2. Itlarda birinchi bo’lib kichik meda hosil qilish usulini yaratgan olim kim
3. Odamning sut tishlarining doimiy tishlarga almashinishi necha yoshgacha bo’ladi
4. Doimiy tishlarning to’rttasi ya’ni yuqorigi va pastki jag’lardagi oxirgi katta oziq tishlar necha yoshdan keyin chiqadi
5. Tish necha qismdan iborat
6. Zararlangan tish o’z vaqtida davolanmasa chirigan tishdagi mikroblar qonga o’tib, …………..organlarda og’ir kasalliklar keltirib chiqaradi
7. Tilning ildiz qismida qanday ta’mni sezuvchi retseptorlar bo’ladi
8. Og’iz bo’shlig’iga ………………so’lak bezlarining kanalchalari ochiladi
9. Ovaqat tarkibidagi parchalovchi pepsin fermenti qayerda ishlab chiqariladi
10. Halqumning uzunligi katta odamda qancha keladi va nechta qisimdan iborat
11. So’lak tarkibidagi qaysi modda og’iz bo’shlig’iga tushgan mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega
12. Ovqat hazm qilish a’zolarining qaysi biri 23-25 sm bo’lib shilliq va muskul qavatlardan iborat bo’ladi
13. Medaning ichki shilliq pardasi ostida …………yaqin mayda bezlar joylashgan
14. Hazm qilish organlar holatini organishda qaysi usuldan foydalaniladi
15. O’n ikki barmoq ichakka meda osti bezining qaysi fermentlari quyiladi
16. O’n ikki barmoq ichakka quyiladigan jigarning o’t suyuqligi qanday ahamiyatga ega
17. Ingichka ichakning peristaltik harakati qanday ahamiyatga ega
18. Ingichka ichakning butun yuzasidagi vorsinkalar soni qancha
19. Vorsinkalar ovqat moddalarni ichak devorida hazm bo’lishini ta’minlashini aniqlagan olim kim
20. Katta odamda ovqat hazm qilish a’zolarining kattaligi to’g’ri berilgan javobni aniqlang
21. Jigarda bir kecha kunduzda qancha o’t suyuqligi ajraladi
22. Ovqat hazm qilish a’zolarining qaysi birida vorsinkalar bo’lmaydi, asosan suv va mineral tuzlar so’riladi
23. Jigar qanday vazifalarni bajaradi
24. Jigarning yuqumli sariq kasalligida qanday o’zgarish bo’ladi
25. Jigarning yuqumli sariq kasalligida odamda qanday belgilar paydo bo’ladi
26. Enterokinaza fermenti qaysi a’zodan ajraladi
27. Ovqat hazm qilish a’zolarining qaysi biri bosh, tana va dum qisimlarga bo’lingan
28. Ovqat hazm qilishning nerv markazi qayerda joylashgan
29. Gipofiz bezidan ajraladigan gormonlarning ovqat hazm qilish bezlarning ishini kuchaytiradi lekin bu bezlar ishini qaysi gormon susaytiradi
30. Tashqi muhitning issiq harorati ta’sirida ovqat hazm qilish organlar faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatadi
31. Medada aralash ovqat qancha vaqtda hazm bo’ladi
32. Meda ichaklarning yallig’lanish kasalliklari
34. Virusli gepatit C turi sog’lom odamga qanday yuqadi
35. Gijja qanday kasalllik belgilarini yuzaga keltiradi
36. Nos chekuvchilarda qaysi kasallik ko’p uchraydi
2. Uglevodlar qaysi mahsulotlarda ko’proq bo’ladi
3. Agar odam mutlaqo ovqat istemol qilmasa, lekin meyorida suvni istemol qilsa, tana massasini …………kamaygunicha yashashi mumkin
4. Katta odamning bir kecha kunduzdagi suvga bo’lgan ehtiyoji qancha bo’ladi
5. Odam tanasidagi hujayra va to’qimalar tarkibidagi makroelementlar (I) va mikroelementlar (II) to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
6. Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib, hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib qachon va kim tomonidan isbotlangan
7. Vitaminlarning qancha turi ma’lum
8. Suvda eriydigan vitaminlarni aniqlang
9. Odam organizmida qaysi vitamin yetishmasa teri quruqlashib, yoriladi
10. B1 (tiamin) vitamini organizmda qaysi jarayonlarda muhim ahamiyatga ega
11. Beri beri kasalligi qachon paydo bo’ladi
12. O’rik tarkibida qaysi vitamin ko’proq bo’ladi
13. Odamda beri beri kasalligi yuzaga kelganda qanday belgilar paydo bo’ladi
14. Odamda umumiy holsizlik, tez charchash, tishlarning qimirlab tushib ketishi qachon yuzaga keladi
15. Qaysi vitamin odamda yetarli bo’lmasa odamning aqliy faoliyati pasayadi
16. D vitamini ……………..muhim ahamiyatga ega
17. Mahsulotlarning turiga qarab qaysi turdagi vitaminlar ko’p uchrashini aniqlang
18. Tana massasi 70 kg bo’lgan odam uchun bir kecha kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori qancha bo’ladi
19. Odam organizmida bir kecha kunduz davomida sarflanadigan energiya ………qismdan iborat bo’ladi
20. Ovqatlanishning ilmiy asosda ratsional tashkil etish nechta qoidaga asoslanadi
21. Maktab o’quvchilarning ovqatlanish rejimiga ko’ra ertalabki nonushta bir kecha kunduzgi ovqat kaloriyasining qancha foizini tashkil qiladi
22. Uch marta asosiy ovqatdan tashqari qo’shimcha ovqatlanish bir kecha kunduzgi ovqatning qancha % ni tashkil qiladi
23. 100 gram mol go’shti tarkibida qancha gram oqsil bo’ladi
24. 100 gram tovuq go’shti energiya miqdori qancha bo’ladi
25. 16-18 yoshli o’smirlarning bir kecha kunduzdagi ovqat tarkibida oqsil meyyori qancha bo’lishi kerak
26. 12-14 yoshli o’smirlarning bir kecha kunduzdagi ovqat tarkibida yog’ meyyori qancha bo’lishi kerak
27. Qaysi vitamin quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida odam terisida ham hosil bo’ladi
28. Odam organizmida moddalar almashinuvida qatnashuvchi biologic faol moddalarni vitaminlar deb qachon va kim tomonidan nomlandi
29. Terining ustki qavati, nafas yo’llari, ovqat hazm qilish organlarning ichki shilliq qavati funksianal holati normal saqlashda qaysi vitamin katta ahamiyatga ega
30. Odam organizmida qaysi moddalar hujayraning qo’zg’alish jarayonida muhim o’rin tutadi
31. 5-7 yoshdagi bolalarning bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida uglevod meyori qancha bo’lishi kerak
32. 5-7 yoshdagi bolalarning bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida oqsil meyori qancha bo’lishi kerak
33. 8-11 yoshdagi bolalarning bir kecha kunduzgi ovqati tarkibida oqsil meyori qancha bo’lishi kerak
34. 100 gram guruch tarkibida oqsil miqdori qancha bo’ladi
35. 100 gram noxat tarkibida uglevodlar miqdori qancha bo’ladi
36. 100 gram loviya tarkibida uglevod miqdori qancha bo’ladi
109-variant
IX bob. TERI
1. Terining qaysi soxalarida qalinligi 4 mm gacha bo’ladi
a) son; b) qo’l kafti; c) qo’lning bilak soxasi; d) qorin; e) oyoq tovoni; f) tananing orqa soxalari;
A) a,b,c,d; B) b,c,e,f;
C) a,b,c,e; D) a,b,e,f;
2. Qovoq terisining qalinligi qancha keladi
A) 4 mm; B) 0,4 mm;
C) 0,04 mm; D) 1,5 mm;
3. Epidermisning ustki qavati qancha vaqtda butunlay yangilanadi
A) 3-4 kunda; B) 12 soatda;
C) 4-6 kunda; D) 7-11 kunda;
4. Teri qavatlari to’g’ri berilgan javobni aniqlang
1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma;
a) terining eng ustki qavati; b) terining asl qavati; s) teri osti yog’ qavati; d) terining muskul qavati; e) terining silliq qavati;
A) 1-d, 2-s, 3-b; B) 1-a, 2-b, 3-s;
C) 1-a, 2-b, 3-e; D) 1-d, 2-b, 3-e;
5. Tananing qaysi sohalarida teri qalin bo’ladi
A) bo’yin, yelka, bel, qo’l-oyoq sohalarda;
B) bo’yin, qo’l-oyoq bo’g’imlarining bukilish sohalarda;
C) qo’lning kafti, qovoq, oyoqning tovon sohalarda;
D) orqa, son, qo’lning kaft, oyoqning tovon sohalarda;
6. Terining derma qavatiga hos belgilarni aniqlang
a) biriktieuvchi to’qimadan tashkil topgan; b) yog’ moddasidan tashkil topgan; s) epiteliy to’qimasidan tashkil topgan d) soch va tuk ildizlari joylashgan; e) mayda muskul tolalari bo’ladi; f) ter va yog’ bezlari bo’ladi’ j) retseptolar bo’ladi;
A) b,s,d,j; B) a,d,f,j;
C) a,b,d,e,f; D) a,b,d,f,j;
7. Bir kecha kunduzda katta odamda o’rtacha qancha ter ajraladi
A) 100 ml; B) 350 ml;
C) 250 ml; D) 500 ml;
8. Sog’lom ayolning ko’krak bezlaridan kir kecha kunduzda qancha sut ajraladi
A) 300 ml; B) 500 ml;
C) 700 ml; D) 1500 ml;
9. Bir kecha kunduzda katta odamda o’rtacha ter bilan ajraladigan osh tuzi va azot qoldig’I miqdori qancha bo’ladi
A) 0,5 g osh tuzi, 1 g azot qoldig’i;
B) 1 g osh tuzi, 0,5 g azot qoldig’i;
C) 2 g osh tuzi, 1 g azot qoldig’i;
D) 1 g osh tuzi, 2 g azot qoldig’i;
10. Ona suti tarkibidagi oqsil miqdori to’g’ri berilgan javobni aniqlang
A) 1,5 %; B) 4,5 %;
C) 0,3 %; D) 3 %;
11. Hujayra va to’qimalarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan CO2 gazining qancha % teri orqali tashqi muhitga chiqariladi
A) 1 %; B) 2 %;
C) 0,3 %; D) 0,5 %;
12. Ob havo issiq bo’lganda teridagi issiqni sezuvchi retseptorlar qo’zg’alib, undagi………..
A) qon tomirlarini toraytiradi;
B) qon tomirlarni kengaytiradi;
C) terisi taranglashadi;
D) A va C;
13. Odam organizmini chiniqtirishda qaysi xususiyatlar etiborga olish kerak
A) yoshini;
B) jismoniy rivojlanganligi;
C) sog’lomligini;
D) barchasi to’g’ri;
14. Odam organizmini sovuq suv yoki havoda chiniqtirilganda ularning harorati avval 250C bo’lib……………+10C ga pasaytirib boriladi.
A) 3 soatda; B) 1 kundan;
C) 2-3 kunda; D) bir haftada;
15. Odam o’z organizmini chiniqtirishning to’rtinchi qoidasi nimadan iborat
A) izchillik prinspi;
B) organizm individual xususiyatiga e’tibor berish;
C) o’z-o’zini nazorat qilish;
D) asta sekinlik bilan boshlash;
16. Odam organizmini qanday chiniqtirish turlari bor
A) havoda; B) quyoshda;
C) suvda; D) barchasi to’g’ri;
17. Suv odam organizmiga qanday ta’sir ko’rsatadi
A) kimyoviy ta’sir ko’rsatadi;
B) mexanik ta’sir ko’rsatadi;
C) harorat bilan ta’sir ko’rsatadi;
D) barchasi to’g’ri;
18. Odam organizminisuvda chiniqtirishda dastlab qaysi usul qo’llanadi
A) mahalliy; B) an’anaviy;
C) umumiy; D) eksperimental;
19. Cho’milayotganda o’quvchilar “bolalar” sovunidan foydalanishi maqul, chunki uning tarkibidagi…………………..
A) lanolin moddasisochni qotirib qo’yadi;
B) bor kislata teridagi mikroblarni yo’qotadi;
C) kalsiy tuzlari sochlarga yumshoqlik beradi;
D) A va B;
20. Terining jarahoti kattaroq bo’lsa …………………..murojat qilinadi
A) trovmatolog; B) xirurg;
C) oculist; D) A va B;
21. “Inson uchun birinchi baxt uning sog’lig’idir, ikkinchisi gozallikdir” degan iborani ishlatgan olim kim
A) Arastu; B) Gay Pliniy;
C) Fales; D) Teofrast;
22. Tana terisining bosh va yuz sohalari hamda gavda sohalari jarohatlanganda qon ketishini to’xtatish uchun qon oqayotgan tomirni topib uni barmoq bilan………..davomida bosib turiladi
A) 2-3 minut; B) 10-15 minut;
C) 20-30 minut; D) 1 soat;
23. Terining kuygan joyiga dastlab tezlik bilan………………….
A) toza sovuq suv qo’yiladi;
B) odekolon surtiladi;
C) spirt surtiladi;
D) yod eritmasi surtiladi;
24. Odamning terisi kuygan joyida pufakchalar paydo bo’lsa ………………….
A) pufakchalar atrofiga odekolon surtiladi;
B) pufakchalar teshib yoriladi;
C) bog’lash shart emas;
D) barchasi to’g’ri;
25. Odamni issiq urishi natijasida qanday belgilar paydo bo’ladi
1-umumiy quvatsizlik; 2-qorinda vaqti vaqti bilan og’riq bo’lishi; 3-yurak urishi susayishi; 4-bosh aylanishi; 5-ko’ngil aynishi; 6-yurak o’ynashi; 7-tanasi shishadi; 8-nafas qisishi;
A) 1,2,5,7,8; B) 1,3,4,5,8;
C) 1,4,5,6,8; D) 1,2,4,5,7;
26. Yosh bolalarda issiq urishi natijasida qanday belgilar paydo bo’ladi
a) tana harorati ko’tariladi; b) rangining oqarib sarg’ayishi; c) hushidan ketishi; d) qornining o’ng tomonida vaqti vaqti bilan og’riq bo’lishi; e) tirishib qoladi;
A) a,c,e; B) a,b,c;
C) a,c,d; D) a,b,e;
27. Odam quyosh nuri ta’sirda uzoq vaqt bo’lganda oftob urishi ro’y berganda qanday yordam ko’rsatiladi
A) boshini yuqori qilib yotqiziladi;
B) oyoqlarini baland qilib yotqiziladi;
C) iliq shirin choy ichiriladi;
D) barchasi to’g’ri;
28. Gipoderma asl teri qavatining ostida joylashgan bo’lib………………tashkil topgan
A) soch va tuk ildizlari hamda yumshoq biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan;;
B) yassi hujayralar va muskul tolalardan tashkil topgan;
C) epiteliy to’qimasi hamda qon va limfa tomirlardan tashkil topgan;
D) yog’ moddasi va yumshoq biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan;
29. Odam tanasining qaysi sohasida teri qalinligi 0,4 mm keladi
A)
qorin terisi; B) qovoq terisi;
C) yuz terisi; D) bo’yin terisi;
30. Odam tana harorati doimiy bir xil……………….atrofida bo’ladi
A) 34
0C-35
0C;
B) 34
0C-35,2
0C;
C) 36,2
0C-36,8
0C;
D) 36,2
0C-37,8
0C;
31. Suvda chiniqtirishning qaysi birida odam tanasining ayrim sohalari har xil haroratdagi suvda chiniqtiriladi
A) umumiy chiniqtiriash;
B) an’anaviy chiniqtirish;
C) mahalliy chiniqtirish;
D) maxsus vanna usulida chiniqtirish;
32. Ona suti tarkibida oziq moddadan tashqari………….bo’ladi
A) agglutinin moddasi;
B) antitelalar moddasi;
C) agranulotsitlar moddasi;
D) antigemofil omil;
33. Ayollar terisining ko’krak sohasidagi bezlardan ajraladigan sut tarkibida mineral tuzlar qancha miqdorda bo’ladi
A) 6,5%; B) 87%;
C) 0,3%; D) 4,5%;
34. Ayollar terisining ko’krak sohasidagi bezlardan ajraladigan sut tarkibida uglevodlar qancha miqdorda bo’ladi
A) 4,5%; B) 6,5%; C) 87%; D) 0,3%;
35. Ayollar terisining ko’krak sohasidagi bezlardan ajraladigan sut tarkibida 87 % ni qaysi moddalar tashkil qiladi
A) suv; B) vitaminlar;
C) fermentlar; D) barchasi to’g’ri;
36. Ayollar terisining ko’krak sohasidagi bezlardan ajraladigan sut tarkibida yog’lar qancha miqdorda bo’ladi
A) 4,5%; B) 6,5%;
C) 87%; D) 0,3%;
110-variant
X bob. Ichki sekretsiya bezlari
1. Gipofiz bezining massasi qancha
A) 0,2 g; B) 0,5-0,6 g;
C) 0,2-0,3 g D) 2 g;
2. Gipofiz bezi odam tanasining qaysi sohasida joylashgan
A) bosh miyaning asosida, ya’ni o’rta miya sohasida;
B) bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi sohasida;
C) bosh miya yarim sharlari ensa bo’lagining tagida;
D) o’rta miyaning yuqori qismida;
3. Odam organizmidagi qaysi bez og’irligi 0,2 gramm keladi
A) qalqonsimon bez;
B) epifiz bezi;
C) gipofiz bezi;
D) ayrisimon bez;
4. Odam organizmidagi qaysi bez uch bo’lakdan iborat bo’lib organizmdagi hukumron bez hisoblanadi
A) epifiz bezi; B) qalqonsimon bez;
C) gipofiz bezi; D) ayrisimon bez;
5. Qaysi gormon gipofizning oraliq bo’lagidan ajraladi va organizmda pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi
A) melatanin; B) intermidin;
C) timozin; D) tiretrop;
6. Bo’y o’sishidan to’xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko’p ishlab chiqarilsa ……….kasalligi sodir bo’ladi
A) akromegaliya; B) gloukoma;
C) aglyutinatsiya; D) nevralgiya;
7. Odam organizmidagi qaysi gormon bolalarning o’sishi va rivojlanishida, asab tizmi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega
A) gonadotrop; B) laktotrop;
C) katexalamin; D) tiroksin;
8. Qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi natijasida odam organizmida qanday belgilar paydo bo’ladi
a) tanasi shishadi; b) aqliy faoliyati zaiflashadi; c) qo’l va oyoqlarning panjalari kattalashadi; d) soch to’kiladi; e) suyaklar mo’rtlashib qoladi; f) teri quruqlashadi;
A) a,b,f; B) a,c,d; C) c,d,e,f; D) b,c,d;
9. Somatotrop gormoni ……..
A) gipofizning oldingi bo’lagidan ajraladi;
B) epifiz bezidan ajraladi;
C) gipofizning oraliq bo’lagidan ajraladi;
D) gipofizning orqa bo’lagidan ajraladi;
10. Qaysi gormon bolalar va o’smirlarning o’sishini va rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi
A) porotgormon; B) glyukazon;
C) somatotrop; D) katexalamin;
11. Qaysi gormon yurak ishini gumorol yo’l bilan boshqaradi
A) tiroksin; B) adrenalin;
C) noradrenalin; D) barchasi to’g’ri;
12. Gipofiz bezining funksiyasi markaziy nerv tizmi tomonidan ya’ni…..ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi
A) miya ko’prigi po’stloq qismidan;
B) oraliq miyadagi gipotalamusdan;
C) o’rta miyaning oldingi ikkita tepaligidan;
D) targ’il tanadan;
13. Akromegaliya bu…………… natijasida paydo bo’ladi
A) katta odamlarda somatatrop gorminining ortishi;
B) tiroksin gormonining normaga nisbatat ko’p ajralishi;
C) timozin gormoninging ko’p ajralishi;
D) laktatrop gormonining ortishi;
14. Bazedov kasalligida odamda qanday belgilar paydo bo’ladi
a) ko’zning chaqchayishi; b) nerv muskul tizmining qo’zg’alishning ortishi; c) tanasi shishadi; d) ko’p terlaydi; e) asabiylashadi; f) uyqusizlik; j) ozish; h) yurak o’ynashi; i) qo’l va oyoq panjalar kattalashadi;
A) a,b,e,f,I; B) a,d,f,j,h;
C) a,b,c,d,e; D) b,c,I,f,j;
15. Qaysi bez balog’atga yetish davrigacha kattalashib so’ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi
A)
medaosti bezi; B) qalqon orqa bezi;
C) ayrisimon bez; D) qalqonsimon bez;
16. ………….qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi
A) tireotoksikoz; B) gipotireoz;
C) gipernefroma; D) piyelonefrir;
17. Qalqon orqa bezidan ajraladigan paratgormon organizmda qanday ahamiyatga ega
A) oqsillar sintezlanishini boshqaradi;
B) kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi;
C) mineral tuzlar almashinuvini boshqaradi;
D) uglevod almashinuvini boshqaradi;
18. Qalqon orqa bezining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab chiqarish ko’paysa……………
A) tana muskullari bo’shashib qoladi;
B) tetaniya kasalligi yuzaga keladi;
C) soch to’kiladi;
D) barchasi to’g’ri;
19. Qaysi gormon limfositlar hosil bo’lishini kuchaytirib, organizmdagi immunitet xususiyatini oshiradi
A) timozin gormoni;
B) estrodiol gormoni;
C) insulin gormoni;
D) tiroksin gormoni;
20. Qalqon orqa bezi to’rtta bo’lib ularning umumiy og’irligi qancha keladi;
A) 100-150 mg;
B) 70-80 mg;
C) 30-40 mg;
D) 10-20 mg;
21. Ayrisimon bezning massasi chaqaloqlarda qancha keladi
A) 30-40 g; B) 20- g;
C) 12 g; D) 0,5 g;
22. Tetaniya holati qachon yuzaga keladi
A) Paratgormon kam ajralsa;
B) timozin gormoni kam ajralsa;
C) poratgormon ajralishi ko’paysa;
D) tiroksin gormoni ajralishi ko’paysa;
23. Buyrak usti bezining ichki miya qavatidan qaysi gormon ajraladi
A) mineralakortikoid;
B) glyukortikoid;
C) katexalamin;
D) barchasi to’g’ri;
24. Meda osti bezining ……..ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi
A) 98-99 %; B) 70-80 %;
C) 20-30 %; D) 1-2 %;
25. Sog’lom odam qonidagi qandning miqdori qancha bo’ladi
A) 60-70 mg%; B) 80-120 mg%;
C) 150-250 mg%; D) 140-150 mg%;
26. Erkaklarning jinsiy bezlarga………..kiradi
A) urug’don; B) moyak ortig’I;
C) prostate bezi; D) barchasi to’g’ri;
27. Moyaklar ellipsimon bo’lib massasi katta odamda qancha keladi
A) 12-15 g; B) 5-6 g; C) 20-36 g; D) 15-18 g;
28. Ayollarda tuxumdon……………………..
A) bachadon orqasiga yopishib turadi;
B) bachadonning yon tomonida joylashgan;
C) yo’rg’oq xaltasi ichida joylashgan;
D) bachadonning serbar bog’lami sirtida bo’ladi;
29. Qandli diabed kasalligida qanday belgilar paydo bo’ladi
a) bemor ozadi; b) yurak oynashi kuzatiladi; c) ko’p terlaydi; d) ish qobilyati pasayadi; e) kuchsizlanadi;
A) a,d,e; B) a,b,d;
C) a,b,c,e; D) a,b,c,d,e;
30. Testosteron gormoni……………..
A) spermatozoidlar ishlab chiqarishni kuchaytiradi;
B) balog’atga yetish belgilar paydo qiladi;
C) spermatozoidlar harakatini kuchaytiradi;
D) urue’larning hajmini oshiradi;
31. Sog’lom odam qonidagi qand moddasining ortiqchasi……………………
A) siydik bilan tashqariga chiqariladi;
B) glikogen sifatida muskulda to’planadi;
C) to’qimalar tarkibidagi oqsilga aylanadi;
D) A va B;
32. Ayollarda tuxumdon kichik chanoq bo’shlig’ida joylashgan bo’lib, uning massasi………….keladi
A) 5-6 g; B) 12-15 g;
C) 20-36 g; D) 15-18 g;
33. Buyrak usti bezidan ajraladigan qaysi gormon ta’sirida qonda qand jigarda glikogen miqdori ortadi
A) glukokortikoid gormoni;
B) mineralokortikoid gormoni;
C) laktotrop gormoni;
D) gonodotrop gormoni;
34. Androgen va esterogen gormonlari erkaklarda va ayollarda ………….
A) jinsiy bezlar funksiyasini kuchaytiradi;
B) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytiradi;
C) jinsiy belgilar hosil bo’lishini ta’minlaydi;
D) urug’ va tuxum hujayralarning hajmini oshishi uchun xizmat qiladi;
35. ……………….tuxum hujayra paydo bo’ladi va yetiladi
A) follopiy naylarida; B) follikulalarda;
C) Kuper bezida; D) bachadonda;
36. Estrogen gormoni qaysi bezdan ishlab chiqariladi
A) tuxumdondan; B) prostota bezidan;
C) moyaklardan; D) buyrak usti bezidan;
111-variant
XI bob. Nerv sistemasi
1. Periferik nerv sistemasiga…….
a) orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari; b) umurtqa pog’onasi atrofidagi nerv tugunlari; c) bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar; d) ichki organlardagi nerv tugunlari; e) orqa miya f) bosh miya;
A) a,b,c,d; B) b,d,e,f;
C) e,f; D) a,e,f;
2. Somatik nerv sistemasi……
a) ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi; b) sezgi organlari ishini boshqaradi; c) skelet muskullari ishini boshqaradi; d) ovqat hazm qilish ishini boshqaradi; e) ayrish organlari ishini boshqaradi;
A) a,b,c B) b,c; C) a,d,e; D) a,c;
3. Orqa miyada……………ko’proq nerv hujayralari bor
A) 2 mln; B) 8 mln; C) 10 mln; D) 13 mln;
4. Orqa miya uch qavat parda bilan oralgan bo’lib, orqa miya suyuqligi qayerda joylashgan
A) tashqi va o’rgimchak parda o’rtasida;
B) tashqi va ichki parda o’rtasida;
C) o’rta va ichki parda orasida;
D) umurtqa
kanali va orqa miya orasida;
5. Orqa miyaning pastki qismi……………..
A) umurtqa pog’onasining dum qismida tugaydi;
B) 1 va 2- bel umurtqalarisohasida tugaydi;
C) 1 va 2- dumg’aza umurtqalari sohasida tugaydi;
D) 5 dumg’aza umurtqasi ro’parasida tugaydi;
6. Orqa miyaning uzunligi katta odamda ……………..massasi………..bo’ladi
A) 20-25 sm, 25-30 g;
B) 40-45 sm, 30-40 g;
C) 30-40 sm, 35-40 g;
D) 70-80 sm, 40-45g;
7. Orqa miya ko’ndalang kesilsa ikki xil moddadan iborat ekanligini aniqlash mumkin bo’lib, kulrang modda……….
A) nerv tolalardan tashkil topgan;
B) nerv hujayralardan tashkil topgan;
C) orqa miya suyuqligidan iborat;
D) o’rgimchak pardadan iborat;
8. Refleksning qismlarini ketma ketlikda belgilang
1-retseptor; 2-ishchi organ; 3-nerv markazi; 4-harakatlantiruvchi nerv tolasi; 5-sezuvchi nerv tolasi;
A) 1,2,5,3,4; B) 1,3,4,5,2;
C) 1,5,3,4,2; D) 1,2,4,5,3;
9. Orqa miyaning bo’yin segmentida joylashgan nerv markazlari………..sezish va harakatlanish funksiyasini ta’minlaydi
A) qo’lning tashqi yuzasi terisini;
B) qo’lning ichki yuzasi terisini;
C) qovuqqacha bo’lgan sohadagi ichki organlarni;
D) oyoqlarning oldingi yuzasini;
10. …………..miyaning shikastlanishi nafas olish va yurak ishini to’xtab qolishiga sabab bo’ladi
A) o’rta miya; B) miya ko’prigi;
C) uzunchoq miya; D) orqa miya;
11. ………..iborat tepalik bo’lib, oldingi ikkitasida po’stloqosti ko’rish markazlari, orqadagi ikkitasida po’stloqosti eshitish markazlari joylashgan
A) Varaliyev ko’prigi; B) oraliq miya;
C) miyacha; D) o’rta miya;
12. Bosh miyaning qaysi qismida uchlik, ko’z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan
A) oraliq miya; B) uzunchoq miya;
C) miya ko’prigi; D) o’rta miya;
13. Ko’rish do’mboqlari va do’mboqosti soha bosh miyaning qaysi qsohasida joylashgan
A) o’rta miya;
B) oraliq miya;
C) miya yarim sharlari oq moddasining orasida;
D) miya yarim sharlar oraliq moddaning ustki qismida;
14. Bosh miya po’stloq osti qismidagi oqimtir yadro zararlansa……………..
A) tana muskullari tarangligi ortadi;
B) tana muskullari tarangligi pasayadi;
C) ixtiyorsiz harakatlar paydo bo’ladi;
D) barchasi to’g’ri;
15. Bosh miya po’stlog’ida …………………nerv hujayralari joylashgan
A) 13 mln; B) 16 mln;
C) 14-16 mlrd; D) 6-8 mlrd;
16. Bosh miya katta yarim sharlari po’stloq qavatining qalinligi…………bo’ladi
A) 1,5-2 mm; B) 2,5-3 mm;
C) 3-3,5 mm; D) 3,5-4 mm;
17. Bosh miya po’stlog’ining mikrosko’pik tuzilishini ketma-ketlikda belgilang
I-nerv hujayralarining kalta o’simtalaridan tashkil topgan qavat; II- donador hujayralar; III-piramidasimon hujayralar; IV-yulduzsimon hujayralar; V-piramidasimon yirik hujayralar; VI-duksimon hujayralar;
A) I,II,III,V,IV,VI;
B) I,III,II,IV,V,VI;
C) I,II,III,IV,V,VI;
D) I,II,III,IV,VI,V;
18. Bosh miya o’ng yarim sharlari po’stloqosti oily markazini to’g’ri berilgan javobni aniqlang
1-hid bilish; 2-yozish; 3-siypalash; 4-ohang; 5-intanotsiya; 6-eshtish; 7-gapirish; 8-hisoblash; 9-mo’ljal olish; 10-o’qish; 11-ko’rish; 12-geometrik shakl aniqlash;
A) 1,3,4,5,6,9,11,12;
B) 1,2,3,6,7,8,10,11;
C) 1,2,3,5,6,10,11;
D) 1,2,3,6,7,11,12;
19. Agar miya po’stlog’ining pushta va egatlari yozib tekshirilsa, uning umumiy sathi…….tashkil qiladi
A) 1020-1970 sm
2; B) 1468-1670 sm
2;
C) 1329-1420 sm
2; D) 1220-1970 sm
2;
20. Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ining assotsiativ zonnalari vazifasiga xos bo’lmagan xususiyatni aniqlang
A) organlardan kelgan ta’sirni analiz va sintez qiladi;
B) miya po’stlog’ining turli qismlaridagi nerv hujayralarni bir biri bilan bog’laydi;
C) odam tanasining to’qima va organlari bilan nerv yo’llari orqali bog’lanmagan;
D) odam tanasining to’qima va organlari bilan nerv yo’llari orqali bog’langan;
21. Bosh miya po’stlog’ining peshana qismining ostki ichkari sohasida qaysi markaz joylashgan
A) yozuv markazlari;
B) hid bilish markazlari;
C) ko’rish markazlari;
D) terining sezgi markazlari;
22. Simpatik nerv sistemasining markazlari………..joylashgan
A) bosh miyaning pastki qismida hamda orqa miyaning dumg’aza segmentida;
B) o’rta va uzunchoq miya hamda orqa miyaning birinchi bo’yin segmentidan to birinchi bel segmentigacha;
C) orqa miyaning birinchi ko’krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bo’lgan sohada;
D) orqa miyaning birinchi bo’yin segmentidan orqa miyaning dumg’aza segmentigacha;
23. Simpatik nerv sistemasi………………(I) ishini kuchaytiradi, ……..(II) susaytiradi
a) yurak ishini; b) meda ichaklar harakatini; c)qon bosimini; d) ter ajralishini;
A) I-b,d,II-a,c; B) I-a,c,II-b,d;
C) I-a,c,d,II-b; D) I-a,b,c,II-d;
24. Parasimpatik nervning bitta tolasiya’ni adashgan nervi……….chiqib, ichki organlarga boradi
A) orqa miyadan;
B) miya ko’prigidan;
C) o’rta miyadan;
D) uzunchoq miyadan;
25. Periferik nerv sistemasi kasalligini aniqlang
A) nevrit; B) meningit;
C) miyelit; D) poliomiyelit;
26. Bosh va orqa miyani ustidan o’rab turadigan pardaning yalig’lanishi kasalligini aniqlang
A) ensefalit; B) meningit;
C) miyelit; D) ganglionit;
27. Meningit kasalligida odamda qanday belgilar paydo bo’ladi
a) boshi og’riydi; b) qayd qiladi; c) tana harorati ko’tariladi; d) muskullarning tarangligi yo’qolib qo’l va oyoqlar lattadek osilib qoladi;
A) a,d; B) b,c,d;
C) a,b,c; D) c,d;
28. Orqa miya to’qimasining yallig’lanishi…….deb ataladi
A) ensefalit; B) ganglionit;
C) miyelit; D) nevrit;
29. Uchlik nervi yalig’langanda……..og’riq seziladi
A) yuz sohasida; B) tishlarda;
C) ko’z sohasida; D) barchasi to’g’ri;
30. Sezuvchi nerv tolasining yallig’lanishi….deb ataladi
A) nevrolgiya; B) nevrit;
C) neyrogliya; D) poliomiyelit;
31. Parasimpatik nervning………tolasi qorin bo’shlig’ining pastki qismida va chanoq bo’shlig’ida joyl ashgan organlarga boradi
A) uzunchoq miyadan chiquvchi adashgan nervi;
B) orqa miyaning
bel segmentidan chiquvchinerv;
C) orqa miyaning dumg’aza segmentidan chiquvchi nerv;
D) o’rta miyadan chiquvchi nerv;
32. Orqa miyaning bo’yin segmentlari nechta
A) 5 ta; B) 6 ta; C) 7 ta; D) 8 ta;
33. Qaysi kasallik ko’pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus viruslar qo’zg’atadi
A) poliomiyelit; B) ganglionit;
C) nevrit; D) nevralgiya;
34. Poliomiyelit tufayli orqa miyaning zararlangan segmentlari tomonidan boshqariladigan ishchi a’zolarning sezuvchanligi va harakatlanishi susaysa, yoki butunlay yo’qolsa qaysi shifokorga murojat qilish lozim
A) travmatolog; B) nevropatolog;
C) asab kasalliklari; D) endokrinolog;
35. Nerv…….nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga boradi
A) o’rta va uzunchoq miyadagi;
B) orqa miyaning bo’yin segmentidagi;
C) uzunchoq va orqa miyaning bo’yin segmentidagi;
D) o’rta va orqa miyaning bo’yin segmentidagi;
36. Bosh miya to’qimasining yalig’lanishi………xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin
A) gripp; B) qizamiq;
C) suvchechak; D) barchasi to’g’ri;
112-variant
XII bob. OLOY NERV FAOLIYATI
1.Odamning barcha ixtiyoriy xarakatlari reflekslar orqali sodir bo’lishini 1863 yilda yozgan «Bosh miya reflekslari » kitobida ko’rsatib o’tgan olim kim
A) I.M.Sechenov; B) I.P.Pavlov;
C) Basov; D) Volter;
2. Shartsiz reflekslar hosil bo’lishida markaziy nerv sistemasining ………nerv markazlari ishtirok etadi
A) orqa miya; B) o’rta va oraliq miya;
C) uzunchoq miya; D) barchasi to’g’ri;
3. Shartli reflekslarning markazlari…….joylashgan
A) o’rta va oraliq miyada;
B) bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida;
C) orqa va uzunchoq miyada;
D) barchasi to’g’ri;
4. Itlarda shartli refleks hosil qilish uchun oldin……bo’lishi kerak.
A) shartli ta’sirlovchi; B) shartsiz ta’sirlovchi
C) shartsiz refleks; D) ovqat mahsuloti;
5. Itlarda shartli refleks hosil qilishda miya po’stlig’idagi ovqatlaniosh markazini qo’zg’alishi qayerga o’tadi
A) uzmiyaga; B) o’rta miyaga;
C) orqa miyaga D) miya ko’prigiga;
6. Reflekslar yuzaga kelishi natijasiga ko’ra………………..
A) foydali va zararli reflekslar;
B) musbat va manfiy reflekslar;
C) birinchi va ikkinchi signal sistemasi reflekslari;
D) himoyalanish reflekslari;
7. Sfetoforning qizil chirog’I yonganda odam harakatdan to’xtab, to yashil chirog’I yonguncha kutib turishi refleksningh qaysi turiga kiradi
A) himoyalanish reflekslar;
B) musbat reflekslar;
C) manfiy reflekslar;
D) foydali reflekslar;
8. Yozma nutq ………..ta’sir qiladi
A) bosh miya po’stloq qavatining ensa sohasidagi markaziga;
B) bosh miya po’stloq qavatining chakka sohasidagi markaziga;
C) bosh miya po’stlog’ining tepa qismidagi oldingi markaziy pushtasiga;
D) bosh miya po’stlog’ining chekka qismidagi oldingi yuqori sohasiga
9. Qaysi olim shartli reflekslar haqidagi ta’limotniyaratdi
A) I.M.Sechenov; B) I.P.Pavlov;
C) Ugolev; D) Basev;
10 Tormozlanish odam odam organizmida o’ziga xos himoyalanish ahamiyatiga ega bo’lib…….kasalligini yuzaga kelishini oldini oladi
A) nevroz; B) nevrolgiya;
C) nevrit; D) neyrogliya;
11. Shartli ovqatlanish refleksini paydo qilishdan oldin qandaydir yot ta’sirot paydo bo’lsa, shartli refleks yuzaga chiqmaydi bunga…….
A) tashqi tormozlanish;
B) so’nish tormozlansh;
C) shartli tormozlanish;
D) chegaradan tashqari tormozlanish;
12. Qaysi olim tashqi tormozlanishni shartsiz tormozlanish deb atagan
A) I.M.Sechenov; B) I.P.Pavlov;
C) Ugolev; D) Basev;
13. Qaysi tormozlanish ta’sirot birinchi marta qo’lanilgandayoq kuzatiladi
A) shartli tormozlanish;
B) sonuvchi tormozlanish;
C) shartsiz tormozlanish;
D) ichki tormozlanish;
14. Shartli tormozlanishning…..turi ham bor
A) induksion tormozlanish;
B) himoyalovchi tormozlanish;
C) chegaradan tashqari tormozlanish;
D) kechikuvchi tormozlanish;
15. Miyaning nerv hujayralaridagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga ularning bir biri bilan munosabatiga ko’ra odam oily nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan olim kim
A) I.M.Sechenov; B) I.P.Pavlov;
C) Ugolev; D) Basev;
16. Qaysi tipdagi bolalar qobilyatli zehnli ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan atrofdagi kishilar va o’rtoqlarga yaxshi munosabatda bo’ladi;
A) xolerik; B) flegmatik;
C) sangvinik; D) melonxolik;
17. Flegmatik tipdagi bolalarda miya nerv hujayralarida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari qanday tartibda bo’ladi
A) kuchli muvozanatlashgan,kam harakat tip;
B) kuchli qo’zg’alish, tormozlanishdan ustun bo’lgan muvozanatsiz tip;
C) kuchli, muvozanatlashgan tormozlanish qo’zg’alishdan ustun tip;
D) kuchsiz, muvozanatlashmagan tormozlanish qo’zg’alishdan ustun tip;
18. Qaysi olim «Nutq bizni odam qildi» degan
A) A) I.M.Sechenov; B) I.P.Pavlov;
C) Ugolev; D) Basev;
19. Odamning gapirish xususiyati bundan necha yil oldin paydo bo’lgan va qaysi organlarni o’zgarishiga olib kelgan
A) 500 000, lab, til, hiqildoq;
B) 300 000, jag’, til, kekirdak;
C) 250 000, lab, til, burun;
D) 100 000, lab, til, burun;
20. Bolaning so’z boyligi qanday tartibda rivojlanadi
a) 1 yoshda; b) 2 yoshda; c) 3 yoshda; d) 4 yoshda;
1) 5-10 ta so’z; 2) 200 ta so’z; 3) 1000 ta so’z; 4) 300 ta so’z; 5) 3000 ta so’z; 6) 2000 ta so’z; 7) 30-40 ta so’z;
A) a-7, b-2, c-3, d-5;
B) a-1, b-4, c-3, d-6;
C) a-7, b-4, c-3, d-5;
D) a-1, b-4, c-2, d-6;
21. Hissiyot ikki xil bo’ladi…………….
A) musbat va manfiy;
B) foydali va zararli;
C) voqeali va hayoliy;
D)
tashqi va ichki;
22. Odam bir vaqtning o’zida ……qancha har xil ta’sirlarni qisqa muddat davomida eslab qolishi mumkin
A) yettigacha; B) o’ntagacha;
C) o’n ikkitagacha; D) o’n bechtagacha;
23. Qachon odamda qitiqlagich sifatida foydalangan ta’sir refleks hosil qilmaydi
A) oily nerv faoliyatiga xos xususiyatlar kuchayganda;
B) oily nerv faoliyatiga xos xususiyatlar pasayganda;
C) markaziy nerv sistemasining quyi qismi ish faoliyati susayganda;
D) B va C;
24.Qachon odam tungi uyqu vaqtida kechasi o’rnidan turib uydagi buyumlarni yig’ishtiradi, o’rnini o’zgartiradi, yana qaytib kirib o’rniga yotadi
A) lunatik uyquda; B) letargik uyquda;
C) fizologik uyquda; D) nevrozda;
25. «Tush ko’rish bu odamning ko’rgan kechirganlari ta’sirining uyqu vaqtida aralash- quralash holdagi ko’rinishidir» degan fikrni aytgan olim kim
A) I.M.Sechenov; B) I.P.Pavlov;
C) Volter; D) Basev;
26. Nevroz bu…………
A) oily nerv faoliyatining buzilishi;
B) nerv sistemasining quyi qismining funksiyasini buzilishi;
C) miya yarim sharlaridagi targ’il tananing zararlanishi;
D) miya po’stloqosti nerv markazlarning zararlanishi
27. Xolerik tipdagi bolalarga xos bo’lmagan belgini aniqlang
A) tinib-tinchimas va serharakat;
B) arzimagan narsaga yig’lab, o’zidan o’zi kuladigan;
C) qobilyatsiz va injiq;
D) serharakat;
28. Alkogol odamning qaysi organlari harakatlanish aniqligini buzadi
A) til; B) ko’z;
C) muvozanat; D) barchasi to’g’ri;
29. Giyohvandlikda qanday belgilar paydo bo’ladi
a) og’iz qurishi; b) qorinning o’ng tomonida og’riq; c) qo’l va oyoq titrashi; d) ko’z qorachig’ining kengayishi; e) rangining oqarib sarg’ayishi; f) terlash;
A) a,c,e,f; B) a,c,d;
C) c,d,e; D) b,c,d,e,f,
30. Giyohvandlikda dastlab qanday belgilar paydo bo’ladi
A) tajanglik, xotira pasyishi;
B) og’iz qurishi, ko’p terlash;
C) yurak urishi, og’iz qurishi;
D) ko’p terlash, ko’z qorachig’I kengayishi;
31. Alkogollarning bolalari orasida qaysi kasalliklar eng ko’p uchraydi
A) aqliy zaiflik; B) mutatsiya;
C) daltanizm; D) tetaniya;
32. Odamning voqea va hodisalarni eslab qolishi uning qaysi xususiyatlari bilan bog’liq
A) individual qobilyati;
B) voqeaning ahamiyati;
C) voqealarning oz yoki ko’pligi;
D) barchasi to’g’ri;
33. Qaysi organlar funksiyasi odam uyqu vaqtida ham ishlab turadi
A) endokrin sistemasi;
B) ayrish sistemasi;
C) yurak qon tomir sistemasi;
D) barchasui to’g’ri;
34. Odam uyqu vaqtida nerv sistemasining qaysi qismlari faoliyati to’xtamaydi
A) orqa va uzunchoq miya;
B) uzunchoq va miyacha;
C) o’rta miya va miya ko’prigi;
D) oraliq miya va miyacha;
35. Odamda qaysi kasallik to’satdan paydo bo’ladi
A) daltanizm; B) letargiya uyqusi;
C) lunatic uyqu; D) akromegaliya;
36. Tabiiy fiziologik uyquga bir kecha kunduzda ehtiyoji 6-7 yoshda necha soat normal bo’ladi
A) 16-17 soat; B) 12-13 soat;
C) 9,5-10 soat; D) 15-20 soat;
113-variant
XIII bob. Sezgi organlari
1.Bosh miya po’stlog’ining turli qismlaridagi maxsus nerv hujayralari to’plami joylashgan bo’lib, ularni analizatorlar deb atagan olim kim
A) Volter; B) I.P.Pavlov;
C) I.M.Sechenov; D) Basov;
2. Odam terisisning butun sathida qancha reseptorlar bor
A) 200-400 tagacha; B) 8 mlngacha;
C) 1 mlyardgacha; D) 200-400 mingacha;
3. Bosh miya po’stlog’I tepa qismining o’rta sohasi shikastlansa odamda qasi sezgi organi ishi buziladi
A) hid bilish; B) ko’rish;
C) eshtish; D) barmoq terisidagi paypaslagich;
4. Ko’z gavhari shaklining o’zgarib turishi qanday amalgam oshadi
A) kipriksimon muskul tolalarning qisqarishi va bo’shashishi orqali;
B) aylana musku tolalarning qisqarishi va bo’shashishi orqali;
C) to’g’ri yo’nalgan va uchburchak muskullar tolalarning qisqarishi va bo’shashi orqali;
D) barchasi to’g’ri;
5. Ko’zning yordamchi qismlariga ……….kiradi
1-ko’z soqqasini harakatlantiruvchi muskullar; 2-qovoqlar; 3-ko’rish nervi; 4-fibroz parda; 5-kipriklar; 6-yosh bezlari; 7-qon tomirlari; 8-ko’zning shox pardasi;
A) 1,3,4,6,7; B) 1,2,3,5,6;
C) 1,2,5,6,7; D) 1,2,5,6,8;
6. Ko’z soqqasining qaysi qismida yorug’likni ranglarni qabul qiluvchi reseptorlar joylashgan
A) ko’z soqqasining oq pardasida;
B) ko’z soqqasining shox pardasida;
C) ko’z soqasining kamalak pardasida;
D) ko’z soqqasining to’rsimon pardasida;
7. Ko’z soqqasining fibroz pardasining oldingi qismida………..bo’ladi
A) shox parda; B) rangli parda;
C) oq parda; D) qon tomir parda;
8. Ko’zning optik sistemasiga …..kiradi
a) shox parda; b) ko’z gavhari; c) ko’z ichi suyuqligi; d) ko’zning oq pardasi; e) shishasimon tana; f) ko’zning to’rsimon pardasi;
A) a,b,c,d,e; B) b,c,d;
C) a,b,c,e; D) b,c,e,f;
9. …………ko’zning rangli pardasi o’rtasida joylashgan, uning atrofi aylana va to’g’ri yo’nalgan muskullar bilan o’ralgan
A) ko’z gavhari; B) ko’z ichi suyuqligi;
C) shishasimon tana; D) ko’z qorachig’i;
10. Kolbachasimon reseptorlar qanday ranglarni qabul qiladi
A) ko’k, yashil, qizil; B) ko’k, qizil, sariq;
C) ko’k, qora, qizil; D) ko’k, yashil, sariq;
11. …………….ko’pincha erkaklarda uchrab irsiy o’tadi
A) miopiya; B) daltonizm;
C)
gipermetropiya; D) glaucoma;
12. Odamda qaysi ko’z kasalligi ko’z gavhari do’ngligining kamayishi tufayli yuzaga keladi
A) katarakta; B) glaucoma;
C) daltonizm; D) gipermetropiya;
13. Ko’rish analizatorining periferik qismi…………………….
A) ko’rish nervi; B) reseptor;
C) ko’rish markazi; D) barchasi to’g’ri;
14. Tashqi quloq yo’lining oxirida ………….qalinlikdagi nog’ora parda bo’ladi
A) muskul to’qimadan iborat, 0,1 mm;
B) biriktiruvchi to’qimadan iborat, 0,1 mm;
C) epiteliy to’qimasidan iborat, 0,01 mm;
D) birik tiruvchi to’qimadan iborat, 0,01 mm;
15. …………………endolimfa suyuqligi bo’ladi
A) parda labrintning orasidagi torgina bo’shliqda;
B) o’rta quloq va xaltasimon tuzilmalar o’rtasida;
C) parda labrintning ichida;
D) Yevstaxiyev nayida;
16. Vestubular analizator reseptorlari joylashgan
A) xaltasimon tuzilmalarda;
B) chig’anoq ichida;
C) dahliz va yarimdoira kanalchalar ichida;
D) A va C;
17. Qaysi olim «Hamma xavf-xatarda og’riq odamning eng ishonchli qo’riqchisidir, u doim ehtiyot bo’ling, hayotingizni avaylang va asrang, deb uqtiradi» degan
A) Volter; B) I.P.Pavlov;
C) I.M.Sechenov; D) Basov;
18. ………..ichida eshtish reseptorlari joylashgan
A) dahliz kanallarda;
B) xaltasimon tuzilmalarda;
C) chig’anoq ichida;
D) yarim aylana kanalchali qismida;
19. Muvozanat organining qo’zg’alishi vestibular nervga o’tib, dastlab, ………markaziga boradi
A) miya ko’prigi po’stloqosti markaziga;
B) o’rta miya po’stloqosti markaziga;
C) miya yarimsharlarning po’stloqosti markaziga;
D) oraliq miyaga;
20. Teridagi qaysi reseptor terida yuzaroq joylashgan
A) sovuqni sezuvchi reseptor;
B) og’riqni sezuvchi reseptor;
C) issiqni sezuvchi reseptor;
D) bosimni sezuvchi reseptor;
21. Qaysi olim muskul va paylardagi sezuvchanlikni qorong’I yoki yashirin sezgi deb atagan
A) Volter; B) I.P.Pavlov;
C) I.M.Sechenov; D) Basov;
22. Muskul qisqarganda uning………..muskul bo’shashganda esa………………qo’zg’aladi
A) tolasi orasidagi, paylardagi reseptorlar;
B) paylardagi, tolasi orasidagi reseptorlar;
C) tog’aydagi, tolasi orasidagi reseptorlar;
D) paylardagi, tog’aylar orasidagi reseptorlar;
23. Odamdagi harakat markazi…………joylashgan
A) miya yarim sharlari po’stlog’ining oldingi markaziy pushtasida;
B) miya yarim sharlari po’stlog’ining chekka qismining pastki sohalarda;
C) miya yarim sharlari po’stlog’ining chekka qismining yuqori sohalarda;
D) miya yarim sharlari po’stlog’ining tepa qismining o’rta sohalarda;
24. Odam organizmining vestibular analizatori juda qattiq zararlangan bo’lsa, o’rnidan turganda………………
A) boshi aylanadi; B) ko’zi tinadi;
C) ko’ngil ayniydi; D) barchasi to’g’ri;
25. I.M.Sechenov muskul va paylardagi sezuvchanlikni……………deb atagan
A) proprioreseptorlar;
B) yashirin visseroreseptorlae;
C) yashirin sezgi;
D) moslashuvchanlik;
26. Muskul, pay va bo’g’imlarda reseptorlar bo’lib, ular qanday nomlanadi
A) proprioreseptorlar;
B) visseroreseptorlar;
C) moslashuvchi reseptorlar;
D) taktil reseptorlar;
27. Muvozanat organining funksiyasi buzilgan odam biroz tez harakat qilganda, aylanganda, tebranganda, transportda yurganda qanday o’zgarish bo’ladi
1-boshi aylanadi; 2-yurak urishi tezlashadi; 3-ko’z tinadi; 4-qusadi; 5-bo’yin segmentida og’riq paydo bo’ladi; 6-rangi oqaradi; 7-qon bosimi pasayadi; 8-nafas qisadi;
A) 1,2,4,5,6; B) 2,3,6,7,8;
C) 2,4,6,7,8; D) 2,3,4,6,7;
28. Adoptatsiya bu……………
A) sezuvchi reseptorlar moslashuvi;
B) sezuvchi reseptorlar qo’zg’aluvchanligi;
C) reseptorlardagi qo’zg’alishning nerv markazlariga yetkazilishi;
D) paylardagi sezuvchanlik xususiyatini kishi bilmasligi;
29. Mutaxasislarning fikricha ……reseptorlar bir xil bo’ladi
A) og’riqni va siypalashni sezuvchi;
B) qichishni va og’riqni sezuvchi;
C) issiqni va sovuqni sezuvchi;
D) siypalashni va bosimni sezuvchi;
30. Teridagi haroratni sezuvchi reseptorlar soni…………atrofida bo’ladi, ulardan …………tasi sovuqni sezadi
A) 300 ming, 30 ming;
B) 400 ming, 40 ming;
C) 1 mln, 400 ming;
D) 8 mln, 200-400 ming;
31. Teridagi issiqni sezuvchi reseptorlarning soni qancha
A) 300 ming; B) 30 ming;
C) 270 ming; D) 200 ming;
32. T’am bilish reseptorlari…………joylashgan
a) til so’rg’ichlarda; b) bodomsimon bezning ustki qavatida; c) yevstaxiy nayida; d) qalqonsimon bez orqa bezi yonida; e) tomoq shilliq pardasida; f) yumshoq tanglayda; j) halqumda;
A) a,b,c; B) a,b,e,f;
C) b,c,d,e; D) b,e,f,j;
33. Odam tili orqa qismidagi reseptorlar qanday ta’mni sezadi
A) shirin; B) nordon;
C) achchiq; D) sho’r;
34. Odam organizmidagi ichki reseptorlar qanday ta’sirlarni qabul qiladi
A) bosimni; B) kimyoviy ta’sirni;
C) mexanik ta’sirni; D) barchasi to’g’ri;
35. Odam terisidagi qaysi reseptorlar chuqurroq joylashgan
A) bosimni sezuvchi reseptorlar;
B) og’riqni sezuvchi reseptorlar;
C) sovuqni sezuvchi reseptorlar;
D) siypalashni sezuvchi reseptorlar;
36. Ko’zning ……….yorug’lik ta’sirida torayadi, qorang’ulikda kengayadi
A) shishasimon tana; B) to’rsimon pardasi;
C) qorachig’I; D) fibroz parda;
114-variant
Dostları ilə paylaş: