A. X. Mamirov − JizPI, "qm va K" kafedrasi katta o’qituvchisi


 Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Yüklə 3,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/296
tarix19.12.2023
ölçüsü3,34 Mb.
#186573
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   296
Богловчи моддалар КМБКИЧ ва ЙТБК йуналишлари учун 1

6. Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar 
Kurs loyihasi tasdiqlangan o‘quv rejada ko‘zda tutilgan ta’lim yo‘nalishlarida bajariladi. 
“Bog‘lovchi moddalar” fanidan kurs loyihasi muayayn mavzu bo‘yicha umumiy 
yaxlitlikka ega ilmiy-amaliy fikrlarni aks ettiruvchi loyihaviy ish hisoblanadi. Kurs loyihasi 
bog‘lovchi moddalar faoliyati rivojlanishi darajasiga doir masalalarni aks ettirishga mos kelishi 
talab etiladi. 
Kurs loyihasi mavzuning dolzarbligi va erishilgan natijalarning amaliyotga tadbiqi, 
uning uslubiy darajasi hamda rasmiylashtirilishiga qarab baholanadi. Kurs loyihasini 
bajarishning muhim bosqichi rejada belgilangan savollar yoritilishida o‘zaro nazariy va amaliy 
aloqadorlikni ta’minlashdir. Kurs ishining tarkibiy tuzilishini to‘g‘ri shakllantirish talabaga 
uning maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olish hamda ko‘zlangan natijaga erishish yo‘llarini, 
shuningdek, kurs loyihasini tayyorlash bosqichlarini ketma-ket bajarishga imkon yaratadi. Kurs 
loyihasining tarkibiy tuzilishini to‘g‘ri ishlab chiqilishi talabaga izlanishning oldiga qo‘yilgan 
maqsad hamda natijalarini aniq ifodalash, fikrlarni mantiqiy bayon etish uslublari va kurs 
loyihasini tayyorlash bosqichlarini ajratish imkonini beradi. 
Kurs loyihasi talabaning salohiyati hamda fan bo‘yicha chuqur bilim va amaliy 
ko‘nikmaga egaligini namoyon qiladi. Kurs loyihasida o‘rganiladigan masalalarning nazariy 
jihatlari, aniqlangan muammolarini, qo‘yilgan vazifalarni tahlil qilish hamda muammolarni hal 
etishni ko‘zlagan holda reja tuziladi va shu asosida bajariladi. Talaba kurs loyihasi bo‘yicha 
izlanish natijalarini yoritishda auditni tashkil qilishning o‘ziga xosligi, xorijiy davlatlarning 
tajribalari va orttirgan amaliy yutuqlarni umumlashtirgan holda belgilangan muammolarning 
echimi yuzasidan yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqadi va ularni bartaraf etish yo‘llarini tavsiya etadi. 
Kurs loyihasini himoya qilishga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi: 

muammoni bibliografik tahlil qilish; 

chizma va jadvallarni muayayn tizimga keltirilgan holda rasmiylashtirish; 

to‘plangan materiallarni tanqidiy o‘rganish; 

taklif va tavsiyalarni asoslab berish; 

fikrni ketma-ketlikda, muayayn izchillikda bayon qilish; 

kurs loyihasini qo‘yilgan talablar bo‘yicha rasmiylashtirish.

Yüklə 3,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin