194
-
Proyektor
-
Slayd
-
Tarqatma material
2- AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Gidravlik bog‘lovchi moddalar
Gidravlik ohak tarkibida 6-20% giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktoshlari 900-1100
0
S
haroratda kuydirib olinadi.
Mergelli ohaktoshlar kuydirilganda SaO dan tashqari kichik tartibli minerallar-
2SaO
.
SiO
2
; CaO
.
Al
2
O
3
va CaO
.
Fe
2
O
3
hosil bo‘ladi. Bu minerallar ohakka gidravlilik
xususiyatini, ya’ni nam va suvli sharoitda qotish imkoniyatini beradi.
Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib, keyinchalik qotishini suvda davom
ettiradi va mustahkamligi muttasil ortib boradi.
Gidravlik ohakning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi (28 sut)
2-10 MPa bo‘lishi mumkin.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda yoki suvda so‘ndirilib ohak hamiri holatida
ishlatiladi. U g‘isht terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan oddiy
va murakkab tarkibdagi
qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Gidravlik ohakni saqlashda,
tashishda namlanishdan asrash kerak.
Gidravlik ohakka tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi jihatidan juda yaqin bo‘lgan
bog‘lovchilar asosidagi
qorishmalar Samarqand, Xiva, SHaxrisabz,
Buxoro kabi shaharlar
arxitektura yodgorliklari g‘ishtlarini terishda, suvoqchilikda ishlatilgan.
Dostları ilə paylaş: