240
“Bog’lovchi moddalar” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish
va baxolash bo’yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko’rsatma bakalavriat bosqichi Qurilish
materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish ta’lim mutaxassisligi talabalarining
mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ish talabalarning mustaqil faolligi, xamda tegishli professor-o’qituvchilarning
nazorati asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestr bo’yicha belgilangan soatlar xajmiga ko’ra
amalga oshiriladi. Хususan, bakalavriat bosqichi «QM va K» yo’nalishi uchun “Bog’lovchi
moddalar“ fani bo’yicha mustaqil ishlarning umumiy xajmi o’quv rejada 94 soat miqdorida
belgilangan.
Mazkur uslubiy o’llanmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning
mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar, mustaqil
ishni bajarish bo’yicha maslaxatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baxolash tartibi bayon
etilgan.
Dostları ilə paylaş: