6
V-SEMESTR
Ma’ruza. № V/1
Mavzu: Bog’lovchi moddalar faniga kirish, fanning mutaxassislik uchun axamiyati,
mohiyati, fanning maqsad va vazifasi.
Reja:
1.
Bog‘lovchi moddalar faniga kirish.
2.
Bog‘lovchi moddalar fanining mutaxassislik uchun axamiyati.
3.
Bog‘lovchi moddalar fanining maqsad va vazifasi.
Tayanch so‘z va iboralar:
bog‘lovchi moddalar, sement, gips, ohak, organik bog’lovchilar,
maqsadi, vazifalari.
Hozirgi davrga qadar bog‘lovchi moddalar ikki guruxga bo‘linadilar: mineral
(anorganik) va organik moddalar.
Mineral yoki anorganik modda tabiiy moddadan yoki uning kuydirish yo‘li bilan
olinadigan moddadan iborat. Kuydirish yuli bilan oli-nadigan moddalar toshlarni yoki binoning
tarkibiy qismlarini bir biriga yopishtirish qobiliyatiga ega. Ulardan bunday moddalarni
tayyorlashda xam foydalaniladi. Ko‘p ilmiy ishlarda qurilish moddalari, qurilish konstruksiyalari
va qismlari ishlab chiqarish xajmini oshirish, modda xajmini, tannarxi va qurilishdagi ishni
kamaytiradigan, binoning va qurilishning og‘irligini kamaytiradigan va ularni issiqqa
bardoshligini oshradigan maxsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. SHuning uchun xozirgi
vaqtda IMSning va tog‘-kon sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalangan xolda qurilish
moddalarini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda.
YOnilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish uchun sement, ohak, qurilish maxsulotlari
ishlab chiqaruvchi korxonalar elektrni tejaydigan texnologiyaga o‘tmoqda. Bunga kuruk usulda
portlandsement ishlab chiqarishni misol qilib kelitirish mumkin. Bu usulda xul usulga nisbatan
1,5-2 marta energiya sarfi iqtisod qilinadi. Sement, beton va boshqa moddalar ishlab chiqarish
usulidan ko‘pgina davlatlar xam foydalanmoqda. Sovet, olimlari sement kimyosi va
texnologiyasi soxasida bir qancha muxim kashfiyotlarni yaratdilar. Xom-ashyoni quyi xaroratda
quydirish va bu jarayonda kam energiya sarflash ana shular jumlasidandir.
Mamlakatimiz eng muxim kurilish moddalari, sement, barkaror temir-beton ishlab
chiqarish borasida eng rivojlangan davlatlardan biridir. Xususan, sement va uning turlarining 30
xili ishlab chikarilmoqda.
Dostları ilə paylaş: