8
O‘z navbatida uchta asosiy guruxga bo‘linadi: 1) asosan kalsiy silikat (75% dan
ko‘proq)dan iborat silikatli sement, unga portlandsement va uning boshqa turlari kiradi. Bular
xozirda qurilishda asosiy "kuch" xisoblanadi; 2) alyuminatli sementlar,
uning asosi kalsiy
alyuminat xisoblanadi, ulardan asosiysi qum tuproqli sement va uning turdoshlaridir; 3) gidravlik
ohak va romansement.
Kislotalarga chidamli sementlar uchinchi guruxga qarashli bo‘lib, tarkibi o‘ta
maydalangan kremneftorli natriy va kaliy yoki natriy silikatni suvli eritmasidan tashkil topgan.
Bu bog‘lovchi modda oldin xavo muxitida qotgach uzoq vaqt davomida xar xil kislotalar
ta’siriga qarshilik kursatishi mumkin.
SNiP I-V, 2-69 qoidalariga kura yuqorida aytilib o‘tgan moddalar bilan bir qatorda
aloxida guruxga avtoklavda qotuvchi bog‘lovchi moddalar ajratilgan. Bularning qotish jarayoni
yaxshi o‘tishi uchun bosimi 0,8-1,5 MPa ga teng bo‘lgan to‘yingan bug‘ bo‘lishi lozim. Bu
guruxga ohak-kvars, ohak-shlak, ohak-kulli, mikroqushimchali sementlar,
jumladan kvars qumi
asosidagi qumli sementlar misol bo‘ladi. CHunki ular gidrotermal va shunga yaqin muxitda
yaxshi qotadi. Ularni ishlab chiqarishuchun boshlang‘ich xom-ashyo sifatida tabiiy birikmalar,
masalan, ohak, giltuproq, ishlab chikarishdagi chiqindilari va xakazolardan foydalaniladi.
Bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun xar xil tog‘ jinslarini va sanoat
chiqindilarini ishlatish mumkin. Masalan, qurilish gipsi olish uchun ikki molekula suvli gips
toshini, yoki fosfor kislotasini ishlab chiqarishda xosil qiluvchi
fosfogipsdan foydalanish
mumkin.
Sement olish uchun, bur, ohaktosh, gil jinslar va xakazolar ishlatiladi. Xozirgi davrda
keng tarqalgan usul sanoat chiqindilarini keng ishlatib yangi bog‘lovchilar ishlab
chiqarishdir.Bog‘lovchi moddalarga va beton qorishmalariga xossalarini
yaxshilash uchun xar
xil qushimchalar qushiladi. Ular kimyoviy - fizik kimyoviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi
bo‘lib oltita sinfga bo‘linadilar:
1 - sinf: birikmalarni reologik xususiyatini kuzatuvchilar, bular uchta guruxga
bo‘linadilar: 2- yumshatuvchi - bularga SSB - sulfit-spirtli suyuqlik, SDB - sulfit-achitkich
suyuqlik, suvda eriydigan polimer VRP. Bog‘lovchi moddani og‘irligidan 0,15-0,3jo
miqdorda
qushiladi,
2 - Suv tutib qoluvchi qo‘shimchalar: aktiv mineral qo‘shimchalar (AMK) - trepel,
diatomit,opoka , nordon kullar, xamda xavo olib kiruvchi moddalar. Bularni bog‘lovchi
moddani og‘irligidan 0,01-0,05/ miqdorda qo‘shiladi.
3 - suyuqlantiruvchi (suv ajratmasdan) - bularga mikroko‘pik xosil qiluvchi - mыlonaft,
mыlonatriy, asidol (I KPS-10, I 1SHS-11) va boshqa suvga bo‘lgan talabni xamda bog‘lovchi
moddalar sarfini kamaytiruvchilar kiradi va 0,01-0,2% miqdorda kiritiladi.
2 - sinfga bog‘lovchi moddalarni tutib qolish va qotish jarayonlarni boshqaruvchi
qo‘shimchalar
kiradi
va
bir
nechta
guruxga
bo‘linishadi:
1. Tutib qolishni sekinlashtiruvchilar (gips, mыlonaft, SSB, va x.k.)
2. Qotishni sekinlashtiruvchilar (SSB, SDB)
3. Tutib qolishni tezlashtiruvchilar (NaF
CaCL kalsiy, natriy-nitrat va boshqalar).
5. Sovuqqa qarshi qo‘shimchalar
6.
Bir
xil
klinkersiz
bog‘lovchilarni
qotishini
aktivlashtiruvchilar
(
va boshqalar)
3 - sinf qo‘shimchalar sakkizta guruxga bo‘linadi va bularni umumiy fazilati -
qotayotgan bog‘lovchilarni tuzilishini boshqarish va o‘zgartirish, zichligini oshirish.
4 - sinf qo‘shimchalarga po‘lat armaturani zangga duch kelishini oldini oluvchilar
kiradi.
5 - sinfga o‘ta maydalangan, sement sarfini kamaytirish va beton zichligini oshirish
uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchi qo‘shimchalar, ohak, tog‘ jinslari, qum, gil, domna va yoqilg‘i
shlaklarining ba’zi turlari va xakazolar kiradi.
6 - sinfga beton va bog‘lovchi moddalarga aloxida xususiyatlar
beruvchi moddalar
kiradi, masalan nurlanishga qarshi. Bu qo‘shimchalarni ishlatilishi sementni iqtisod qilishda,
mustaxkamlikni oshirishda katta yordam beradi, va ularni miqdori tajriba orqali aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: