83
7. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish
me'zonlari
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o’zlashtirishini baholash tizimi bo’yicha NIZOM”ga
asosan baholash turlari va shakllari, soni hamda mezonlari
1. Baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga
professor-o’qituvchilar tomonidan fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda e’lon qilinadi.
2. Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish
identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi.
Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi.Mualliflikni o’zlashtirish
(plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har
qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar
keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan
ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu
barcha yozma ishlarga nol ball qo’yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor qilishga asos bo’ladi.
Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o’tganidan so’ng
o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.
3. Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida
davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq
nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o’tkaziladi.
4. Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi.
Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi,
shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik
dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham 5 ballik tizimda baholanadi.
5. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar
tavsiya etiladi:
Dostları ilə paylaş: