KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Fan nomi: “Kompyuter arxitekturasi”
Ketma-ket ishlov berishda bitta protsessor bir vaqtning o'zida bitta vazifani bajaradi, boshqa vazifalar esa navbatni kutadi.
Foydalanuvchi tomonidan chaqiriladigan buyruqlar FIFO (First In First Out) usuli asosida bajariladi.
An'anaga ko’ra dasturiy ta'minot ketma-ket hisoblash uchun, ya'ni bitta markaziy protsessor (CPU) bilan bitta kompyuterda ishlash uchun mo'ljallangan.
Parallel hisoblash prinsipi
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Bir vaqtning o'zida bir nechta protsessorlardan foydalangan holda hisoblash masalasini hal qilish uchun bir nechta hisoblash resurslaridan foydalanish.
Vazifalar bir vaqtning o'zida yechilishi mumkin bo'lgan alohida qismlarga bo'linadi.
Yuqori mahsuldorlik va samaradorlikni oshirishga erishish uchun foydalaniladi.
Windows 7, 8, 10 operatsion tizimlari parallel hisoblashni amalga oshiradigan tizimlarga misollardir.
Flinn turlanishi (klassifikatsiyasi)
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
Dastlabki va eng mashhur hisoblash tizimlari arxitekturalarini turlanishi (klassifikatsiyasi) M. Flinn (M. Flynn) tomonidan 1966 yilda taklif qilingan.
Flinn turlanishi (klassifikatsiyasi) jarayoni oqim tushunchasiga asoslangan bo’lib, u protsessor tomonidan qayta ishlangan elementlar, buyruqlar yoki ma’lumotlar ketma-ketligi deb tushuniladi.
Flinn turlanishi ikkita asosiy tushunchadan foydalanadi: buyruq oqimlari va ma’lumotlar oqimlari.
Buyruq oqimlari va ma’lumotlar oqimlari soniga qarab, Flinn to’rt xil arxitektura turlarini ajratib turadi: SISD, MISD, SIMD, MIMD.