Tashkiliy qism: 1.O‘quvchilar bilan salomlashish va guruh davomatini tekshirish. 2.O'quvchilarni mashg‘ulotga tayyorgarligini tekshirish. 3.Amaliy mashg‘ulot mavzusi nomi,rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish. 4.Amaliy mashg‘ulot baholash mezonlari bilan tanishtirish. 5.Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishi tusuntirish
Kirish yo‘riqnomasi (50 daqiqa.) O‘quvchilar bilimlarini faollashtirish:
1.Uyga berilgan vazifani nazorat qilish, hamda o'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilarga savollar berish, Yangi o‘quv amaliyot bayoni: 2. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish va ish jarayonini tushuntirish Joriy yo‘riqnomasi ( 135 daqiqa) Yangi o‘quv amaliyot bo‘yicha analiy mashqlar bajarib ko‘rsatish. 3.Ta’lim oluvchilarni ish joylariga taqsimlab amaliy ish bo‘yicha yo‘riqnomali texnologik xaritalarni hamda ishlarni bajarish uchun kerakli jihozlar va xom-ashyolarni tarqatish va ko‘rsatmalar berish. 4. Amaliy ishlarni bajarilishini maqsadli aylanish davrida nazorat qiladi va ish jarayonida o‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatib beradi
Yakuniy yo‘riqnomasi ( 15 daqiqa) 5.Amaliy mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng ish joylarini talab darajasiga keltirish tushuntiriladi. Tayyorlangan mahsulotlarni qabul qilish.
Ta’lim oluvchilar o‘z ish joylariga borib mashg‘ulot rahbari ko‘rsatmalari va yoriqnomali texnologik xaritalarga amal qilgan holda amaliy ishlarni bajaradilar.
yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydilar.
Foydalangan jihozlar va xom-ashyolarni mashg‘ulot rahbariga topshiradilar
Ish joylarini talab darajasiga keltirib tozalaydilar.