153
1.KIRISH
Mazkur uslubiy qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli «Тalabalar mustaqil ishlarini tashkil etish
to’g’risida»gi buyrug’i bilan tasdiqlangan «Тalabalar mustaqil ishini
tashkil etish va nazorat
qilish» bo’yicha yo’riqnoma xamda JizPI “Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti
Kengashining 2018 yil 28-avgustdagi 1-bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Bog’lovchi moddalar”
fani bo’yicha ishchi o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
“Bog’lovchi moddalar” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat
qilish
va baxolash bo’yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko’rsatma bakalavriat bosqichi Qurilish
materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish ta’lim mutaxassisligi
talabalarining
mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ish talabalarning mustaqil faolligi, xamda tegishli professor-o’qituvchilarning
nazorati asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestr bo’yicha belgilangan soatlar xajmiga ko’ra
amalga oshiriladi. Хususan, bakalavriat bosqichi «QM va K» yo’nalishi uchun “Bog’lovchi
moddalar“ fani bo’yicha mustaqil ishlarning umumiy xajmi o’quv rejada 94 soat miqdorida
belgilangan.
Mazkur uslubiy o’llanmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy
shakllari va ularning
mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar,
mustaqil
ishni bajarish bo’yicha maslaxatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baxolash tartibi bayon
etilgan.
Dostları ilə paylaş: