A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Sementni saqlash shartlari haqida nimalar bilasiz? 
2. Qoplash ishlari haqida nimalar bilasiz? 
3. Sementni tashish va transportirovka qilish haqida nimalar bilasiz? 
 
Ma’ruza. № VI/7 
Mavzu: Sement ishlab chiqarishni nazorat qilish, portlandsementning qotish 
nazariyasi.
 
 
Reja: 
1.
Sement ishlab chiqarishni nazorat qilish. 
2.
Portlandsementning qotish nazariyasi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar: 
portlandsement,klinker, portlandsement qotishi. Texnikaviy 
shartlari. 
 
Ishlab chiqarish-texnika nazorati
— sanoat korxonalarida mahsulot sifatini nazorat 
qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat i.ch.ning barcha qismlari (xom 
ashyo, materiallar, yoqilgʻi, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, 
dast-goxlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar va b.)da amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan 
obʼyekt xususiyatiga koʻra, nazoratning kuzatib nazorat qilish, mexanik xususiyatlarni nazorat 
qilish, kimyoviy taxlil, metallografik tadqiqotlar oʻtkazish, sinab koʻrib nazorat qilish va b. 
usullari bor. Tashkiliy jihatdan uning texnologik ja-rayonlarni nazorat qilish; operatsion nazorat 
(mahsulot i.ch. bilan bogʻliq operatsiya bajarib boʻlingach, oʻtkaziladi); inspeksion (yoki tanlab) 
nazorat qilish; boshlangʻich nazorat (korxonaga yetkazib berilgan materiallar, xom ashyo, yarim 
fabrikatlar, butlovchi de-tallar nazorat qilinadi); faol nazorat (mahsulotni i.ch. jarayonida oʻlchov 
asboblari yordamida nazorat qilish);: tayyor mahsulotni qabul qilish jarayo-nidagi nazorat va b. 
turlari bor. I.ch.t. ning asosiy vazifasi korxonalardagi nazorat operatsiyalarning bajarili-shini, 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning komplektligini tekshirish, brakni yoʻqotish hamda 
mahsulotni belgilangan standart va texnik shartlarga muvofiq qilib i.ch.ni taʼminlashdan iborat. 
I.ch.t.ni korxona boʻlimlarida xodimlar, sexlarda ishchilar, sozlovchilar, ustalar, brigadirlar va 
korxonalarning hamma muhim uchastkalarida texnika nazorati boʻlimi xodimlari amalga 
oshiradi. Texnika nazorati boʻlimining vazifasi nazorat usullarini ishlab chiqish, brakni hisobga 
olish va taxlil qilishidir. Hoz. vaqtda detallarni i.ch. jarayonida nazorat qilishning eng zamonaviy 
usullari (avtomatlashtirish, yoppasiga nazorat qilish)ni yaratishga keng eʼtibor qaratilgan.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin