Nazorat uchun savollar: 1. Qaysi GOST asosida gipsli bog‘lovchilar ishlab chiqariladi.
2. Gipsli bog‘lovchilarni ishlab chiqarish texnologiyalari haqida malumot bering.
3. Gipsli bog‘lovchilardan tayyorlanadigan qurilish materiallari, ishlatilish joylari.
4. Gipsli bog‘lovchilarning tabbiy va sun’iy xom-ashyolari haqida ma’lumot bering.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari :
kompyuter texnologiyalari, laboratoriya jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar); Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari: - Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi: -
Ko’rgazmali qurol
-
Proyektor
-
Slayd
-
Tarqatma material
5-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Gips ishlab chiqarish texnologiyasi Qurilish gipsi - bog‘lovchi modda tarkibi yarim suvli gipsdan iborat. Uni tabiiy gipsni
kuydirib mayda kukun Xolatgacha tuyib olinadi.
Qurilish gips issiqlik uskunalarda kuydiriladi va kristallangan suv bug‘ ko‘rinishida
CaSO
4
∙2H
2
O dan ajraladi va asosan -yarim gidrat quyidagi reaksiya bo‘yicha xosil bo‘ladi.
\ CaSO
4
∙2H
2
O CaSO
4
∙0,5H
2
O1,5H
2
O
Nazariy xisobda gipstoshi yarim molekula gipsga o‘tishida o‘zining massasidan 15,76%
miqdorini yo‘qotadi. Demak, yarimgipsning nazariy chiqish koeffitsienti
ga teng, gipstoshni sarflanish koeffitsienti 1
0,842q1,188ni tashkil
qiladi.
Qurilish gipsni ishlab chiqarish Ishlab chiqarish jarayoni asosan gipsni un xoliga keltirish va gipstoshni
suvsizlashtirishdan iborat. Gips toshni suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, shaxta
pechlarida, bug‘latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarga
gipstoshi 70-300mm o‘lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 mm o‘lchamda,
bug‘latuvchi
asboblarga gipstosh 400 mm bo‘lgan bo‘laklarda beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg‘ali
maydalagichlarda maydalanadi va shaxta, aerobil sharli tegirmonida un xolatiga keltiriladi.
Kuydirilgan moddani asosan sharli va zarbali tegirmonda maydalanadi. Quritilgan gips oson
maydalanadi va kam elektr quvvat sarflanadi. Qurilish gipsni ishlab chiqarish asosiy usullari uch
guruxga bo‘linadi:
1. Xom-ashyo oldindan quritiladi, maydalanadi, kukun xolatigacha, so‘ng gips pishirish
qozonlarida suvsizlantiriladi.
2. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish.
182
3. Gipstoshini xar xil o‘lchamdagi zarrachalarini shaxta aylanma va boshqa pecharda
kuydirish.