6. Qanday adaptiv tiplami bilasiz?
7. Markaziy Osiyoda qanday adaptiv bor?
Arxeologik dalillar
Arxeologik dalillar u yoki bu madaniy o‘simliklarning kelib
chiqish markazlari dehqonchilikni xronologik ravishda tarixan
tiklash uchun aniq materiallar beradi.
Arxeobotanika, paleoetnobotanika qadimgi holdagi qishloq
ho‘jalik
ekinlarining mevasi, urug‘i, poyasi, bargi yoki uning
ko‘pgina holatdagi nusxalarini tadqiq qiladi. Bunday materiallar
arxeologik qazilmalarda uchrashi mumkin. Ulami tadqiq qilish
orqali qadimgi formalami tiklash va dastlabki dehqonchilik haqida
mushohada yuritish mumkin. Madaniy o‘simliklaming qoldiqlarini
radiouglerod metodi orqali tahlil qilish yo‘li bilan qadimgi odam
yashagan manzilgohlar o‘simlik, dehqonchilikda ishlatilgan mehnat
qurollarining yoshini aniqlash mumkin.
Hozirgi vaqtda olimlar qadimgi dehqonchilik boshlanishini 5
ta toifaga ajratadilar:
1) ovchilik va уig‘machilik
2) jadal yig‘machilik
3) jadal ravishda biror o‘simlik turini yig‘ish. U dastlabki
dehqonchilikning kelib chiqishi uchun zamin vazifasini o‘tagan
4)
haqiqiy dehqonchilik
5) o ‘troq holdagi dehqonchilik.
Agar bu toifalardan birinchisi dehqonchilikka aloqador emas-
ligi e’tiborga olinsa, qolgan 4 tasi ibtidoiy dehqonchilik tarixiga
tegishli deb hisoblash mumkin.
Qadimgi dehqonchilik dunyoning turli qit’alarida turlicha
muddatlarda paydo bo‘lgan. Bu jarayon eramizdan oldingi 11-6
ming yillar muqaddam paydo bo‘lgan deb tahmin qilinadi.
Dehqonchilikka o‘tishning asosiy sabablari to‘g‘risida
yagona fikr yo‘q. Ba’zi olimlar bunga sabab iqlimning o‘zgarishi
149
desa, boshqalar yovvoyi o ‘simliklaming yoppasiga kamayishi
deydilar. Yana boshqa bir guruh olimlar ongsiz ravishda uy atrofida
o‘simliklami tanlash deb ko‘rsatadilar. Agar odamlar yirik urug'
va mevalami iste’mol qilgan, maydalarini atrofga tashlaganlar
deb faraz qilinsa, u holda dastlabki
ongsiz tanlash ijobiy emas,
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Ovchilik va termachilik
muntazam emasligi ham dastlabki dehqonchilikning kelib chiqishi
uchun asos deb ta’kidlovchilar ham mavjud. Lekin ularning birortasi
ham ibtidoiy dehqonchilik sababini tushuntira olmaydi. Yovvoyi
o‘simlik uruglarini maydalaydigan qadimgi tosh tegirmonlar,
eramizdan oldingi XVI asrda Fors ko‘rfazida, XII—XIV asrlarda
Nil vodiysida qoilanilgan. Chamasi, Fors ko‘rfazining kichik
bu qismida yovvoyi o‘simlik urug‘larini ovqatga ishlatish va
non tayyorlash yo‘lga qo'yilgan,
Bu kashfiyot tezda atrofga
tarqalib, Nil daryosining quyi oqimida keyinchalik Frot va Dajla
daryolari oralig‘ida yashovchi qabilalarga ham tarqalgan. Ibtidoiy
dehqonchilikka o‘tish o‘simliklami sun’iy ravishda o‘stirish, shu
yerda boshlangan. Ibtidoiy dehqonchilikning bu joyda boshlani-
shiga Frot va Dajla daryolari oraligidagi joylarning qulay obi -
havosi, suvga serobligi, unumdor tuprogi sabab boigan.
Eramizdan oldingi VII-VIII ming yilliklar dehqonchilik Kichik
Osiyo va Kavkazda, 5000 ming yil muqaddam Shimoliy Afrikada
tarqalgan. Eramizdan oldin 4000 yillar
davomida dehqonchilik
eski dunyoning g‘arbiy qismida boMib, boshqa joylarda odamlar
hali ham termachilik, ovchilik va baliq ovlash bilan mashg‘ul
bo‘lishgan.
Juda ko‘p tarixchi olimlar termachilikdan dehqonchilikka
о‘tish qadimgi odamlarda muqarrar boigan,
chunki
ibtidoiy
dehqonchilik oz boisada hayot uchun zarur narsalarni yetishtirish
uchun qulay degan fikrdalar. Lekin qishloq xo‘jaligida uy
hayvonlaridan foydalanmay turib, faqat q o l kuchi bilan yerni
yumshatishni amalga oshirish nihoyatda mushkul boigan, Bu
150
fikr turli dalillar bilan isbotlangan. Ibtidoiy dehqonchilik bilan
olinadigan mahsulot, ovla§h tufayli
olinadigan mahsulot yoki
termachilik bilan olinadigan mahsulotga qaraganda unchalik yuqori
bo‘lmagan.
Yangi dunyoda qulay ekologik sharoit Peru qirg‘oqlarida
bo‘lib, mahalliy aholining ko‘pchiligi eramizdan oldingi 7
ming yilliklarda maxsus dehqonchilikning paydo bo‘lishiga
asos solishgan. Ibtidoiy dehqonchilik asta - sekinlik bilan And,
Markaziy Amerika orqali shimolga ham tarqalgan. Eski dunyoda
Janubiy sharqiy Osiyoda undan oldin Sharqiy Osiyoda, okeanga
yaqin yerlarda odamlar dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Nihoyat
eramizgacha bo‘lgan ikkinchi ming yilliklarda tropik Afrikaning
ko'pgina viloyatlaridagi odamlar ham dehqonchilik bilan mashg‘ul
bo‘lgan. Eramizdan oldingi ming yilliklarda dehqonchilik yangi -
yangi hududlarga tarqalgan. Dehqonchilikning rivojlanishi insonni
yanada progressiv taraqqiy otiga salmoqli hissa qo‘shgan.
Keyingi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi, tabiat haqidagi
bilimlammg kengayishi, insoniyat tabiatning noqulay sharoitlariga
qarshi kurashishi tufayli uni yana-da ko‘proq o ‘zlashtirish
imkoniyatiga ega boMdi.
Dostları ilə paylaş: