilgan paleontologik suyaklarga qaraganda
haqiqiy antropoidlar ya’ni maymunlar alohidalashgan.
Taxminlarga ko'ra, Afrika, Sharqiy Osiyo maymunlarning
dastlabki vatani bo‘lishi mumkin. Dastlabki maymunlar tuban
primatlarga yaqin, chala maymunlardan
bir qancha belgilari bilan
farqlangan (birinehi navbatda tish sistemasi va ko‘z). Dastlabki
maymunlar o ‘simliklar, mevalar bilan oziqlangan. U lardako‘zining
ko‘rish qobiliyati kuchaygan, aksincha hid bilish qobiliyati
pasaygan. Bu tunda hayot kechirish bilan aloqador. Bu ikki belgi
bilan ular keng tovonlilarga yaqin turadi. Lekin ulardan farqli
ravishda bosh miya ancha rivojlangan.
K o'p paleontologlar maymunlar uzun tovonlilar va lemur-
larga o ‘xshash chala
maymunlardan kelib chiqqan, degan fikr-
ni
quvvatlaganlar. Dastlabki maymunlar keng va tor burunli
maymunlarga ajralgan. Keng burunli maymunlar Janubiy Ameri-
39
kada, tor burunli maymunlar esa eski dunyoda Afrika, Sharqiy va
Janubiy Osiyoda tarqalgan (5-rasm).
Keng burunli maymunlarning eng birinchi suyak qoldiqlari
25 million yilgi yotqiziqlaridan topilgan.
Ular dastlab Boliviyada,
so'ng Shimoliy Afrikada bundan 31-35 mln yilgi yotqiziqlariga
tegishlidir. Keng burunli maymunlarning Afrikada tarqalganlari
orollar orqali. tasodifan Janubiy Amerikaga o'tgan b o iish i
mumkin. Tor burunli maymunlarning suyak qoldiqlari Misrdagi
Nil daryosining g ‘arbiy tomonida 31-35 mln yilgi yotqiziqlaridan
topilgan. Bu suyaklar propliopitek va egiptopitek maymunlariga
tegishli
b o iib , ko ‘pchilik paleontologlaming fikricha, ular ho-
zirgi tor burunli maymunlarning, shuningdek odamsimon may-
munlaming qadimgi ajdodlari hisoblanadi.
5-rasm . K eng b u ru n li m ay m u n lar: 1-R ozaliya; 2-K oata; 3-S aym ir
40